Mavzu: Xirurgik statsionarning tuzilishi bilan tanishuv. Toza va yiringli xirurgiya haqida tushuncha


Mavzu: Intensiv terapiyani o’tayotgan bemorlarda hamshiralik parvarish xususiyatlari



Yüklə 1 Mb.
səhifə59/65
tarix02.01.2022
ölçüsü1 Mb.
#46472
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
ALGORITM хирургия

Mavzu: Intensiv terapiyani o’tayotgan bemorlarda hamshiralik parvarish xususiyatlari.

O’quvchi bilishi kerak:


  1. Intensiv terapiyani o’tayotgan bemorlar holatini baholashni;

  2. Bemorlar parvarishining asosiy xususiyatlarini;

  3. Sun’iy o’pka ventilyatsiyasi apparatiga ulangan bemorlarni parvarish qilishni;

O’quvchi bajarishi kerak:


1. Arterial bosimni o’lchashni;

2. Elektrokardiografiya (EKG) ni qayd qilish texnikasini;


Arterial bosimni o’lchash algoritmi.








Arterial bosim sfigmomanometr yordamida noinvaziv (bilvosita) va invaziv (qonli, bevosita) usul bilan o’lchanadi. Arterial bosim aylanuvchi qon hajmiga, yurakning ishlashiga va qon tomir tonusiga bog’liq. Arterial bosim yelka arteriyasida o’lchanadi, iloji bo’lmaganda oyoqlarda o’lchanadi.

Bajarish tartibi.


  1. O’lchashdan oldin bemor yoki A/B ni o’lchatayotgan kishi stulga yoki qulay holatda joylashib olishi kerak.

  2. Qalin kiyimlar yechilib, yengil kiyimlar o’lchanayotgan qo’l yelkasigacha qon tomirlarni qisilmaydigan qilib yig’iladi.

  3. Tanometr apparati qo’l bilan bir xil yuzaga qo’yiladi.

  4. Manjetkasi bilak chuqurchasidan 2 barmoq yuqoriga qo’yiladi.

  5. Manjetkaga havo pulsatsiya eshitilmay qolguncha yuboriladi. Arteriya urushini aniqroq payqash uchun manjetkadagi bosimni yana 30-40 mm sim. Ust. gacha ko’tariladi.

  6. Keyin balloncha muruvatini sekin burab, manjetkadagi bosim kamaytiriladi.

  7. Manometer ko’rsatkichlari kamayishi bilan tonlar eshitila boshlaydi, shu bosim sistolik bosimga to’g’ri keladi. Tonlar dastlab kuchayadi keyin yo’qoladi. Tonlar yo’qolgan ko’rsatkich diastolic bosimga to’g’ri keladi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin