Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni reja: Kirish Asosiy qism 1


Xorijiy investitsiyalarning mohiyati, turlari va investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə3/16
tarix22.09.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#146841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mavzu Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni

1 Xorijiy investitsiyalarning mohiyati, turlari va investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillar
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag’`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag’`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy - ijtimoiy samaraga erishishdir.
O`zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilindi va o`tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. Investitsiya to`g`risida O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko`rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’`lari, banklarga qo`yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog`ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir. Bu iqtisodiy ta`rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to`laligicha faoliyat ko`rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o`ziga va investitsiya faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan; ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog`liqligi ta`kidlab o`tilgan.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin:
1
1-chizma

Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel’’lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.


Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi mumkin. Investitsiyalar yalpi va sof investitsiyalargaajratiladi. Yalpi investitsiyalar – bu ishlab chiqarish vositalarining iste`mol qilingan qismini qoplash hamda ularni qo`shimcha o`sishi maqsadida ishlab chiqarish jamg`armalari va aholi mablag’`lari qo`yilmalaridir. Boshqacha so`z bilan aytganda, yalpi investitsiyalar o`z ichiga amortizatsiya va sof investitsiyalarni qo`shadi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya ajratiladi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi.
Yalpi investitsiya va amortizatsiya bir-biriga teng bo`lgan chog`da iqtisodiyot turg`unlik holatida bo`ladi. Bu vaziyatda sof investitsiyalar nolga barobar va iqtisod shu yilda qancha kapital iste`mol qilgan bo`lsa, uni qoplash uchun shuncha ishlab chiqaradi.Ishchan faollik pasayib borayotgan iqtisodiyotuchun (asegnatsiya holati) yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan kam bo`lgan holdagi vaziyat xosdir, ya`ni iqtisodiyotda yil davomida kapital ishlab chiqarilganiga nisbatan ko`proq iste`mol qilinadi. Bunday holatda sof investitsiyalar ishorasi manfiy bo`lib, uning mutlaq qisqarishini bildiradi. Natijada, yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda kam bo`ladi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xo2rijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo’ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va kredit), xamda bevosita va portfel’ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga yo’naltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.

Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin