Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə52/80
tarix16.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114060
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
мажмуа2022- 4 kurs

Rayhon

Rayhonli choy quyidagicha damlanadi: yarim litrli choynakka 1 osh qoshiq qora yoki ko'k choy, 7-10 dona rayhon bargi solinib, qaynoq suv quyiladi. 5 daqiqa cho'g' yonida dam yedirilgach, dasturxonga tortiladi. Qishda esa quritib, uqalangani ishlatiladi (yarim choy qoshiq).
Bunday choy xalq tabobatida sovuq mizojli kishilarga jigari va tomirlaridagi tiqilmalarni ochadigan dori sifatida ichirilgan. Rayhonli choy balg'am ko'chiradi, shuningdek, uni bo'g'imlar shamollaganda, asabiylashganda, safro haydovchi vosita sifatida tavsiya etishgan.
Limono'tli choy. Xalq tabobatida limono'tli choy yurak, miya va sezgi a`zolarini quvvatli qiluvchi dori sifatida ichirilgan. Chindan ham bunday choy aqlni peshlaydi, jigar va oshqozonga foydasi katta. Odam biron narsadan qo'rqib ketsa, bezovtalansa yoki uyqusi qochsa, shu choy darmon bo'ladi. Limono't qorinda, buyrakda va boshqa ichki a`zolarda paydo bo'ladigan sanchiqni qoldiradi. Ibn Sinoning yozishicha, limono't shilliqdan va savdodan paydo bo'ladigan illatlarning hammasiga foyda qiladi. Og'iz hidlarini ketkazadi. Yurakni kuchaytiradi, hazmga yordam beradi va hiqichoqda foyda qiladi.


Petrushka

Beor sabzavotlar sirasiga kiruvchi petrushka har qanday tuproqli yerda ham o‘saveradi. U meva va sabzavotlar orasida mineral moddalarga nihoyatda boydir.
Uning barglarida kaliy, kalsiy, temir, magniy, tomirlarida esa fosfor, marganets, molibden, litiy kabi moddalar, efir moylari, C, B1, B2, PP vitaminlari mavjud. Xalq tabobatida petrushkadan unumli foydalanib kelinadi. Petrushkaning deyarli hamma qismi — tomiri, urug‘i va bargigacha shifobaxsh. Undan tayyorlangan dorivor damlamalar oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, siydik yo‘llaridagi qum va toshlarni eritadi, organizmdagi tuzlarni haydaydi. Ayniqsa, jinsiy a’zolarning yallig‘lanishi, vena va arteriya qon tomirlarini mustahkamlash uchun sabzi va petrushka sharbatini teng miqdorda aralashtirib, kuniga uch mahal bir osh qoshiqdan ichish koni foyda. Kamqonlikda har kuni ikki-uch bog‘ petrushkani qora non bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shish, qovuqgazak, buyraklar ishini yaxshilash maqsadida kuniga uch-to‘rt mahal petrushka bargidan tayyorlangan damlama qabul qilish lozim. Peshob-tosh kasalliklarida kuniga uch mahal bir yarim piyoladan petrushka ildizidan tayyorlangan damlama ichish kutilgan natijani beradi. Bundan tashqari, petrushkali ingalyatsiya ko‘rish qobiliyatini oshirish xususiyatiga ham ega. Buning uchun meva ildizlari qaynatib olinadi va undan taralayotgan bug‘ga ko‘z tutiladi.


Otquloq

Otquloq (Rumex) — torondoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’simliklar turkumi. O’zbekistonda 16 turi mavjud. Shulardan ekma. Otquloq, shovul, jingalak Otquloq (R. crispus L.), qizg’ish Otquloq (R. conglomerates Murr.), Suriya Otqulog’i (R. syriacus Meisn.), Drobov Otqulog’i (R. drobovii Korov.) uchraydi. Ildizi o’q ildiz, yo’g’on, poyasi ko’p qirrali, bo’g’imli, yuqori qismi kamshox. Ildiz oldi barglari uzun bandli, barg plastinkasining tubi o’qsimon (nayzasimon), uchburchak-tuxumsimon yoki keng nashtarsimon, poyasidagisi cho’ziq-nashtarsimon, poya bo’g’imlarida ketma-ket o’rnashgan. Gullari bir jinsli, mayda, to’pguli ro’vaksimon. May oyidan sentyabrgacha gullab urug’laydi. Mevasi 3 qirrali yong’oqcha. Otquloq nam yerlarda, o’tloqlarda, tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Tibbiyotda dorivor , mayda bargli yoki shovul va oddiy tquloqdan foydalaniladi. O. S, V va b. vitaminlarga boy bo’lganligi sababli ovqatga ishlatiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin