Rezus-moslik sinamasini o’tkazish algoritmi. Kerakli anjomlar.
Bemorning ismi, sharifi, palata №, bo’limi ko’rsatilgan flakon, donor qoni solingan flakon, pipetkalar, shisha toyoqchalar, 33% li poliglyukin eritmasi solingan flakon.
Bajarilish tartibi.
Probirkaga 2 tomchi bemor qoni zardobidan, 1 tomchi donor qoni, 1 tomchi 33% li poliglyukin eritmasi tomiziladi.
Probirkadagilar aralashtiriladi (chayqatmay), uni shunday buriladiki, ichidagi aralashma probirka devoir bo’ylab oqsin.
3 daqiqa o’tgach probirkaga 3-4 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasi solinadi.
Aralashtiriladi, chayqatmay, probirkani 2-3 marta burish yo’li bilan.
Natija o’qiladi.
Agglyutinatsiya ro’y bersa, demak qon mos emas. Agglyutinatsiya belgilarsiz suyuqlikning bir xil rangga bo’yalishi qonning mosligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |