Elastik naysimon to’r bintlar.
Bu bintlar o’ralmaydi balki ikkala qo’lning barmoqlarini tiqib tortib kengaytirilganidan keyin gavdaning zararlangan sohasiga kiydiriladi. Bu bintlar yetti xil o’lchamda chiqariladi va gavdaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, aniq bir o’lchamdagisidan foydalanish tavsiya qilinadi:
№1-katta yoshdagilarning barmoqlariga, yosh bolalarning kafti va tavon-panjalariga.
№2-katta yoshdagi kishilarning kafti, bilagi, tovon-panjasi, tirsak, bilak-kaft va boldir-oshiq bo’g’imlariga, bolalarning yelka, boldir sohasi va tizza bo’g’imiga.
№3-4-katta yoshdagilarning bilagi, yelkasi, boldiri va tizza bo’g’imlariga, bolalarning son, bosh sohasiga.
№5-6- katta yoshdagi odamlarning boshiga, son sohasiga.
№7-kattalarning ko’krak, qorin, chanoq, oraliq qismlariga.
Dostları ilə paylaş: |