2-chizma
Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o`zlashtirishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne`matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi. Xorijiy investitsiyalar ko`lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya`ni xalqaro investitsiyalar ko`rinishiga ham ega bo`ladi. Xalqaro investitsiyalar – jahon mamlakatlari o`rtasida xarakatda bo`lgan investitsiyalardir.
Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o`rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo`jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo`jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaktda xalqaro investitsiyalarning o`rtacha yillik o`sish sur`ati 30%dan oshadi. Bu ko`rsatkich jahon savdosi o’sishi sur`atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o`zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamgarilgan zaxiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo`ladi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chikkan holda guruhlashtiriladi. Quyilish ob`ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’`larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog`liq bo`lib, ko’pchilik hollarda investitsion loyixalar doirasida amalga oshiriladi. SHuning uchun shaxsiy mablag’`lar bilan birga qarzga olingan mablag’`lar xam foydalanilishi mumkin.
Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va kayta tayyorlashga, ilmiy-tadkikot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi.Fan-texnika taraqqiyotini tezlashuvi bilan intellektual salohiyat ishlab chiqarishni eng kuchli omiliga aylandi, uning jiddiy 3unsuri bo`lib qoldi. XX asr boshlarida fan ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish uchun sarflanadigan qo’yilmalar oshib bordi. SHuning uchun ham jahonda real investitsiyalar tarkibida ilmiy izlanishlar, fan, ta`lim, kadrlar tayyorlash uchun sarflanadigan harajatlar o`sib bordi. Masalan, AQSH, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda fan va ilmiy izlanishga sarflanadigan qo`yilmalar o`sish sur`atlari asosiy fondlarga sarflanadigan investitsiyalardan ustundir. Jahon bozoriga kirib borish, keng ko`lamda marketingni rivojlantirish, batafsil axborotga ega bo`lish, yuqori darajadagi komp’yuter tizimlarini tashkil etishni, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mazkur sohada dunyodagi rivojlangan davlatlar darajasiga erishishni talab etadi. Shuning uchun xam jadal sur`atlar bilan rivojlanish real investitsiyalar tarkibida fan, texnika, ta`lim, kadrlarni kayta tayyorlash uchun sarflanadigan real investitsiyalar asosiy o`rinlardan birini egallashi zarur.
Asosiy fondlarga sarflangan real investitsiyalar maqsadi sarflanish yo`nalishlari va boshqa ko`rsatkichlarga ko`ra hududlararo, tarmoqlararo, texnologik, qayta ishlab chiqarish tarkiblariga ega. Asosiy fondlarga sarflangan investitsiyalarni, ularning aktiv (mashinalar, asbob-uskunalar) va passiv (bino, inshootlar) qismlarini tashkil etish uchun sarflangan umumiy harakat yig`indisidagi ulushi investitsiyalarning texnologik tarkibini tashkil etadi. Qayta ishlab chiqarish tarkibi investitsiyalarning kanday maqsadlarga yo`naltirilganligi; yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirishga, rekonstruktsiyaga va yangi texnika bilan qayta kurollantirishga jalb qilingan harajatlarni umumiy harajatlardagi har birining nisbiy jihatdan ulushini ko`rsatadi. Investitsiyalarning hududlararo va tarmoqlararo tarkibi esa ularning nisbiy jihatdan hududlar va tarmoqlar bo`yicha taqsimotini bildiradi.Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy qismini shaxsiy investitsiyalar tashkil etadi. Davlat sektorida real investitsiyalar sarfi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, subsidiyalar ajratiladi, davlat kapital qo’yilmalari muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar o`zlashtiriladi.Davlat tomonidan o`zlashtiriladigan investitsiyalar dastlabki bozor infratuzilishini va u bilan bog`liq bo`lgan tarmoqlarni rivojlantirishga sarflanadi. Investitsiyalarni samaradorligini oshirish asosiy kapitalni aktiv elementlarini vujudga keltirish va o`stirish hisobiga amalga oshiriladi. Investitsiyalar yo’naltirilaetgan sohalar va ularni ishlatishdan olinadigan natijalarga kura real va moliyaviy investitsiyalarga bulinadi. Real investitsiyalar deb real kapitalning o’sishiga olib keladigan, ya`ni ishlab chiqarish mablag’lari, material boyliklarning o’sishini ta`minlash uchun qo’yilgan qo’yilmalarga aytiladi. Moliyaviy investitsiya deb aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar uchun qo’yilgan qo’yilmalarga aytiladi. Bu qo’yilmalar buyum ko’rinishdagi kapitalning o’sishini uzida mujassam etmasada, lekin foyda shu jumladan spekulyativ foyda ya`ni qimmatli qog’ozlar kursi o’zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda keltiradi. Moliyaviy investitsiyalarning ikki xil ko’rinishida bo’ladi. Aktsiyalarni sotib olish real moddiy ko’rinishdagi kapitalni yaratmaydi. Lekin kelajakda spekulyativ ko’rinishda foyda olish mumkin bo’ladi. Aktsiyalarni sotishdan tushgan mablag’ni ishlab chiqarish uchun, asbob uskunalr sotib olish uchun sarflaganda u real kapitalga aylanadi va real investitsiya ko’rinishini oladi. Shu sababdan qimmatli qog’ozlarni oldi-sotdi operatsiyalari natijasida olinadigan spekulyativ foyda keltiruvchi moliyaviy investitsiyalar va qimmatli qog’ozlarni sotish natijasida pul ko’rinishdagi real moliyaviy investitsiyalarni farqlash lozim.
Real investitsiyalarni tavsiflash ularni hajmi va daromad keltirishi asosida amalga oshiriladi. Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to`lov va moliyaviy majburiyatlarning barcha turlarini o`zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari qimmatli qog`ozlardir: ulushli (aktsiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o’laroq moliyaviy investitsiyalarni ko’prok portfel’ investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi bo`lib moliyaviy aktivlarning mukammal yig’masini (investitsiyalar portfelini) shakllantirish va qimmatbaho qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan turli 4operatsiyalarni boshqarish hisoblanadi.Moliyaviy investitsiyalar shaxsiy kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan muomalaga chiqarilgan aktsiyalarga, obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog`ozlarga va bank depozitlariga, uzoq muddatga jalb kilinadigan qo’yilmalardir. Moliyaviy investitsiyalarning asosiy qismi, kapitalni noishlab chiqarish sohasiga sarflanishini bildiradi. Moliyaviy investitsiyalar aksariyat holatlarda real investitsiyalarning manbai bo`lib xizmat qilishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda, qimmatli qog`ozlar bozori orqali kapitalni sohalar bo`yicha taqsimlanishida muhim ahamiyatga bo`lgan davlatlarda ko`proq tarqalgan. Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy investitsiyalarining tarkibida asosiy o`rinni shaxsiy investitsiyalar tashkil qiladi.
Shaxsiy investitsiyalar, tadbirkorlar, xususiy firmalar, kontsernlar va aktsioner tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga sarflanadigan mulkdorlik va intellektual boyliklarni anglatadi. Yetuk qimmatli qog`ozlar bozori mavjud bo`lgan mamlakatlarda shaxsiy investitsiyalarni ko`pgina qismi maxsus investitsiya fondlari tomonidan sarflanadi. Xorijiy investitsiyalarning moliyaviy shakli (portfel’ investitsiyalar) milliy iqtisodiyotda istiqbolli korxonalarni aniklash va keng mikyosda investitsiyalashni amalga oshirishga asos bo`la oladi.
Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo`lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga beriladi) bo`ladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi. Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli qo’yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilda qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qo’yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog`ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o`tgandan so`ng, investor uzoq muddatli vositalardan qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko`pincha investorlar ana shunday vositalarni tanlaydilar va o`z pullarini qisqa muddatlarga qo`yishni xohlaydilar.
Mulk shakllaridan kelib chikib investitsiyalar xususiy, davlat, qo`shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag’`larini tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga qo’yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablag’`larini hududiy joylashtirilish bo`yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo`linadi.
Xorijiy investitsiyalar davlat yoki xususiy investitsiyalar shaklida bo`lishi mumkin. Birinchi shaklda davlat investitsiyalari ishtirok etib, bunda bir davlat boshqa davlatga kreditlar yoki boshqacha shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday munosabatlarga xalqaro huquq normalari qo`llaniladi. Ikkinchi shaklda esa, bir mamlakat xususiy firmalari, kompaniyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning tegishli sub`ektlariga beradigan investitsiyalar tushuniladi. Davlat investitsiyalari deb davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjetining mablag’lari ko’rinishida mamlakat iktisodiningrivojlanishi uchun sarflaetgan mabalaglariga tushuniladi. Xususiy investitsiyalar deb xususiy kompaniyalar, axoli va tadbirkorlar tomonidan mabalglarning qo’yilishiga aytiladi. Investitsiya munosabatlari shu darajada murakkab va ko`p qirraliki, ko`pincha davlatlar o`rtasidagi munosabatlar xususiy shaxslar o`rtasidagi munosabatlar bilan uzviy bog`langan bo`ladi. Bunday aloqa investor huquq va talablarni davlatga topshirganda yaqqol ko`rinadi.
Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel’ investitsiyalarga bo’linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to’g`ridan-to’g`ri eksporti bo`lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Xalqaro statistikada investitsiyalarni BXIlar turiga kiritish bo`yicha har xil yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini belgilovchi ko’rsatkich sifatida ular ega bo`lgan aktsionerlik kapitalining hissasi ko’rsatkichidan foidalaniladi. Bu ko’rsatkich AQSHda 10%, Frantsiya va Buyuk Britaniyada 20%, Germaniyada 25%dan 50% gacha, O`zbekistonda esa 49% darajasida belgilangan. Shuningdek, shu korxonaning boshqaruvida bevosita amalga oshirilayotgan investitsiyalarning uzoq muddatli ekanligi xam uning muhim belgilaridan biridir. Investitsiyaning bu ko’rinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun ma`suliyatni davlat va axoli zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari o’rtasida taqsimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |