Mavzu: Intensiv terapiya haqida tushuncha. Intensiv terapiya bo’limlarining tarkibi va vazifalari. O’pka va yurak reanimatsiyasi. O’quvchi bilishi kerak.
1. Intensiv terapiya tushunchasini;
2. Intensiv terapiya bo’limlarining tarkibi va vazifalarini;
3. Hamshiralik parvarishinig maq sadlari va hamshiraning vazifalarini;
4. Sog’liqni Saqlash Vazirligining amaldagi buyruqlarini;
O’quvchi bajarishi kerak.
1. Sun’iy nafas berish;
2. Yurakni bilvosita massaj qilish;
Og’izdan-og’izga sun’iy nafas berish algoritmi. Kerakli anjomlar.
Toza salfetka.
Bajarilish tartibi. -
Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi.
-
Bemor og’iz bushlig’I, burni toza salfetka bilan tozalab artib olinadi.
-
Katta va ko’rsatkich barmoqlar bilan burun kataklari qisib berkitiladi.
-
Ikkinchi qo’l bilan esa buyinni orqaga bukiladi (nafas yo’llari o’tkazuvchanligini taminlash).
-
Chuqur nafas olinib lablarni bemorning lablariga yopishtiriladi va kuch bilan bemorning upkasiga havo puflanadi.
-
Bemor ko’krak qafasi ko’tarilgach og’izni og’izdan olinadi.
-
Ko’krak qafasi pasayishi xisobiga passiv nafas chiqarish sodir bo’ladi.
-
Bemor ko’krak qafasi pasayib, dastlapki xolatga kelgach, ikkinchi nafas beriladi.
Dostları ilə paylaş: |