Ikki hamshira aravacha tomonidan (jarrohlik bo’limidagi) va ikki hamshira
(operatsiya xonasi hamshiralari) operatsiya stoli tomonida turadi.
Hamshiralar ikkala qo’llarini bilakkacha bir-birlariga qarama-qarshi kiritiladi.
B emorning bosh tomonida turgan hamshiralar o’ng qo’llarini bemorning bo’yni va yelkasi tagiga, chap chap qo’llarini ko’krak qafasi ostiga qo’yadilar (hamshiralarning qo’llari bemor tagida birlashishi kerak).
Oyoq tomonida turgan hamshiralar o’ng qo’llarini bemorning chanoq suyagi tagiga, chap qo’llarini tizzasi ostiga qo’yadilar.
Bemorni “uch” deb komanda berilganda (hamshiralardan biri komanda beradi) o’tkaziladi. To’rtovlon bemorni ko’tarishadi va aravachadan operatsiya stoliga o’tkazishadi.