Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot


Bitiruv malakaviy ishning davriyligi



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bitiruv malakaviy ishning davriyligi:
Farg`ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan biri Qo`qon to`g`risidagi
dastlabki ma`lumotlar X-asrga to`g`ri keladi. Uni XIII asrda mo`g`ullar 
xonavayron qilgan. Hozirgi shahar 1732-yil qurilgan. Fusunkor Farg`ona 
vodiysiga kiraverishda, qulay joyda bo`lganidan tezda qaytadan tiklanadi va 
xonlik poytaxti bo`lib qoladi. Qo`qon xonligi Markaziy Osiyodagi feodal davlat 
bo`lib 1709-1876 yillarni o`z ichiga oladi. 
XVIII asrning boshlarida Farg`ona vodiysi Buxorodan ajrab chiqadi va 
mustaqil davlatga aylanadi. U Namangan, Qo`qon Andijon va Marg`ilon 
viloyatlaridan iborat edi. Xon avlodlari o`rtasidagi kurashlar natijasida 
hokimiyat o`zbeklarning ming urug`idan bo`lgan Erdonobiy qo`liga o`tadi shu 
davrda Qo`qon hukmdorlari Farg`ona vodiysidagi hokimiyatni qo`lga kiritib, 
Buxoro xonligidan ajralib chiqadilar va harbiy kuchlar yordamida qo`shni 
tumanlar hisobidan o`z hududlarini kengaytirishga harakat qiladilar. Natijada 
O`rta Osiyo siyosiy maydonida Qo`qon xonligi paydo bo`ldi.
Qo`qon xonligi siyosiy tarixidagi ko`plab voqealar xonlik hududida 
yashagan xalqlarning ichki hayotida ham, uning atrofidagi xalqlar va 
mamlakatlar hayotida ham katta iz qoldirgan. XIX asr boshlarida bir necha 
ulisllarga bo`lingan kichkina davlat bo`lgan. Qo`qon xonligi 20-30 yil 
mobaynida O`rta Osiyodagi eng katta davlatlardan biriga aylanadi. Hali bu 



xaqida batafsil B.M.I mizning keyingi sahifalarida bu muammoga yana 
qaytamiz.
Mavzuning o`rganish darajasi: 
Ushbu ishda ko`rilayotgan mazkur muammo malakaviy ish mavzusi 
sifatida va ayniqsa, Qo`qon xonligining tarixiy tadqiqoti sifatida va ayniqsa, 
Qo`qon xonligining tarixi tadqiqoti sifatida nisbatan kam o`rganilgan. 
Bugungi kunda yosh avlodni tarixini chuqur o`rganmasdan turib kelajak 
yo`q shiori ostida tarbiyalash, tarixiy ongni shakillantirish borasidagi ma`naviyt 
–ma`rifiy ishlarni rivojlantirishda o`zbek ziyolisi Mirzo Olim Maxdum Hojining 
―Tarixi Turkiston‖ asari biz uchun muhimdir. 
Umuman Qo`qon xonligi va shu nom bilan ataluvchi davlat haqida 
yaratilgan mahaliy, tarixchilarning asarlari soni 30dan oshadi
3

Keng ko`lamdagi bu manbalarda xonlikning siyosiy tarixi, madaniyati va 
uning turli hududlarida yuz bergan voqealar tafsilotlari bayon qilingan. Qo`qon 
tarixchilari maktabi va ularning namoyandalari hamda asarlariga bag`ishlangan 
maxsus tadqiqot haligacha yaratilgan emas. Ularning asarlarida juda kam qismi 
ilmiy muomalaga kiritilgan yoki tarjima etilib chop qilingan.
Birinchi ―Qo`qonshunosh‖ olimlarimiz Qo`qon tarixi va madaniyatiga 
doir asarlar yozgan mahaliy tarixchilar hisoblanadi. 
Ular turli manbalardan voqea va hodisalarning ishtirokchilari 
bergan ma`lumotlardan foydalanib yaratganligi bois asarlari muhim hisoblanadi.
Keyinchalik turkistonlik va rossiyalik olimlardan R.R. Totinin, 
D.NB.Ramanovskiy, R.Xanikov, A. Makiev, V.Velyaminov-Zerkov, V.V. 
Grigorev, A.P.Xortoshxin, N.Tetrovskiy, A.F. Midendorv, A.Fedrensko, A.Kun, 
V.V. Namvkin, I. Kalivkina, N.Ya Buchurin hamda Xorijlik olimlarning bazilari 
mahaliy mualliflar asarlaridan ham foydalanib, o`z tadqiqotlarini yaratgan.
So`ngra 
A.A.Semyonov, 
R.N.Nabiyev,A.P.,Qayumov, 
A.O`rinboyev, P.P. Ivanov, V.M. Ploskix, V.A. Romodin, N.D. Mikluxo-
Maklay, B.V Linin, I.A.Stori, F.A.Azdaev, H.Bobobekov, R.K. Bekmaxonov, 
3
Mirzo Olim Maxdum Hoji. ―Tarixi Turkiston‖. T., ―Yangi asr avlodi‖, 2008, 4-bet.



A.Z. Vbalidov M.Qutlug`ov, H.Sodiqov, T.Saidqulov, X.G`G`ulomova 
boshqalar o`z asarlarida xonlikning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
hayotini yoritganlar. 
Bugungi kunda Qo`qon tarixchilari maktabi namoyindalari asarlaridan 
sanalmish Muhammad Hakimxonning ―Muntaxab ut-tavorix‖ asari (Dushanbe, 
1984-1985), Tajir Xo`jandiyning ―G`aroyibu sipoh‖ (Xo`jand, 1991), Mirzo 
Olim Maxdum Hojining ―Tarixi Turkiston‖ (Qarshi 1991), Mirzo Olim 
Mushrifning ―Ansob us-salotinva tavorix al-xavoqin‖ (Qo`qon xonligi tarixi 
nomi bilan nashr etilgan. T. 1995), Muhammad Yunus Tibning ―Tarixi aliquli 
amirlashkar (sharq yulduzi 1996, 1-2-son) va ―Tuhfai Tolib (Toshkent- tokio, 
2002), Muhammad Aziz Marg`iloniyning ―Tarixi Aziziy‖ (Toshkent,1999)nomli 
asarlar chop qilingan. Tarixchi Haydarbek Bobobekovning ta`kidlashicha barcha 
musulmon tarixchilari va ayrim rus mualliflari Qo`qon xonlari sulolasiniOltin 
Beshik bilan, u orqali Bobir bilan bog`laydilar
4
. Qo`qon xonlarining 
nasabnomalarini Oltin beshik bilan bog`liqligi Niyozmuhammadning ―Tarixi 
Shohruhiya‖, Mirzo Olim Mushrifning ―Ansabu savalotun va tavorixul 
Havoqin‖, Muhammad Solix Toshkandiyning ―Tarixi jadidai Toshkand‖, 
Fozilbek Otabek o`g`lining ―Mukammali tarixi Farg`ona ―, B. Haluvnikning XX 
asr 80-yillari o`rtalarida Qozonda chop etilgan. Qo`qon xonligining qisqacha 
tarixi‘ (Кратная история Кокондского Ханстве) Ibratning ―Farg`ona Tarixi‖, 
Mulla Shamsiddin Shavqiyning ―Shohnoma‖ dostonida, Muhammad Aminbek 
Xudoyorxon o`g`lining ―Turkiston viloyatining gazeti‖ ning 1894-yil sonlarida 
o`zbek va rus tillarida e`lon qilingan ―Farg`ona viloyatlari xonlarining 
xususidagi voqealar‖ nomi asarlarida adabiyotshunos, praffessor Sharif 
Yunusovning maqolalarida va boshqa ko`plab manbaalarida o`z aksini topgan. 
Ishning asosiy maqsadi juda ko`plab materiallar va ilmiy adabiyotlar 
hamda eng yangi ma`lumotlarga tayangan holda mavjud oldimizda turgan 
muammoni tarixiy yoritishdan iborat. Yuqorida takidlanayotgan ma`lumotlarga 
tayanib shuni aytish mumkinki Qo`qon xonligi o`zining ijtimoy iqtisodiy
4
Bobobekov Haydarbek. Qo`qon tarixi. T., ―Fan‖, 1996, 20-21-bet. 



siyosiy va madaniy rivojlanish bosqichida turli xususiyatlar va tarixiy
qonuniyatlaga ega bo`lgan.
Qo`qon xonligi siyosiy tarixidagi ko`plab voqealar xonlik hududida 
yashagan xalqlarning ichki hayotida ham, uning atrofidagi xalqlar va 
mamlakatlar hayotida ham ulkan iz qoldirdi. 
Ushbu o`rinda odamlar har yoqlardan ko`chib kelgani oqibatida Farg`ona 
vodiysida XVIII asrning ikkinchi yarmida XIX asrning birinchi yarmida 
,millatlararo va qabilalararo munosabatlar ancha murakkab bo`lganligini ham 
e`tirof etmoq kerak. 
Mazkur B.M.I.da Qo`qon xonligi tarixini o`rganishda quyidagi 
masalalarni yoritishni o`z oldimizga vazifa qilib qo`ydik. Bular:
1. Qo`qon xonligining tashkil topishi shart-sharoitlarni o`rganish;
2.Q`qon xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga baho berish;
3. XIX asrda Qo`qon xonligining madaniy hayotini tahlil qilish
4. Qo`qon xonligining o`zbek davlatchiligi tarixida tutgan o`rnini boshqa 
xonliklar bilan qiyosiy solishtirib o`rganish; 
Shuningdek, tadqiqot ishini yoritishda shoir, tarixnavislik, tilshunos va 
islomshunos olim Ishoqxon To`ra Ibratning ―Tarixi Farg`ona ― asaridan zaruriy 
manba sifatida foydalanildi. Ushbu asar Toshkentda ―Ma`naviyat nashriyotida 
2005 yilda chop etilgan. 
Masul muharrir: O`zbekiston Respublikasi fan arbobi filologiya fanlari 
doktori, professor Begali Qosimovdir. 

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin