Rezus-faktorni aniqlash algoritmi. Kerakli anjomlar.
Probirka, 0,9% li natriy xlorid eritmasi solingan flakon, antirezus zardob solingan flakon, flakon qon bilan, pipetkalar.
Bajarilish tartibi.
Probirkaga 1 tomchi antirezus zardob va 1 tomchi qon tomiziladi, aralashtiriladi.
Probirka silkitiladi va asta-sekin uni shu tarzda buriladiki, bunda ichidagi aralashma probirkaning devorlari bo’ylab oqsin.
3-5 daqiqa o’tgach probirkaga 2-3 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasi qo’shiladi.
Aralashtiriladi, chayqatmay, probirkani, 2-3 marta o’giriladi.
Natijalar o’qiladi.
Agar agglyutinatsiya ro’y bersa, rezus musbat qon (ko’zga ko’rinadigan zarralar) agglyutinatsiya ro’y bermasa, rezus-manfiy qon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |