Mavzu: O’smalar. O’quvchi bilishi kerak.
1. O’smalar haqida tushunch va turlarini;
2. Havfli va havfsiz o’smalar xususiyatlarini;
3. Onkologik bemorlarni tekshirish va davolash usullarini;
O’quvchi bajarishi kerak.
- Onkologik bemorlarni klinik guruhlarga bo’lishni.
- HalqaroTNMsistemalitasnifni;
- Radioizotop tekshirishlarni;
Onkologik bemorlarni klinik guruhlarga bo’lish.
Onkologik kasalliklarni to’liq xisoblash va dispenser ko’rigidan o’tkazib turish uchun quyidagi klinik guruhlarga kiritiladi:
Ia kl.gr. Xavfli o’smalarga shubha qilingan bemorlar;
Ib kl.gr. O’sma oldi kasalliklari bilan og’rigan bemorlar;
II kl.ga. Maxsus davoga muxtoj bo’lgan xavfli o’sma bilan og’rigan bemorlar;
IIa kl.gr. Radikal davoga muxtoj bo’lgan havfli o’sma bilan og’rigan bemorlar;
III kl.gr. Amaliy jixatdan sog’lomlar (rakdan davolangan)
IV kl.gr. Simptomatik davoga muxtoj, o’tib ketgan (kechiktirilgan) bosqichdagi bemorlar.
Klinik guruhlar, darajalar mutonosibligini aniqlash, o’z vaqtida toppish va kerak bo’lsa radikal yoki maxsus davolash va davo natijalarini aniqlash uchun kerak.
Dostları ilə paylaş: |