Mavzu: Yurak va qon tomirlarning xirurgik kasalliklaridahamshira parvarishi.
O’quvchi bilishi kerak.
Yurak va qon-tomirlarning anatomo-fiziologok xususiyatlarini;
Arteriya va vena qon tomirlarining xirurgik kasalliklarini
Qon tomirlarida xirurgik kasalliklari bo’lgan bemorlarni parvarish qilish xususiyatlarini.
O’quvchi bajarishi kerak.
Angiografiya qilishni
Elastik bintlarni
Yotoq yaralarning oldini olishni
Angiografiya qilish algoritmi.
Kerakli asboblar.
Qisqichlar (sapkalar)-4 dona, tomirlar uchun qaychilar-2 dona, qon tuxtatuvchi qaychilar-6 dona, Farabef ilmoqlari-2 dona, pinsetlar, igna tutqich ignalari bilan, ketkut va ipak iplar, yod va spirt.
Bajarilish tartibi.
Tekshirishdan oldin shprisni kontrast modda bilan to’ldirib, vrachga tez o’zatish uchun tayyorlab qo’yiladi.
Tekshirilayotgan tomirga rentgenkontrast modda yuborish uchun punksiya qilinadi yoki kateterizatsiya o’tkaziladi.
Arteriya tizimidagi tomirlar angiografiyasida rentgenkontrast modda arteriya, kapilyarlar orqali o’tadi va tekshirilayotgan soha venalariga yetib keladi va rentgen qilinadi.
Angiografiya fazalarining davomiyligi va tomirlarda rentgenkontrast moddaning yo’qolish tezligiga asoslanib tekshirilayotgan a’zoning mahalliy gemodinamikasi to’g’risida fikr yuritiladi.
Eslatma:Angiografiyaga kirishishdan oldin bemorning yodga yuqori sezuvchanligi bor yo yo’qligini aniqlash zarur.