Mavzu: Xirurgik statsionarning tuzilishi bilan tanishuv. Toza va yiringli xirurgiya haqida tushuncha


Mavzu: Dismurgiya. O’quvchi bajara olishi kerak



Yüklə 1 Mb.
səhifə10/65
tarix02.01.2022
ölçüsü1 Mb.
#46472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
ALGORITM хирургия

Mavzu: Dismurgiya.

O’quvchi bajara olishi kerak.


  • “Gippokrat qolpog’I” bog’lov qo’yishni;

  • Durrachali bog’lam qo’yishni;

  • Kleolli bog’lov qo’yishni;

  • Elastik naysimon to’r bintlar qo’yish;

“Gippokrat qalpog’I” bog’lov qo’yish algoritmi.


Ko’rsatmalar: Boshning gumbazi shikasatlanganda qo’llaniladi.

Kerakli jihozlar: Kengligi 10 sm li 2 ta bint.

Bajarilish tartibi:


  1. Bemorning yuz tomonini o’zimizga qaratib o’tqaziladi.

  2. 2 ta bint olinadi.

  3. Bir bintning uchiga ikkinchi bint uchi qo’yilib, bintning uchlari bir-biriga qarab o’raladi. Bintning birinchi boshini bir qo’lga, ikkinchi boshi ikkinchi qo’lga olinadi.

  4. Ikkita aylanma (mahkamlovchi) o’ram peshona va ensa do’ngchalari va uning pastrog’idan o’tkaziladi.

  5. Bint o’ramlari peshona do’ngchasiga qamrab olib, peshona o’rtasida to’qnashadi. O’ng qo’ldagi bintning boshi bilan chap qo’ldagi ikkinchi bint boshining hosil qilgan qaytalanma o’ramlarini mahkamlab, aylanma o’ram qilinaveradi.

  6. Qaytayotgan har bir o’ram oldingisining 1/2 yoki 1/3 enligini yopadi va bosh gumbazi bint o’ramlari bilan qoplanmaguncha davom ettirilaveradi.

  7. Chap qo’ldagi bint ensa sohasiga mahkamlanadi; o’ng q’ldagi bint bilan bosh atrofida mahkamlovchi tur qilinadi.

  8. Ensa sohasida burilish qilib, o’ng va chap qo’ldagi bint bir-biriga qarab peshona tomonga yo’naltiriladi. Bog’ich qilib bog’lanadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin