Yiringli jarohatlarni tozalash algoritmi. Kerakli anjomlar.
O’tkir uchli nishtar, qisqichlar, pinset, salfetka, spirt, yod, bint.
Bajarilish tartibi.
Hakim qo’lini oqar suvda yaxshilab yuvib spirtga ho’llangan sharcha bilan artadi.
Yiringli operatsiyalarda albatta rezina qo’lqop kiyiladi.
Yiringli o’choq mahalliy og’riqsizlantiriladi.
O’tkir uchli nishtar bilan teri kesiladi.
Qisqich bilan jarohat kengaytiriladi.
Jarohatdan yiring chiqarilib antiseptik vositalar bilan yuviladi.
Yiringli bo’shliqqa drenaj kiritiladi.
Yiringning doimiy oqib chiqishini ta’minlaydi.
Aseptik bog’lam qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: |