Mavzu: xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi



Yüklə 52,25 Kb.
səhifə4/6
tarix16.05.2023
ölçüsü52,25 Kb.
#114796
1   2   3   4   5   6
Mavzu xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi

To’liqsiz induksiya shunday ehtimoliy xulosa chiqarish turiki, unda birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligini) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To’liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to’liq induksiyadagidek, juz’iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka, kamroq umumiylashgan bilimdan ko’proq umumiylashgan bilimga qarab harakat qiladi. Lekin unda, to’liq induksiyadan farqli o’laroq, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o’rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo'ladi. To’liqsiz induksiyaning evristik mohiyati aynan ana shundadir.
To’liqsiz induksiyada fikrimiz quyidagi shaklda quriladi:
S1 predmeti P belgiga ega.
S2 predmet P belgiga ega.
… … … … … … … … … … … … … …
Sn predmeti P belgiga ega.
S1, S2,…, Sn predmetlari C sinfiga tegishli.
__________________________________
Ehtimol, C sinfining har bir predmeti P belgiga egadir.
Bushaklni simvolik ko’rinishda quyidagicha yozish mumkin:
P(x1)
To’liqsiz induksiyada xulosaviy bilimning empirik asosi to’liq aniqlanmagan, ana shuning uchun ham undagiamalga oshirilgan umumlashtirish to’liqsiz bo'ladi. Xususan, unda berilgan mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasi emas, faqat S dan Sn gacha bo’lgan qismigina o’rganiladi, xolos.Ana shu o’rganilgan predmetlarga birorta P belgining xosligi (xos emasligi) kuzatilsa, uning o’rganilayotgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida ehtimoliy tarzdagi xulosa chiqariladi. Bu xulosa ixtiyoriy ravishda hosil qilinmaydi va tasodifiy tavsifga ega emas, albatta. Juz’iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka o’tish, ya’ni sinfga tegishli ayrim predmetlar haqidagi bilimdan sinfga sinfga tegishli barcha predmetlar haqidagi bilimga o’tish mantiqan asoslangan.
Predmetlar sinfining bir qismidan ikkinchisiga ko’chirilayotgan belgining zaruriyligi, umumiyligi uning tajribada muayyan holatdan mavjud bo’lganda bir jinsli faktlarda takrorlanib turishining turg’unligiga o’zifodasini topadi,ya’ni u empirik asos yordamida tasdiqlanadi.
Zaruriy aloqalarning bir vaqtning o’zida umumiy aloqalardan iborat bo’lishi, ularning esa, o’z navbatida, yakka, ayrim predmetlarda namoyon bo’lishi, ya’ni ularning xususiyatlari sifatida yuzaga chiqishi ilmiy bilish va amaliy muhokoma yuritishda birorta mantiqiy sinf haqida unga mansub predmetlarning ayrimlarini o’rganish asosida fikr bildirish mumkinligini angladi.
To'liqsiz induksiya bo’yicha xulosa chiqarishga xos xususiyatlardan biri asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishning kuchsiz bo’lishidir.
To'liqsiz induksiya uchun xarakterlibo’lgan bu kamchilikni “Tuzatish” uchun bir qancha metodologik talablarga rioya qilish zarur. Bu ma’lum bir darajada xulosaning chin bo’lishi ehtimolining ortishiga imkoniyat yaratadi. Ular quyidagilardan iborat:
1.Ekstensiv metoddan foydalanish, ya’ni o’rganilayotgan predmetlar sonini oshirish. Bu bir oz bo’lsa ham xulosaning chin bo’lishi ehtimolini orttiradi. Lekin bu yerda bir narsani hisobga olish zarur. Tajriba tugal bo’lmagan, ya’ni sinfning barcha predmetlari emas, faqat bir nechtasi o’rganiladigan bir sharoitda keyingi o’tkaziladigan tajribalardan birida avvalgi tajribalar natijalariga zid bo’lgan holni kuzatish ehtimoldan xoli emas. Bunda o’rganilayotgan hodisalar sonini ko’paytirish yo’li bilan ko’zlangan maqsadga erishihsga o’rinish ham samara beradi. Tajribani tugal qilishga erishib bo’lmaydi, chunki bilish ob’ekti ko’predmet hollarda ochiq tizmdan-hodisalar va holatlar soni amalda cheksiz bo’lgan ob’ektdan iborat bo'ladi.
2.tajriba natijalarining sifat jihatidan xilma-xil bo’lishiga erishish, ya’ni bir xil sharoitda takrorlanadigan belgilarnigina emas, balki turli xil sohalar, holatlarda takorlanadigan o’xshash belgilarni ham qayd etish muhimdir.
3.Shuningdek, tajriba natijalarining kuchli bo’lishi, “bexosdan” aniqlanishi omilllari ham muhim ahamiyatga ega.
4.Keyingi ikkita metodologik talab to'liqsiz induksiyada empirik materiallarning tanlab olishni taqoza etadi.
Dastlabki empirik materiallarning kuzatish va tajriba natijalarining talab olish usuliga ko’ra to'liqsiz induksiyaning ikkita turi: sanash orqali to'liqsiz induksiya va istisno qilish orqali to'liqsiz induksiya ajratilishi mumkin.
Sanash orqali to'liqsiz induksiya yoki ommabop induksiya induktiv yo’l bilan umumlashtirilgan shunday turiki, unda bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida birorta belgining takrorlanishini kuzatish asosida, uning shu sinfga kiruvchi barcha predmetlarga xosligi haqida ehtimoliy tarzdagi xulosa chiqariladi.
Sanash orqali to'liqsiz induksiyaning ob’ektiv asosini insonlarning ko’predmet yillik hayotiy faoliyati, avloddan avlodga o’tib kelayotgan turmush tajribalari natijalari tashkil etadi.
Ommabop induksiyaning muhim xislatlaridan biri kuzatilayotgan hollarga zid bo’lgan holning yo’qligiga ishonch hosil qilishdir. Ya’ni bunda birorta belgining berilgan sinf predmetlarining bir nechtasida takrorlanishi qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga zid bo’lgan holning yo’qligi ham aniqlanadi.
Ommabop induksiya asoslanadigan belgilarning takrorlanishi haqiqatdan ham ko’predmet hollarda, induktiv xulosa chiqarishning boshqa turlarida bo’lgani singari, hodisalarning umumiy xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shuning uchun ham bu usul bilan olingan xulosaning chin bo’lishi ehtimoli o’z faoliyati yo’nalishlarini, amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydilar.
Ommabop induksiya bo’yicha xato xulosa kuzatilayotgan hollarga zid bo’lgan holni hisobga olmaslik natijasida ham kelib chiqishi mumkin. U ko’predmet uchragan faktlarni tahlil qilishga berilib ketib, boshqa holatlarning mavjud bo’lishini unutgan hollarda tez-tez uchrab turadi.
Shuningdek, ommabop induksiya zid holatlar haqidagi faktlarni qasddan yashirin yokifaktlarni avvaldan o’ylab topib qo’ygan xulosa uchun to’plagan hollarda xato natijalarni beradi.
Turli xil g’aroyib narsalarga ishonish oqibatida hosil qilinadigan induktiv umumlashmalar, masalan, “Ko’z tegish”, “Yo’lni mushukkesib o’tsa, ishningyurishmasligi”, “Tushda go’sht ko’rinsa, yaqin kishilardan birining kasal bo’lib qolganligi” haqidagi xulosalar ham ko’pincha haqiqatga mos kelmaydi.
Shunday qilib, ommabop induksiya bo’yicha olinadigan xulosa ehtimoliy tavsifga ega bo'ladi. Uning chinlik darajasini oshirish uchun yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan metodologik talablarga rioya etish zarur, ana shundagina u to’g’ri muhokama yuritishning samarali vositasiga aylanadi.

Yüklə 52,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin