Ildizmevaning kimyoviy tarkibi. Yetilgan ildizmevalarda o’rtacha 75 % suv, 25 % quruq modda saqlanadi. Quruq moddaning asosiy qismini – 17,5 % saxaroza, 7,5 % qand bo’lmagan moddalar tashkil qiladi. Qand bo’lmagan moddalarning 5 % erimaydigan
(kletchatka 2,5 %, pektin 2,4 % va kul 0,1 %) moddalardan iborat.
Eriydigan qand bo’lmagan moddalarga fruktoza, glyukoza va boshqa azotsiz
ekstratlanadigan moddalar (0,8 %), azotli moddalar (1,1 %) va kul (0,6 %)
kiradi.
Xashaki lavlagi yengil hazmlanadigan, mazalik, qoramollarda sutni
ko’paytiradigan oziqa ekini. Xo’jaliklarda sut beradigan qoramollar
ratsionida xashaki lavlagi 40-50 % yetadi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra xashaki lavlagi uglevodlarga boy oziqa guruhiga kiradi.
Zootexnik meyorlarga ko’ra 100g xom oqsilga 120-150g uglevodlar to’g’ri kelishi lozim. Ammo bu oqsil va uglevodlarning nisbati bahor va kuzda buziladi. Shu davrda xashaki lavlagi juda zarur bo’ladi.
Xashaki lavlagining 1t ildizmevasida 120 oziqa birligi, 20-22 kg oqsil, 1t bargida 100 oziqa birligi 40-42 kg oqsil saqlanadi. Shuningdek uning ildizmevasi foydali ma’danli
Moddalar va karotinga boy.
Ildizmevalar hazmlanishi bo’yicha yaylov o’tlaridan qolishmaydi, dag’al oziqalarni hazmlanishini yengillashtiradi, konsentarat yemni tejashga imkon beradi hamda nasl berishni yaxshilaydi. Ammo nimshirin xashaki lavlagini sutkalik me’yori 25 kgdan oshmasligi lozim. Xashaki lavlagida bunday cheklash yo’q.
Navlari. O’zbekistonda xashaki lavlagining O’zbekiston yarimqand, O’zbekiston –83 navlari Davlat reyestriga kiritilgan.
Ahamiyati. Xashaki lavlagi shirali, yengil xazm bo’ladigan va to’yimli oziqa olinadi. Uning to’yimlilik qiymati chorva mollari organizmi uchun zarur bo’lgan moddalar: uglevodlar, azotsiz ekstraktiv moddalar, mineral tuzlar va vitaminlarga boy, bu chorva mollari organizmida dag’al xashakning yaxshi hazm bo’lishiga yordam beradi.
Xashaki lavlagi Yevropa mamlakatlarida: Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Daniya va boshqa sutchilik qoramolchiligi rivojlangan mamlakatlarda ko’p tarqalgan. Bu mamlakatlarda ildizmevalilar hosili gektariga 600-900 s.ni tashkil qiladi.
Hamdo’stlik mamlakatlarida hozirgi vaqtda xashaki lavlagi 1,8 mln. gektar atrofida maydonni egallaydi. Ildizmeva hosili 204-215 s. ga teng. O’zbekistonda 1999 yili xashaki lavlagi ekilgan maydoni 14,71 ming gektar bo’lib, ildizmeva hosili 198,9 s. ni tashkil etgan, ayrim ilg’or jamoa xo’jaliklarida gektaridan 800- 1000 s. va undan yuqori hosil olingan. O’zbekiston sharoitida urug’ hosili 15-20 s. ni tashkil etadi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra xashaki lavlagi uglevodlarga boy oziqa guruhiga kiradi. Zootexnik me’yorlarga ko’ra 100 g xom oqsilga 120-150g uglevodlar to’g’ri kelishi lozim. Ammo bu oqsil va uglevodlarning nisbati bahor va kuzda buziladi. Shu davrda xashaki lavlagi juda zarur bo’ladi.