Mavzu: Xarakat shakilarning o'zaro aloqadorligi. Reja



Yüklə 19,77 Kb.
səhifə1/4
tarix26.04.2023
ölçüsü19,77 Kb.
#103073
  1   2   3   4
Xarakat shakilarning o\'zaro aloqadorligi.


Mavzu: Xarakat shakilarning o'zaro aloqadorligi.
Reja.
Kirish.
1. Harakat va rivojlanish tushunchasi.
2. Harakatning asosiy shakllari.
3. Harakat va rivojlanish.
Xulosa .
Foydalanilgan adabyotlar.


Kirish.
Borliqning har qanday shakli faqat boshqalar bilan munosabatda bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi va o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon qilishi mumkin. Umumjahon ichki va tashqi o'zaro ta'sirlar o'zaro ta'sir qiluvchi hodisa va ob'ektlarning o'zgarishiga olib keladi.Falsafadagi har qanday o'zgarish "harakat" tushunchasi bilan belgilanadi.
Zamonaviy sharoitda harakat deganda, odatda, jismlarning kosmosdagi mexanik harakati, balki har qanday o'zaro ta'sirlar, shuningdek, ushbu o'zaro ta'sirlar natijasida yuzaga keladigan jismlarning holatidagi o'zgarishlar tushuniladi. Biroq, harakat qanchalik mutlaq? Qadim zamonlardan boshlab harakatning mohiyati, uning xilma-xil shakllarining tabiati turlicha talqin qilingan. Antik davrdan boshlab harakatni va uning dunyo jarayonidagi rolini tushunishning uchta asosiy modeli ishlab chiqilgan

Harakat va rivojlanish tushunchasi.
Tabiat va jamiyatda hamma narsa harakatda, o’zgarishda, o’zaro ta’sirda va o’rin almashishdadir. Hech bir muloqot tinch turgan, harakatsiz narsa emas. Olamdagi narsalar harakatda bo’lib, ular bir-biriga aylanadi, biri ikkinchisini yo’qotadi, biri ikkinchisidan paydo bo’ladi. Butun tabiat, eng kichik zarradan tortib, eng katta jismlargacha, qum donasidan tortib Quyoshgacha, bir hujayrali organizmdan tortib odamzodgacha doimo paydo bo’lish va yo’q bo’lish, uzluksiz oqish, beto’xtov harakat qilish va o’zgarish holatini kechirib turadi.
Tevarak atrofimizdagi olamni bilib borar ekanmiz, unda o’zgarmaydigan hech narsa yo’qligini, hamma narsa harakatda bo’lib, bir shakldan ikkinchi bir shaklga o’tib turishini ko’ramiz. Barcha moddiy ob’ektlarda elementar zarralar, atomlar, molekulalarning harakati sodir bo’lib turadi, har bir ob’ekt uni qurshab turgan muhit bilan o’zaro bir-biriga ta’sir qilib turadi, o’zaro ta’sir esa u yoki boshqa turdagi harakatni o’z ichiga oladi. Har bir jism, hatto yerga nisbatan osoyishta turgan jism ham u bilan birga Quyosh atrofida aylanadi, Quyosh bilan yer esa Galaktikaning boshqa yulduz sistemalariga nisbatan o’rin almashinib turadi va h.k.
Agar qattiq jismlar olib qaraladigan bo’lsa, ularning tuzilishi va shaklining barqarorligi, ularni tashkil etuvchi mikrozarralar o’rtasidagi muayyan o’zaro ta’sirga bog’liq ekanligini ko’rish mumkin. Fazo va vaqtda kengayib boruvchi har qanday o’zaro ta’sir esa harakat sifatida yuzaga chiqadi, xuddi shuningdek, har qanday harakat ham materiya turli elementlarining o’zaro ta’sirini o’z ichiga oladi. Ayrim faylasuflar harakatni materiyadan ajratib, unga, materiyaga tashqaridan berilgan kuch deb qaraydilar. Chunonchi, mexanikaning fan sifatida shakllanishiga asos solganlardan biri Nyuton, sayyoralar Quyosh atrofida doimiy harakat qilib turadi deb, to’g’ri ta’kidlash bilan birga bu harakatning manbaini ilohiy birinchi turtki deb hisoblar edi. XIX asr nemis metafizigi E.Dyuring esa materiya avvallari qotib qolgan holda bo’lgan, keyinroq u mexanik harakatga ega bo’lgan, deb ta’kidlaydi.
Materiya barcha o’zgarishlarning substantsiyaviy negizidir. Materiyadan ajralgan harakat, «sof harakat» yo’q. XIX asrning ikkinchi yarmida yirik nemis fizigi V.Ostvald o’zining materiya va harakatning bog’liqligini inkor etuvchi energetizm nazariyasi bilan chiqdi. Energetizmning vakillari materiyasiz harakat mavjud bo’lishi mumkin, degan fikrni ilgari surdilar. Ular materiyadan ajralgan qandaydir nomoddiy narsaga aylantirilgan «sof energiya»ni barcha o’zgarishlarning birdan-bir negizi deb hisoblar edilar. Haqiqatda esa energiya materiyaning xossasidir, bu xossa harakatning miqdoriy me’yoridan iborat bo’lib, moddiy sistemalarning ichki o’zgarishlari asosida muayyan ishni amalga oshirishga qobiliyati borligini ifodalaydi. Energiya materiyadan ayrim holda mavjud bo’lmaydi va hamisha moddiy jismlarning boshqa xossalari bilan birgalikda yuzaga chiqadi.
Metafizik materializm harakatning faqat mexanik shakli, ya’ni oddiy ko’chish, makonda almashishni tan olib materiyaga tashqi turtkining berilishi bilan olam harakatga keladi deb, harakatni materiyadan ajratib qo’yadi. Shuningdek, ular tabiat va jamiyatni bir-biridan ajratib, tabiat qonunlari bilan jamiyat qonunlari orasidagi umumiy bog’lanishni ko’ra olmaganlar, mexanika qonunlarini hamma sohaning rivojlanish qonuni deb bilganlar.
Ilmiy falsafa ta’limotiga ko’ra, harakatning falsafiy ma’nosi shuki, u materiyaning borliq shaklidir. Materiya harakati qanday shaklda bo’lmasin, u ob’ektiv ravishda materiyadan ajralmagan holda sodir bo’ladi. Materiyaning mavjudlik shakli bo’lgani uchun harakatning ob’ektiv real bo’lish xususiyati materiyaning ham xususiyati hisoblanadi.
Harakat ham materiya kabi ob’ektiv-reallikdir. Materiya o’ziga xos ichki qarama-qarshiliklarga ko’ra harakat qiladi, rivojlanadi. Materiya harakati hech qanday tashqi turtkiga, g’ayritabiiy kuchga muhtoj emas. Materiya harakati va taraqqiyotining manbai ichki qarama-qarshiliklardir.
Harakatning falsafiy mazmunini materiya harakati shakllari to’g’risidagi tabiiy, ilmiy tasavvurlar bilan aralashtirmaslik zarur.
Ilmiy falsafa nuqtai-nazaridan harakat materiyaning eng muhim atributi - mavjudlik usuli. U tabiat va jamiyatda yuz beradigan hamma jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. Eng umumiy tarzda harakat — umuman o’zgarishdan, moddiy ob’ektlarning har qanday o’zaro ta’siridan iborat.
Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan adashtirmaslik kerak. Harakat real voqeliqda ro’y beradigan hamma o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Rivojlanish deganda esa jadal sur’atlar bilan ilgarilab boruvchi o’zgarishlar tushuniladi. Rivojlanish sifat o’zgarishlarining natijasi bo’lib, u o’zgarish narsa va hodisalardagi qarama-qarshi tomonlar orasidagi kurashning natijasidir. Bunday o’zgarishlar natijasida eskining o’rnida yangisi paydo bo’ladi, quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga o’tish sodir bo’ladi. Shuning uchun «harakat» tushunchasi, «rivojlanish» tushunchasiga qaraganda kengroq tushuniladi.
Harakat materiyaning ichki mohiyatidan kelib chiqadigan ob’ektiv jarayon, u ikki turda namoyon bo’ladi. 1.Narsalarning mavjud sifatini saqlab qolish asosida ro’y beradigan o’zgarishlar; 2.Narsalarning mavjud sifatining yemirilishi asosida sodir bo’ladigan o’zgarishlar.
Harakat turli-tuman ko’rinishlarda bo’ladi. Ilgari harakatning asosiy shakllariga: a) mexanik harakat; b) fizik harakat; v) kimyoviy harakat; g) biologik harakat; d) ijtimoiy harakat kiradi, deb hisoblanardi.
Hozirgi zamon fani mikrojismlarning oddiy mexanik harakati, harakatning boshlang’ich shakli emasligini ko’rsatib berdi. U mikrozarralar harakatiga nisbatan «yuqoriroq» turadi. Mikrozarralar harakati esa mikrojismlar harakatining asosini tashkil qiladi. Mikrozarralar harakatining asosida esa yanada chuqurroq jarayonlar yotadi. Mikrozarralar harakati kvant mexanikasi qonunlariga bo’ysunadi. Mikrozarralar harakati uzunligi, massaning kattaligi va massa harakatining tezligiga bog’liq bo’lgan to’lqin bilan bog’liqdir.
«Elementar» zarralar va maydonlar darajasidagi harakatning o’ziga xos xususiyatlari farqlaridan biri elektromagnit harakat shaklidir. Uning moddiy asosi elektromagnit maydon va uning zarrasi fotonlardir. Elektromagnit maydondagi o’zaro ta’sirning tarqalishi to’lqin qonunlariga va yorug’lik tezligi doimiyligi qonuniga bo’ysunadi. Fotonlar elektromagnit maydon kvantlari bo’lib doimiy birlikda bo’lgan harakatdagina mavjuddirlar. Bu harakat materiyaning mavjudlik shaklidir degan falsafiy qoidani to’la tasdiqlaydi.
Elektromagnit maydondan tashqari yana fizik maydonlar ham mavjud. Ularning hammasiga harakatning alohida shakli muvofiq keladi. Yadro harakati elementar zarralar va maydonlar harakatiga nisbatan ancha murakkabdir. Harakatning yadro shakli nuklonlarning (proton va neytronlar) harakati asosida vujudga keladi. Bu harakat shaklidan ham murakkabrog’i atom ichidagi harakatdir. Uning sifat xususiyatini yadro va elektronlar, shuningdek elektronlarning o’zlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir tashkil qiladi.
Demak, harakatning fizik shakli issiqlik, elektron, magnit, atom ichidagi va boshqa jarayonlarni qamrab oladi. Uni faqat molekulyar jarayonlar bilan bog’lab tushuntirish noto’g’ridir.


Yüklə 19,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin