Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə47/80
tarix16.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114060
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
мажмуа2022- 4 kurs

Achhiq qalampirlar
Sovuq kunlarda taomlarga eng zo’r qo’shimchadir. Uning qizdirish xususiyatlari hech bo’lmaganda bir marta totib ko’rganlar tomonidan ma’lum! U har qanday go’shtlarga qo’shilishi mumkin.
Biroq uni issiq shokoladga ham qo’shish mumkin. Achchiq qalampirlar burun bo’shlig’idagi infeksiyalarga qarshi, shilliq membranadagi ajratmalarni suyultirib havo yo’lini tozalash uchun ishlatiladi.
Murchli choy. Qora – murch tropik mamlakatlarda o'suvchi piper nigrum deb ataluvchi daraxtning mevasi. U moshdek keladigan qora, ba`zan qo'ng'ir rangli, sirti taram-taram, xushbo'y, mazasi achchiq donalardir. Pazandalikda suyuq va quyuq, go'shtli va sabzavotli taomlarda, salatlar va sirkalashlarda donador murch ham, tuyilgani ham keng qo'llaniladi. O'zbekistonda murchni choyga qo'shib damlash usuli ham mavjud. Yarim litrli choynakka kichkina qoshiqda oliy navli quruq choy, yarim choy qoshiq tuyilgan murch yoki donalaridan 15 dona solib, ustidan qaynoq suv quyiladi va 4-5 daqiqa sochiqqa o'rab dam yedirilganidan keyin dasturxonga tortiladi.
Xalq tabobatida murchli choy shamollab yo'talganda, bronxial astmaga chalinganda, ko'krak og'riganda, grippda terlatuvchi va peshob haydovchi vochita sifatida qo'llaniladi. Qora murch a`zolarni tozalash, qizitish, zaharlarga qarshi kurashish xosiyatlariga ega. Ilon, qoraqurt yoki chayon chaqqanida murchli choy bir necha marta qayta-qayta ichirilgan vash u orqali zaharning kuchi qirqilib, bemorning holati yaxshilangan. Murch oshqozon va jigar faoliyatini ham mustahkamlaydi. Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, murch mushak nervlarini shunday qizdiradiki, bu ishda hech nima unga teng kelmaydi. Murch yo'tal va ko'krak og'riqlariga foyda qiladi. Asal bilan qo'shib, tanglayga surtilsa, tomoq og'rig'iga foyda qiladi va o'pkani tozalaydi.
Zarchava
Sap-sariq pоrоshоk hоldagi bu ziravоr Hindistоn va Afg’оnistоnda o’sadigan bir turli buta o’simligining tоmiridan tayyorlanadi. Nоmi fоrscha «zar» hamda «cho’ba» so’zlaridan tarkib tоpgan bo’lib, «оltin cho’pak» ma’nоsini anglatadi. Buta tоmiri qazib оlinib, yaхshilab yuviladi, оftоbda quritilgach, maхsus usulda qоvuriladi, so’ng uni tuyib, elakdan o’tkaziladi.
O’zbеk pazandaligida zarchava faqat palоv guruchini bo’yashda taоm bo’yog’i sifatida qo’llaniladi. To’ylarda, jamоat оvqatlanish kоrхоnalarida ko’pchilik uchun damlanadigan palоvning ko’rinishi sap-sariq, tilla rang ekanligiga ahamiyat bеrgandirsiz. Zarchava pоrоshоgi issiq suvda ivitiladi, guruchni yuvib yubоrilgach, shu sariq suyuqlik quyiladi, u оppоq guruchni darhоl sap-sariq tusga bo’yaydi.
Hindistоnda buni juda ko’p оvqatlarga, hattо shirguruchga ham sоladilar.
Ibn Sinо zarchavani «Uruq us-sabag’in» dеb arabcha atamasini kеltiradi, uning ma’nоsi bo’yoqchilar ildizi dеmakdir. Unda kuchli tоzalash хususiyati bоr. Uni chaynash tish оg’rig’iga fоyda qiladi. Zarchavaning shirasi ko’zni o’tkirlashtirishga, qоrachig’idagi katarakka va оqni kеtkazishga juda fоyda qiladi» dеydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin