Mavzu Janubi-Sharqiy Osiyoning qadimgi davr arxeologiyasi-fayllar.org
Yava Pitekantroplarining umumiy tavsifi va yashash turmush tarzi. Pitekantrop maymun odamining suyak qoldiqlari 1891- yil Yevgeniy Dyubua tomonidan Yava orolining Tripil yaqinidan topilgan tadqiqotlar natijasi pitikantropni hozirgi zamonaviy qiyofadagi odamlarni ajdodi deb hisoblashadi. 1895-yilning dekabrida, Berlin antropologiyasida, Etnologiya va tarix jamiyatida Dyubua topgan qoldiqlarning xulosasini chiqarish uchun konferensiya bo’ladi.
Bu suyak qoldiqlarining ya’ni miyya qutisini tekshirib ko’rib odamning ajdodi deb aytishga shubhalanganlar. 1930 – yilda Van Kenigsvald yaxshi saqlangan pitikantrop qoldiqlarini topgan. Mana shu topilma topilgandan so’ng pitekantropning homoga kirishi shubhasi yo’qolgan .
Pitekantropning bo’yi 167-170 smga barobar bo’lgan uning peshonasi tor, qiyalama lekin, odamsimon maymunning peshonasiga qaraganda bir muncha keng bo’lgan. Ko’z usti suyaklari bo’rtib chiqqan, miyasining hajmi 850-950 sm3 teng kelgan. Kishi diqqatini pitikantrop miyasidagi nutqning harakat markazi joylashgan pastki peshona yo’llarining maymunlarnikiga qaraganda ancha kuchli rivojlanganligi hammadan oldin o’ziga jalb qiladi. Demak pitekantrop ma’lum darajada so’zlash qobilyatiga ega bo’lgan deb o’ylashimiz mumkin. U tik holda ikki oyoqlab yurgan. Uning badani qalin tuklar bilan qoplangan bo’lgan.
1890-91 yillarda Yava orolidan topilgan topilmalarni (ya'ni pitekantroplarni koldiйlarini) analizi shuni kursatdiki, bu suyaklar boshni tepa kismi bulib, ular shu jonzotni ikki oyoйlab yuriganidan dalolat beradi.
Shuning uchun bu topilmani xam Pitecanthropus deb ataydilar. Bu pitekantroplarni suyak koldiklari juda katta munozaralarga sabab buldi. Chunki bu gurux olimlar bu suyaklar "Mikrostefalga" ya'ni xozirgi amon kichik odamning uzgargan shakli. (kasallik natijasida) degan fikrga xam keldi. Lekin keyingi yillada pitekantroplarga tegishli yigirmadan ortik suyak koldiklarini topilishi va ularni obdon urganilishi yukoridagi fikrni notugri ekanligini isbotlabgina kolmay, balki bu pitekantroplar inson evolyustiyasini kursatuvchi va xozirgi zamon odamlarini shakllanish jarayonini ma'lum bir boskichini kursatuvchi daliliy ashyo ekanligini namoyon kldi.
Lekin shuni aytish kerakki bu pitekantroplar xozirgi zamon odamlaridan o’z miya xajmlari bilan ko’prok ajralib tursalar xam to’gri yurishlari, qo’l xarakatlari bilan xam farq qilar edilar. Demak, tog’ri yurish va qo’l xarakatlari pitekantroplar davrida kamolotga yetgan bo’lsada, miyaning o’sishi orqada qolgan. Ba'zi olimlar bunga sabab kilib mexnat qurollarini juda oddiy bo’lganligini ta'kidlashadi.
Pitekantroplarni miya xajmi 900 sm bulib, cherepi (bosh kismi) kup xollarda maymunlarnikiga uxshashdir. Koshi burtib chiqqan.
Agar avstrolopitekni bosh suyagi bilan pitekantropni solishtirsak, pitekantroplarniki ancha tarakkiy etganini kuramiz. Anikrogi, pitekantroplarning boshini xajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5barobar katta. (avstrolopiteklarning miya xajmi 550-600 sm. ) shuni aloxida ta'kidlash keraki, pitekantroplarning suyak koldiklarini xammasi pereanlotennыe xolatida topilgan. Buning ustiga ular tosh kurolari bilan birga topilmagan. Chunki madaniy katlam joyidan tabiat kuchlari ta'sirida siljigan. Shuning uchun xam olimlar urtasida pitekantroplar kurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bulgan. Lekin shu pitekantroplarning suyak koldiklari topilgan joylardan uzok bulmagan joylarda tosh kurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining ta'sirida xar xil joylarga joylashgan deb fikr yurituvchilar xam bor.
1954 yillarda yana bir ilk pleystosten davriga oid suyak topilma topilgan. Ammo juda oz mikdorda. Lekin buni kimmati shundaki, madaniy katlam Yava orolidan fark kilib shikastlanmagan (nepotrevotennim). Yana muxim tosh kurollar bilan birga topilgan bu odam koldiklari pitekantroplarni tosh kurollari deb topilgan taxminlarni tugri deb topilganligiga guvox bula oladi. Chunki ular bir birlariga uxshash bulib, davrlari xam deyarli bir xil. Demak, morfologik atlantroplar pitekantroplar bilan tarakkiy etish jixatidan bir tekislik (uroven) dabulganlar19.
1965 yilda Yevropaning Vengriya xududida Verteshselleshida qadimgi gominidlar suyagi topilib, ularning bosh xajmi 1400 sm. edi. Bu topilmani olimlar eng kadimgi neandertalest pitekantrop va sinantroplarni o’tish davridagi odamni suyagi degan fikrga keldilar. Nixoyat odam ajdodlarining qoldiqlari tashqi ko’rinishlari jixatidan pitekantroplar va sinantroplarga o’xshagan ilk pleystotsen va o’rta pleystotsen qatlamlaridan Afrikada juda ko’plab topildi. Bularning (bosh miya xajmi jixatidan) xammasi Yava maymun odamidan farq kiladi. Maymunlarga uxshagan, ya'ni miya xajmi xam uncha tarakkiy etmagan pitekantrop, sinantrop, atlantrp, geydelberg ordami va boshkalar nisbatan ilik joyda Afrikada, Evropada va Osiyoning janubiy xududlarida yashagan.
Pitekantroplar geografik jixatdan juda katta tot Katta Zond arxipelagigacha bulgan xududlarda joylshib usha ibtidoiy sharoitda bir birlari bilan alokada bulmaganlar. Bundan xulos shuki, ayrim olimlarnin fikricha ular uzaro munosabatda bulmaganlar.
Pitekantrop uruglari bir necha turlardan iborat bulib, ular bir birlaridan xulki, tashki kurinishi, madaniyati jbilan fark kilgan. Bu fikrni pitekantroplar davriga mansub yodgorliklardan topilgan arxeologik materiallarni xar xilligi, xatto bitta materikdagi yodgorliklarning topilmalarini xar xilligi tasdiklaydi. Pitekantroplar uchun kuyi va urta plitosten tugri keladi.
Er yuzidagi eng kadimiy odam yava pintekantropi emas, balki, sharkiy Afrikada 3-2,5 mln yil ilgari yashagan "Gomo xabilis"-"ishbilarmon odam" ekan. Sharkiy Afrikadagi Tanzaniyaning Olduvay darasidantopilgan arxeologik va antropologik materiallar bu fikrni aytishga imkon berdi. Keniya va Efiopiyada olib borilgan kazish ishlari olduvaydan topilgan materiallarga juda muxim aniklik kiritdi.
Olduvay darasi tanzaniyaning shimolida bulib, Eyasi kulidan 36 km.shimoliy-sharkdadir. Daraning uzunligi 40 km, chukurligi esa 100-130 mertdan iborat. Olduvay darasidan kazilma xayvonlarning koldiklari 1911 yildan boshlab topila boshlagan.
1937 yilda nemis poleontologi Ralffon Kyonigsvald Yavadan pitekantropning bosh miya kopkogi suyagini topgan. Keyingi vaktlargacha Yavadagi Mojokertidan turta katta yoshdagi va bitta yoshgina pitekantropning bosh miya kopkogi, oltita son suyagi, uchta jag suyagi topildai.
1961-1972 yillarda esa Indoneziya mutaxassislari Yavadan yana pitekantropning turta bosh suyagi va ikkita pastki jag suyagini topiganlar. Yavadan topilgan pitekantrop suyaklari oraisda Mojolertodan topilgan bola suyagining sanasi eng kadimiy bulib, uni kaliy-argon usuli bilan aniklanishiga 1 million 500 ming-1 million 900 ming yil deb xisoblanadi. Kolganlarining sanasi esa 0,5-1 mln yilga borib takaladi. Xar xolda ular Olduvay darasidagi homo habilis-"ishbilarmon odam"dan ancha keyin yashagan. Lekmn olduvay pitekantroplari bilan zamondosh bulishlari xam mumkin. Buni ularning jismoniy tuzilishi, "homohabilis" ga nisbatan rivojlanganligi xam tasdiklaydi.
Shuni xam aytib utish kerakki, pitekantroplar topilgan joylarning birontasidan tosh kurollar, kumir, gulxan urni, xayvonlarning sindirilgan suyaklari topilgan emas.
Pitekantroplarning jismoniy tuzilishiga karab ular muntazam ravishda kurollar yasay olganlar, deb faraz kilish mumkin. Shuni aytish kerakki, Kenigsvald Janubiy Yavaning Patjitan kishlogi atrofida kazish ishlari olib borib, turtlamchi geologik katlamdan juda kupol ishlangan oddiy tosh kurollar topilgan. Bu kurollarni pitekantroplar yoki ularning uncha uzok bulmagan avlodlari tayyorlagan bulishi mumkin.
Pitekantroplar va ularning uncha uzok bulmagan ajdod va avlodlari fakatgina Yava orolida yashabgina kolmay Janubiy, Sharkiy Osiyo, Evropaning janubiy va Afrika kit'asida keng tarkalganlar.
Shunday kilib, pitekantrop kazilma odamning eng kadimgi vakillaridan biri xisoblangan afrikalik ishilarmon odamlardan biroz keyinrok yashagan.
Pitekantrop miya kutisining xajmi 850-950 sm bulsa, sinatropning esa 1050-1200sm ga teng. Demak sinantrop miyasining xajmi pitekantrop miyasining xajmidan katta, lekin xozirga zamon odami miya qutisini xajmidan esa kichikroqdir.
Pitekantroplar- Sola va Yave daryolari bo’ylarida katta vulqonlar yaqinida haqiqiy insonning ajdodlari, ibtidoiy jamoalar to’da bo’lib yashashgan. Eng mashhur va qadimgi namoyondalar bular pitekantroplar hisoblanishadi. Ularning qoldiqlari 1891-1892-yillarda Trinil qishlog’i yonida doctor E.Dyubua tomonidan topilgan. O’zining tashqi ko’rinishidan pitekantrop odamsimon maymunni ham eslatadi. Oldinga egilgan bosh qo’pol yuz kalta va keng burun peshonaning orqaga ko’tarilganligi , chakak suyagining ajralib turishi, ko’z osti kosasining chuqur kirganligidair. Pitekantroplarning kichik-kichik to’dalari ovqat qidirib bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishgan. Ularning ozuqalariga nafaqat tropic daraxt va butali mevalar balkim o’simliklarning shirin ildizlari ham ozuqa bo’lib xizmat qilgan. Qo’l kelganda ular mayday sut emizuvchi hayvonlarni yiyishgan. Agar o’laksa eskirib qolmagan bo’lsa ulardan ham ozuqa sifatida foydalanishgan. Pitekantroplar oddiy turmush tarzini olib borishgan, lekin tabiat bilan tinimsiz kurashishgan. Ularning oyoqlari baqquvvat bo’lib, ularning gavdalarini tik tutishlari uchun yordam bergan. Ularning qo’llarini rivojlanishi faqatgina yurish uchun emas, boshqa ishlarni bajarish uchun ham mukkammalashganligi ularning gavda qismidagi eng katta o’zgarishga olib kelgan. Pitekantroplar uchun qo’llar yashash uchun kurashda tayanch vazifasini bergan. O’z doirasida fikrlash va qo’l yordamida ular dunyoni zabt eta boshlashgan. Umuman olganda, insoniyat tarixi uni jismoniy, ma’naviy va madaniy rivojlanishi ulardan boshlanadi. Ko’pgina belgilariga qarab, pitekantroplar odamsimon maymunlarning miya suyagini eslatadi. Odam kallasi suyagi bilan solishtirganda, odam miya suyagiga nisbatan kichkina bo’lib, lekin odamsimon maymunnikiga nisbatan yirik hisoblangan. Odamsimon maymunning miya qobig’inig hajmi 400-500 kub santimetr, pitekantropniki esa 800 ming kub santimetr bo’lgan. Pitekantropning miya shaklini ko’pgina tadqiotchilar o’rganishgan. Ularning natijasiga qaraganda shuni aytish mumkinki, pitekantropning miya qutisi odamsimon maymunnikidan ancha mukkammal bo’lgan. Peshonanig bo’rtib chiqqanligi ularni oldinga tashlangan qadamidir. Chap miya yarim sharining yiriklaigi unig o’ng qo’lini mukkammal ekanligidan darak beradi. Demak pitekantroplar zamonaviy odamga o’xshab o’ng qo’l bo’lishgan. Pitekantroplarning ko’rish va eshitish qobiliyati ham kuchayib borgan.
Xulosa. Bu kurs ishidan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Janubi-Sharqiy Osiyo mamalakatlari anchagina tarixiy ahamiyatga ega hudud hisoblanadi. Bu mintaqadagi barcha davlatlarda ham sivilizatsiya bir xil darajada bo’lmaganligini ko’rdik. Bu mintaqada rivojlanish bosqichlari turli darajada bolganligi bilan izohlanadi. Yavadan topilgan Pitekantrop ( “pitekus” – maymun, “antropos” – odam, ya’ni maymun odam) suyaklari anchagina e’tiborga molikdir. Bu suyak qoldiqlari Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida ham qadimgi odamlar yashaganligini ko’rsatib beradi. Pitekantroplarni miya hajmi 900 sm bo’lib, cherepi (bosh qismi) ko’p hollarda maymunlarnikiga o’xshash bo’lgan. qoshi bo’rtib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin.
Agar avstrolopitekni bosh suyagi bilan pitekantropni solishtirsak, pitekantroplarniki ancha taraqqiy etganini ko’ramiz. Aniqrogi, pitekantroplarning boshini hajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5barobar katta. (avstrolopiteklarning miya xajmi 550-600 sm. ) shuni alohida ta'kidlash keraki, pitekantroplarning suyak qoldiqlarini xammasi pereanlotennie xolatida topilgan. Buning ustiga ular tosh qurolari bilan birga topilmagan. Chunki madaniy qatlam joyidan tabiat kuchlari ta'sirida siljigan. Shuning uchun xam olimlar urtasida pitekantroplar qurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bo’lgan. Lekin shu pitekantroplarning suyak qoldiqlari topilgan joylardan uzoq bo’lmagan joylarda tosh qurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining ta'sirida xar xil joylarga joylashgan deb xulosa qiluvchilar ham bor.