|
|
səhifə | 16/65 | tarix | 02.01.2022 | ölçüsü | 1 Mb. | | #46472 |
| ALGORITM хирургия
Qon guruhini aniqlash algoritmi. Kerakli anjomlar.
Standart zardoblar, petri chashkasi, shisha tayoqcha, paxta, spirt, skarifikator, NaCl eritmasi.
Bajarilish tartibi.
Hamshira qo’lini yuvadi, rezina qo’lqoplarni kiyadi.
Likopchaga uchala qon guruhlarini ikki qator qilib yoziladi.
Har bir guruh ostiga alohida pepitkalarda ikki tomchidan standart zardob tomiziladi.
Bemorning nomsiz barmog’ini spirtli paxta bilan artib qon olinadi va bir tomchidan zardoblar yonida tomiziladi.
Alohida shisha tayoqchalar bilan qon va zardoblar aralashtiriladi 5 daqiqadan so’ng bir tomchidan 0,9% li fiziologik eritmadan tomiziladi.
Agar uchala juft tomchilardan aglyutinatsiya ro’y bermasa, qon birinchi guruh.
Agar A(II) zardob bilan aglyutinatsiya bo’lmasa O(I) va B(III) guruh zardoblari bilan aglyutinatsiya ro’y bersa qon A(II) guruhiga mansub.
B(III) zardob bilan aglyutinatsiya bo’lmasa O(I) va A(II) guruhiga mansub zardoblar bilan aglyutinatsiya ro’y bersa qon B(III) guruhiga mansub.
Uchchala zardob bilan aglyutinatsiya ro’y berishi qonning ABO (IV) guruhiga mansubligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|