Mavzu Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zo
4.Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni qanday bartaraf etish yo’llari
Lekin shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: mazkur yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanilyaptimi? Agar kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi o‘rnini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularda hamon tashabbuskorlik yetishmasligi, faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligi ko‘zga tashlanadi.
Masalan, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish hamda muvofiqlashtirish jarayoni hamon murakkabligicha qolib, rasmiy xarakter kasb etmoqda. Afsuski, erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.
Ayniqsa, “Urgut”, “Qo‘qon”, “G‘ijduvon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda ham muammolar kuzatilmoqda. Vaholanki, mazkur hududlarda investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni davr taqozo qilmoqda. Avvalo, ushbu zonalar faoliyatiga doir me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, zarur bo‘lsa davr talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarur.
Qolaversa, yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini ham soddalashtirish lozim. Masalan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 vazirlik va idoradan iborat edi. Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, ularning soni 4 ta etib belgilandi. Shu bilan birga, yangi tizim — hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularning loyihalarni ko‘rib chiqish va ruxsat berish huquqlari kengaytirildi.