Mavzu: Xarakat shakilarning o'zaro aloqadorligi. Reja


Harakatning asosiy shakllari



Yüklə 19,77 Kb.
səhifə2/4
tarix26.04.2023
ölçüsü19,77 Kb.
#103073
1   2   3   4
Xarakat shakilarning o\'zaro aloqadorligi.

Harakatning asosiy shakllari.
Materiya harakatining murakkabroq shakli bo’lgan biologik harakatning boshqa shakllardan sifat jihatidan farqi tirik organizmlarning oziqlanishi va moddiy almashuv tufayli kimyoviy tarkibni o’zlari sekin asta yangilab borishlaridir.
Materiya harakatining eng murakkab shakli ijtimoiy harakatdir. Bu harakat shakli insonning paydo bo’lishi tufayli kelib chiqadi. Uning o’ziga xos xususiyati moddiy ishlab chiqarish jarayoni, shuningdek, ishlab chiqarish usuli xususiyatidan kelib chiqadigan ijtimoiy hodisalar, sinfiy, milliy, oilaviy va boshqa kishilar o’rtasidagi munosabatlardir.
Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, ayrim olimlar harakatni quyidagi uch shaklga ajratish haqidagi fikrni ilgari surmoqdalar: 1.Jonli tabiatdagi harakat. 2.Jonsiz tabiatdagi harakat. 3.Ijtimoiy harakat. Bular bir-birini to’ldirib, yuqorida ko’rsatilgan harakatlarning barcha shakllarini o’z ichiga qamrab oladi.
Materiya harakatining hamma shakllari o’rtasida mustahkam o’zaro aloqadorlik mavjud. Bu o’zaro aloqadorlik avvalo materiyaning tarixiy taraqqiyotida va harakatining nisbatan quyi shakllari asosida yuqori shakllarining paydo bo’lishida namoyon bo’ladi. Harakatning yuqori shakllari ulardan ilgari o’tgan va ularning paydo bo’lishiga asos bo’lgan ko’pgina quyi formalarning o’zgargan shakllarini o’z ichiga oladi.
Harakat shakllarining o’zaro munosabatini o’rganganda yuqori shakllarni quyi shakllardan ajratib qo’yishdan ham, tartibsiz ravishda yuqori shakllarni quyi shakllardan iborat qilib qo’yishdan ham saqlanish muhimdir.
Yuqori shakllarni quyi shakllardan ajratib qo’yganda ularning kelib chiqishini izohlab bo’lmaydi. Masalan, biologiyada bunday ajratib qo’yish vitalizmga – idealistik qarashlarga olib keladi. U hayotiy faoliyatining hamma jarayonlarini go’yo tirik organizmlarda jo qilingan alohida nomoddiy faktorlarga – “entelexiya”, “yaratuvchi kuch”, va shu kabilar amaliyotiga bog’lab izohlaydi. Vitalizmning bosh manbalari Platonning go’yo hayvonlar va o’simliklar olamiga jon bag’ishlaydigan – jon haqidagi ta’limotiga hamda Aristotelning entelexiya haqidagi ta’limotiga borib taqaladi. XVII-XVIII asrlarda tarkib topgan vitalizmning namoyondalari G.Shtal, P.Bertalanfi, A.Ventsel va boshqalar tirik tabiatning sifat jihatidan o’ziga xosligini dalil qilib ko’rsatib, hayotiy faoliyat jarayonlarini moddiy fizikaviy-kimyoviy va biologik qonuniyatlardan ajratib qo’yadi. Jonli tabiatni jonsiz tabiatga haddan tashqari qarama-qarshi qilib qo’yish, vitalizmni jonli narsaning jonsiz narsadan paydo bo’lishi mumkinligini inkor qilishga olib keladi. Masala bu tahlitda qo’yilganda hayotning ilohiy kelib chiqishi yoki uning abadiy mavjudligini tan olish qoladi. Hozirgi zamon fani hayotning tarixan paydo bo’lish qonunlarini va uning jarayonlarini harakatning fizikaviy-kimyoviy shakllariga bog’liq ekanligini ochib berib, vitalizmga zarba berdi.
Harakatning yuqori shakllarini quyi shakllaridan sifat jihatidan farq qilishini e’tiborga olmaslik mexanitsizmga olib keladi. U tabiat va jamiyat taraqqiyotini, ya’ni harakatning yuqori shakllarini materiya harakatining quyi shakli bo’lgan mexanik shakli qonunlari bilan izohlaydi. Hozirgi kunda mexanitsizmning ko’rinishlarini ba’zilar tomonidan tafakkurni kibernetik mashinalarda sodir bo’ladigan axborot jarayonlari bilan birdek qilib ko’rsatishga urinishlarida kuzatishimiz mumkin.
Oliy materiya harakat shakllari nisbatan quyi shakllar asosida tarixan paydo bo’lgan. Ular o’rtasida materiya harakat shakli qo’yi shakllardan sifat jihatdan farq qiladi va uni quyi shakldan iborat qilib bo’lmaydi. Harakat shakllarining o’zaro ta’sirini bilish olamning moddiy birligini, materiyaning tarixiy taraqqiyot xususiyatlarini ochib berish uchun katta metodologik ahamiyatga egadir.
Harakatning ko’rinishi qanday shaklda bo’lmasin, u moddiy asosga ega. Olam hodisalari doimo o’zgarishda, o’sishda, qotib qolgan narsaning o’zi yo’q. Demak, materiya harakati shakllari har xil bo’lmasin, ular bir-biriga bog’liqdir. Materiya harakatining har bir shakli o’zining qonuniyatiga ega. Masalan, mexanik harakat klassik mexanika qonuniga, issiqlik harakati termodinamika qonuniga, kimyoviy harakat moddalarning ajralish va birikish reaktsiyasi qonuniga, biologik harakat assimilyatsiya va dissimilyatsiya qonuniga asoslanadi. Harakatning har bir shakli bir-biridan o’ziga xos qonuniyati bilan sifat jihatdan farq qiladi.
Ilmiy falsafa harakat bilan bir qatorda muvozanat tushunchasi borligini inkor etmaydi. Tinchlik harakatning ifodasi, o’lchovi natijasidir. Tinchlik nisbiy va vaqtincha, harakat esa mutlaqdir. Harakatning ko’rinishi qanday shaklda bo’lmasin, u nisbiy xarakterga egadir. Masalan, yerda tinch turgan bir jismni olaylik. U jism faqat boshqa harakatlanuvchi predmetlarga nisbatan tinch, xolos. yerdagi jism tinch turgan bo’lib ko’rinsa ham, u yer bilan birga uning o’z o’qi atrofida harakatlanadi. Undan tashqari, bu jism o’zining muayyan sifatini abadiy saqlab qolmaydi, uning tarkibida fizik va kimyoviy o’zgarishlar doim sodir bo’lib turadiki, bu hol natijada o’sha jismni sifat jihatdan o’zgarishiga olib keladi. Har bir narsa bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi, tabiat azaldan mavjud va doimiy harakatdadir.
Hozirgi zamon fizikasining asoschisi Geyzenberg «Yadro fizikasining falsafiy muammolari» kitobida hamma narsaning asosi bitta substantsiyadan iborat, bu substantsiya energiyadir, deb ta’kidlaydi.
Metafizika materiyaning harakatsiz mavjudligini e’tirof etadi. Bunga qarama-qarshi dialektika materiya va harakatning birligi, ularning ajralmasligini fan kashfiyotlari bilan bog’lab ilmiy jihatdan asoslab berdi. Harakatsiz materiya, materiyasiz harakat bo’lishi mumkin emasligini hozirgi tibbiyot va ijtimoiy fanlar ham isbotlaydi.


Yüklə 19,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin