Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning o’rni



Yüklə 25,53 Kb.
səhifə1/6
tarix20.10.2022
ölçüsü25,53 Kb.
#65648
  1   2   3   4   5   6
Mavzu Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zo


Mavzu:Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning o’rni

Reja:

  1. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob`ektiv zarurligi.

  2. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi.

  3. Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol.

  4. Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni qanday bartaraf etish yo’llari.



1.Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob`ektiv zarurligi.
Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo`lidagi to`siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur`atlar bilan o`smoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining dunyo bo`yicha umumiy hajmi 1980 yildagiga qaraganda 14 baravardan ziyod o`sib, 2018 yil holatiga, jami 11 trln AQSH dollariga etdi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 64 mingga yaqin mamlakatlararo kompaniyalar mavjud bo`lib, ular 870 mingta xorijiy shu`ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu korxonalar sotilayotgan mahsulotlar hajmi taxminan 18 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu esa o`z navbatida, butun jahon eksporti hajmidan 2 baravaridan ziyoddir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o`rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to`liq aks ettirilishini taqozo etadi.
O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to`g`risida", "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi.
Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo`ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohalardagi o`zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga taqsimlanishi tezlashdi.
CHet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi.
"CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi Qonunga ko`ra O`zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo`lishi mumkin:

  • chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma`muriy yoki hududiy organlari;

  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub`ektlari bo`lgan halqaro tashkilotlar;

  • chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko`rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;

  • chet el davlati fuqarolari bo`lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora - tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Bu qarorga asosan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag` va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish hamda qo`shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, xorijiy valyutadagi qo`yilmalar esa majburiy tarzda sotilmaydi, shuningdek, investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi - sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob - raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi. Bundan tashqari davlat ulushi potentsial investorlarga sotilayotgan korxonaning byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha qarzlari restrukturizatsiya qilinishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bu Qarori O`zbekistonning iqtisodiy jihatdan yuksalishi va halqaro jahon xo`jalik munosabatlariga integratsiyalashuvining g`oyat muhim va texnik qayta jihozlashga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish yo`lidagi strategik yo`nalishini ham belgilab beradi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo`lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivrjlantiradi;
- ikkinchidan, import o`rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo`naltirish va pirovardida aholining me`yordagi turmush darajasini ta`minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o`sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta`minlaydi;
- to`rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft’ va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga
va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqiyosda jalb qilish, xorijiy investorlarni o`z mablag`larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan, jumladan:

  • xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar;

  • ko`rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar;

  • soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar;

  • foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi;

  • milliy so`mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o`tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati;

  • bojxona imtiyozlarining mavjudligi;

  • xorijiy investorlarning mulklari va ularning o`zlarini xavf-xatarlardan sug`urtaviy muhofaza qilish tizimini yaratilganligi.



Yüklə 25,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin