Mavzu: xizmat koʻrsatishning jahon tajribasi kirish



Yüklə 35,54 Kb.
səhifə1/3
tarix26.03.2023
ölçüsü35,54 Kb.
#90058
  1   2   3
2mmavzuu


MAVZU: XIZMAT KOʻRSATISHNING JAHON TAJRIBASI

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Turizmda talab va taklif qonunlari.

  2. Xizmatlar sohasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omilllar.

  3. Turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisoidy, siyosiy, ijtimoiy va geografik omillar.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish


Birlashgan millatlar tashkilotida (BMT) qabul qilingan turizmning dastlabki ta’rifi quyidagicha bo‘lgan: «Sog‘liqni mustahkamlash va insonning jismoniy rivojlanishiga ta’sir o‘tkazadigan, doimiy yashash joyini almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faol xordiq olish».
Bu tushunchaning kengroq ta’rifi Monte-Karlodagi Turizm akade-miyasida berilgan: «Turizm - odamlarning sog‘liqni tiklash, bo‘sh vaqtida bilishga chorlaydigan, qiziqishlarni qondirish uchun yoki kasbiy-amaliy maqsadlarda vaqtinchalik yashash joyida maosh to‘lanadigan faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan holda doimiy yashash joyini vaqtincha tark etishining har qanday ko‘rinishidir».
Bu ta’rifda asosiy urg‘u tashrif buyuruvchilarning yashash joyidan tashqarida olib boradigan faoliyatiga qaratilgan.
N.I.Kabushkin ham turizmni «insonni sayohat davomida yuzaga keladigan munosabatlar majmui va uzaro aloqa hamda xodisalar butunligi» sifatida ta’riflab, yuqorida keltirilgan fikrga yaqin ta’rif beradi1.
M.A.Jukova ilmiy adabiyotlarda turizm tushunchasiga tugal ta’rif yo‘q, degan xulosaga keladi. Uning tahliliga ko‘ra, bugungi kunda turizm tushunchasiga nafaqat turli xil talqinlar berilmoqda, balki, birini ikkinchisi bilan qiyoslab bo‘lmaydigan ko‘pgina hodisalarni ham qo‘shib yuborish holatlari kuzatilmoqda, jumladan, mahalliy tarmoqlar va jahon iqtisodiyoti sohalari ham shu tizimga kiritilmoqda. Bir guruh olimlar turizmni iqtisodiy hodisa sifatida turistik tur tushunchasi, ya’ni turoperator va turagentliklar faoliyati bilan bog‘laydilar. Bu nuqtai nazarga rossiyalik ba’zi mutaxassislar ham qo‘shilishadi va «tashkilotlarning ayrim qismigina faqat turistlar uchun mo‘ljallangan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan», deb ta’kidlaydilar2. Bunday fikr tarafdorlari turizmni alohida soha sifatida ajratish zaruriyati yo‘q, deb hisoblaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «Turizm to‘g‘risida»3gi Qonuni asosida «Turist – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi)», deb belgilangan.
Turizm ko‘pgina mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u mahalliy aholi bandligini, mehmonxona va otellarni to‘ldirish, restoran, tomosha tadbirlari, chet el valyutasining kelib tushishini ta’minlaydi. Turizmning ichki iqtisodiy tabiati turist tashrif buyurgan mamlakatda o‘z mablag‘ini albatta sarflab ketishini taqozo etadi. Turizm mahalliy turistik resurslar ekspluatatsiyasiga asoslanadi va buning evaziga shu mintaqa yoki mamlakat foyda olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun turist tashrif buyurayotgan mamlakatning hech bir manbasidan maosh olishi mumkin emas, degan fikr ko‘p mamlakatlar va olimlar tomonidan qayd qilingan. Davlat immigratsion xizmatlari ishchi kuchi oqimidan havotirlanadi va odatda, faqat mahalliy mehnat resurslarining yetishmaslik hollaridagina yoki maxsus (masalan og‘ir, zararli, iflos) ishlarni bajara oladigan muayyan soha mutaxassislari yo‘qligida va maxsus litsenziya asosida chet ellik ishchilarni yollashga ruxsat beriladi. Shuning uchun turistlarga maosh olish maqsadida ishlash man etiladi va bu narsa mamlakatga kirishga ruxsat beruvchi hujjat (viza)larda ko‘rsatiladi. Masalan, Avstraliya vizasida bu majburiyat aniq qilib yozib qo‘yilgan: «haqi to‘lanadigan ish yoki o‘qish huquqisiz».
Turizmga berilgan yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinadiki, «turizm», «turistik faoliyat» va «turistik industriya» kabi tushunchalar o‘rtasidagi farqni ifodalab berish ancha murakkab.
Turizm sohasidagi atamalar muammosi xalqaro tashkilotlar diqqatini ham o‘ziga tortadi. Manilada 1981 yilda qabul qilingan jahon turizmi haqidagi deklaratsiyada ko‘rsatilishicha, «Turizm davlatlarning ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy va iqtisodiy sohalariga va ularning halqaro munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi jihatidan halqlar hayotida muhim rol o‘ynaydigan faoliyat sifatida tushuniladi».
1981 yilda Butun jahon turistik tashkiloti tomonidan Madridda tashkil etilgan xalqaro turizm konferensiyasi materiallariga asosan turizm bu turli mintaqalar, yangi mamlakatlar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladigan va bir qator mamlakatlarda sport bilan bog‘liq bo‘lgan faol sayohat turlaridan biridir, deb hisoblandi.


Yüklə 35,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin