Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning o’rni


Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol



Yüklə 25,53 Kb.
səhifə3/6
tarix20.10.2022
ölçüsü25,53 Kb.
#65648
1   2   3   4   5   6
Mavzu Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zo

3.Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol.

Erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda jahonda 4000 ta erkin iqtisodiy zona (400 ta erkin savdo zona, yana shuncha ilmiy-ishlab chiqarish parki, 300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi zona) faoliyat ko‘rsatyapti ( “Biznes-Daily” malumotiga ko’r).

Xitoydagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati.Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Xitoy iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari bo‘yi­cha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lib, bunga jahondagi biznes munosabatlarni zudlik bilan o‘zgartira olganligi sababli erishgan. Arzon ish kuchi G‘arbda shippaklardan tortib mobil telefonlargacha bo‘lgan turli mahsulotlarning narxi arzonlashishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, Xitoy Afrikada eng yirik investorga aylandi, Pekin Yevropa yoki Amerikani emas, aynan “qora qit’a"ni o‘zining asosiy hamkori hisoblaydi.

Hozir Xitoy tovarlarini dunyoning hamma joyida ko‘rish mumkin, XXI asrga kelib u chindan ham “dunyo fabrikasi"ga aylana oldi. Jahondagi fotoapparatlarning 50%i, konditsionerlarning 30 foizi, kir yuvish mashinalarining 25 foi­zi va sovutgichlarning qariyb 20 foizi aynan shu yerda ishlab chiqarilyapti.Alohida qayd etish lozimki, Xitoy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni katta bo‘lgan. Ayni paytda bu yerda to‘rtta maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda — Shenchjen, Chjuxay, Shantou va Syamen. Bundan tashqari, 14 ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar zonasi, xorijda tahsil olgan mutaxassislarga mo‘ljallangan 70 dan ortiq ilmiy-texnik zona, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta zona bor.

Umuman, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor hududlar tabiiy resurslari hamda industrial salohiyatidan foydalanish va eksport tizimini kuchaytirishga qaratilmog‘i lozim. Aynan shu o‘rinda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning unumli shakli bo‘lgan zamonaviy erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu yo‘nalishda jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan va o‘z samarasini berayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni qayd etish joiz.


Yüklə 25,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin