Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot


II-bob. XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligining madaniy hayoti



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
II-bob. XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligining madaniy hayoti. 
 
2.1. Qo`qon xonligida adabiyot va san`atning rivojlanishi. 
XVI –XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo xonliklarining xalq 
talimi, fan va ma`daniyati haqida gap borganda shuni alohida takidlash kerakki, 
ijtimoiy siyosiy hayotning hamma sohalarida birinchi navbatda madaniyat va 
mafkurada islom dini g`oyasi markaziy o`rinni egallar edi. O`z boshlang`ich 
nuqtasini X-XII asrlardan e`tiboran olgan sofiylik tariqati naqshbandlik g`oyasi 
bilan uyg`unlik negizida XV asrga kelib eng yuksak cho`qqiga ko`tariladi, to 
XX asrdagi siyosiy to`lqin va lahzalar davriga qadar jamiyat taraqqiyotining 
borishida jiddiy ro`l o`ynaydi. 
28
XVI –XIX asrning birinchi yarmida O`rta 
Osiyodagi har uchala amirlik va xonliklarning madaniy taraqqiyotiga xos 
bo`lgan umumiy o`xshashliklar diqqatga loyiqdir. Bu o`xshashliklarning 
sabablari ham bir-biriga juda o`xshashdirlar.
Birinchidan, O`rta Osiyo hududi davlatlari XV asrlarda madaniy 
taraqqiyotda dunyoda eng yetakchi o`rinlarda turgan bo`lsa, XVI-XVIIasrlardan 
boshlab bu hududda tushkunlik boshlanadi. Ikkinchidan, har uchala davlat 
birliklari o`zlari alohida mustaqil faoliyat ko`rsatsalarda davlat idora ishlari 
o`zbek va fors tilida olib borilardi. Buxoroda fors, Qo`qonda fors-o`zbek, 
Xivada o`zbek tili rasman davlat tili hisoblanardi.
Uchinchidan, an`anaga ko`ra fanda, adabiyot va maktabda arab va fors 
tilining obro`si saqlanib qolgandi.
28
R.Shamsuddinov Sh Karimov O` Ubaydullayev Vatan tarixi T. Sharq 2010 119-bet 


26 
Buxoro amirligi Qo`qon va Xiva xonliklarida xalq ta`limining tuzilishi va 
faoliyati deyarli bir xil bo`lgan. Ularda madrasalar, maktablar va qo`riqxonalar 
mavjud edi.
Madrasalar musulmonlar uchun oliy o`quv yurtlari hisoblangan. 
Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar o`rtasida 
esa Xonzoda va zodagonlarniong bolalarini o`qitish uchun maxsus maktab bor 
edi.
Odatda maktablarda asosan o`qish va yozish arifmetika va adabiyot 
o`qitilar edi. Qo`riqxonalarda esa asosan ko`zi ojizlar o`qib, hunar, doston va 
she`rlaru g`azallar yodlash edilar.
Maktablar qizlar uchun alohida, o`g`il bolalar uchun alohida bo`lgan. 
Masalan, mashhur shoira Dilshoda Qo`qonda maktab ochgan. U o`zining 
maktabdorlik faoliyati haqida bunday deb yozgan edi: ―Mening suhbatdoshlarim 
va dugonalarim aqlli qizlar va iste`dodli shoiralar edi. Ellik bir yil davomida 
men maktabdorlik qildim va yilda o`rtacha 20tadan 30tagacha o`quvchilarim 
bo`lib, sakkiz yuz to`qsonta qizlarning savodini chiqardim, bulardan deyarli 
chorak qismi, she`riyatga qobiliyatli bo`lib, shoira va o`z davrining aqilli va 
dono odamlari edi.
29
Qo`qon shahrida boshqa shaharlarga nisbatan ko`proq maktablar bo`lgan. 
Shuning uchun savodlilar ko`p bo`lib, o`qish va yozishga usta bo`lganlar. 1841-
yilgi ma`lumotlarga qaraganda, Qo`qon shahridagi xonning asosiy madrasasida 
1000ta mulla o`qigan. Bu madrasani ikkita bosh muzarrix boshqargan: Eshon 
Mavloniy va Maxzumi Buxoriy.bu hurmatli insonlar bo`lib katta ilmga ega 
edilar.
Har bir maktabdor domlaning ham o`zicha o`qitish usullar bo`lgan. 
Ularning bazilari bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e`tibor bergan holda 
kichik yoshdagi o`quvchilarga husnixat va og`zaki hisobni o`rgatsa, katta 
29
Muxtorov.A.Дилшод и его место в истории оьшественной мисли тадомского народа в XIX кагом XX
в.в. 301 стр 


27 
yoshdagi o`quvchilarga esa Quronning oyat va suralaridan tashqari fors, arab, 
turkiy tillarda yozilgan o`nlab hayotiy kitoblarni ham o`qishni o`rgatar edi. 
O`zbekiston hududidagi xonliklar va amirliklar davrida fan, adabiyot, 
san`at birmuncha rivojlangan. Ko`proq xon saroylari doirasida ham diniy, ham 
dunyoviy adabiy asarlar yozilgan.
30
Tarixshunoslik ham ancha rivojlangan. 
Garchi bu davrdagi tarixchi olimlar yozgan tarix kitoblar ko`pincha o`sha xonlik 
va amirliklardagi siyosiy voqealar salnomasiga aylanib qolgan bo`lsa ham biz 
uchun bugungu kunda o`sha davrni yoritishda muhim ahamiyatga molikdir.
Adabiyot sohasida juda ko`plab shoir va shoiralar ijod etadilar. Qo`qon 
xoni Umarxonning o`zi ―Amiriy‖ taxallusi bilan o`zbek tilida go`zal g`azallar 
yozgan.
Ko`rilayotgan davrda fan va madaniyat har xolda bit yerda to`xtab 
qolmagan. Yuqorida bizlar takidlagan qurilishlar ayniqsa, madrasalar bunyodi 
shunga ishoradir. Sovet davri tarixshunosligi iloji boricha XVIII-XIX asrlarda 
o`zbek xalqining bu sohalaridagi tarixini bo`yab ko`rsatishga intilib, o`lkani 
madaniy qoloqlikda ayblab, bu bilan Rossiya bosqinining ―O`zbekiston uchun 
progressiv ahamiyatini ― isbotlashga atayin harakat qilgan. 
31
O`tgan sulolalar kabi mang`itlar, qo`ng`irotlar minglardan chiqqan 
namoyondalar ham o`z davri va doiralarining o`qimishli shaxslari bo`lganlar. 
Masalann Qo`qon xoni Umarning ―Amiriy‖, Malika Mohlaroyning ―Nodira‖ , 
―Komila‖, ―Maknuna‖, Xiva xoni Muxammad Raximxon II ―Feruz‖ , Uning 
akasi Otajon To`ra Murod ―Murodiy‖ taxallusida she`r bitganlarini, Abdulg`oziy
Bahodirxonning ―Shajarai Turk ―, ―Shajarai Tarokima ― kabi o`zbek tilida 
yozgan asarlarini shu o`rinda eslash joiz. 
Fazliy, Mushrif, G`oziy, Afsus, Sodiq, Hijolat, Hoziq, Xotif, Maxmur, 
Gulxaniy kabi yetuk qalam sohiblari Farg`ona vodiysida yashab ijod qilganlar. 
Shuningdek, ―Afzal at- Tavorix ―, ― Tarixi Umarxon‖, ―Risolai Askariya‖, 
― Muntaxab at-tavorix‖, ―Tarixi Shohruhiy‖, ― Tarixi Jahonamoy‖, ―Xulosat al 
30
Sh. Karimov O`zbekiston tarixi va madaniyati T. ―O`qituvchi‖ 1992, 119-bet.
31
Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T., ―Sharq‖, 2000, 800-b 


28 
axbor‖, ― Tasnifi g`arib‖, ― Tarixi jadidai Tashkand‖ kabi boshqa ko`plab tarixiy 
asarlar ham huddi shu davrda Qo`qon xonligi doirasida yozilgan. 
Nodira o`zbek shoirasining taxallusidir, u tengi yo`q. Yakkayu yagona 
ma`nosini anglatadi. Nodira faqat o`zbek tilidagina emas balki fors, tojik tilida 
ham ―Maknuna‖ , ―Komila‖ taxallusida she`rlar g`azallar bitgan.
Nodiraning eng oliyjanob va e`tiborga loyiq tadbirlaridan shu bo`ldiki, u 
o`z atrofiga zamonasining qobilyatli va ijod egalari bo`lmish shoirlarni to`pladi 
va ularga homiylik qildi. Uvaysiy, Mahzuna, Mushtariy va boshqalar uning eng 
yaqin maslakdosh va maslahatgo`ylari edilar.
32
Nodira o`zi yashagan feodal tuzumni lanatlab ijod etar ekan, bu 
jamiyatdagi o`zbek xotin qizlarining og`ir qismatli hayotiga dardkash bir siymo 
sifatida faryod qiladi. U hatto saroyda yashasa ham o`zini baxtiyor hisoblamadi. 
Nodirabegim o`zining bir g`azalida ―Tushdi ohimdin bu oqshom charx 
maydoniga dud… ― deb kuylar ekan, bu oh shoiraninggina dardu alami bo`lmay 
feodal zulimdan ezilgan xalq ommasining barcha xotin qizlarining ohi edi
33
Nodira insoniylikni ezgulikni ulug`ladi, hayotbaxsh orzu-umidlarini 
tarannum etadi. 
1842 yilda Nodira hayotida katta fojia yuz beradi. Buxoro amiri 
Nasrulloxon Qo`qonni bosib oladi va Nodirabegimni shariatni buzganlikda 
ayblab uni qatl qildiradi. Nodira feodal jaholatning qurboni bo`ladi.
Ha, shoira haq bo`lib chiqdi. Bizning zamonda bir qancha maktab va 
ko`chalar uning nomi bilan atalgan. Nodira haqida Turob To`la ― Quvvai 
qahqaha ― pyesasini, K. Yormatov ―Odamlar orasida‖ (Nodirabegim) filmini 
yaratdi.
Bu davrda ijod etgan Fazliy Namanganiy Mushrif, Mushfiqiy kabi shoirlar 
o`z zamonasining zabardast siymolari edilar. Masalan: Mushfiqiy Buxoro amiri 
Abdulloxon saroyida ― Malik ush-shuaro‖ unvoniga ega bo`lgan bo`lsa Fazliy 
32
Sh. Karimov O`zbekiston tarixi va madaniyati T. ―O`qituvchi‖ 1992, 119-b 
33
Ўша жойда. 


29 
Namanganiy Qo`qon shoirlariga boshchilik qilgan. Umarxonning topshirig`i 
bilan Fazli va Mushrif tomonidan ― Majmuat-ush shuaro‖ to`plami tuzildi.
XIX asrdagi o`zbek va tojik adabiyoti tarixida salmoqli o`ringa ega 
bo`lgan, ammo ijodi yetarli darajada o`rganilmagan shoir va tabib Hoziqdir. 
O`zbekiston sharqshunoslik institutida Muhammad Husayn bilg`oriy tomonidan 
tuzilgan ―Marsad ut-tasonif‖ nomli ( to`plamlarni o`rganish joyi) antalogiyada 
O`rta Osiyo va Eron shoirlaridan katta bir guruhining shu jumladan Hoziqning 
ham o`zbek va tojik tillarida yozilgan 354 misra she`ri bor.
34
Bundan tashqari 
Hoziqning bir necha g`azal va qasidalari 1820- 21 yillarda Namanganlik shoir 
Fazliy tomonidan Qo`qonda tuzilgan ― Majmuat ush – shuaro‖ ( shoirlar 
anjumani ) qo`lyozma asarida ham uchraydi. Uning o`zbek va tojik tillarida 
yozilgan shiorlaridan tuzilgan to`plam Rossiya FA ning Sankt Peturburgdagi 
sharqshunoslik institutining bo`limida № 470-C sonli hujjatda saqlanadi. 
35
O`zbek milliy madaniyati markazlaridan biri shubhasiz bu Qo`qon shahri 
edi. Bu yerda XVIII-XIX asrning birinchi yarmida ilm marifat olamida nomi 
dunyoga mashhur bo`lgan ulug` va mutafakir shoirlar yetishib chiqadi. Xususan, 
XIX asrda Qo`qon xoni Umarxon (1810-1822) va uning umr yo`ldoshi shoira 
Nodiraning say harakati tufayli Qo`qon shahri ilm marifat adabiy muhiti paydo 
bo`ladi.
XVIIasrning ikkinchi yarmi va XVIIIasr boshlarida yashab ijod etgan 
iste`dodli va isyonkor shoir Boborahim Mashrab ( 1640-1711) dir. U 
Namanganda tug`ilgan 7yoshidan mashhur Shayh Mullo Bozor Oxund qo`lida 
ta`lim olib xat savodini chiqargan. 15 yoshidan Qashqarda mashhur Shayx Ofuq 
Xo`ja qo`lida 7yil tasavvuf ilmini egallaydi, so`ng kanizaklardan birini sevib 
qolgani uchun Ofoqxo`ja dargohidan quviladi. Erkentga u yerdan Xo`tanga, 
so`ng guljaga borgan. Mashrab g`uljadan Qashqarga qaytadi. So`ng Ofoqxo`ja 
topshirig`idan Toshkentga va yana Ofoqxo`ja huzuriga, undan keyin o`z ona 
yurti Namanganga keladi. Xullas 18 yil davomida yuqorida nomlari tilga olingan 
34
Sh. Karimov. O`. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T. Sharq 2010 132-b 
35
R.Shamsiddinov, Sh Karimov O` Ubaydullayev Vatan tarixi T. Sharq 2010. 132-b 


30 
yurtlarni kezgan Boborahim Mashrab Yaman, Hindiston, Dakan, Isfaxon, Hirot, 
Mashhad, Makka, Madina, Halab, Sherzod, Shom, Rum, so`ng Buxoro 
Toshkent, Shohimardon, Avg`onistondagi Shibirg`on, Andixo`y kabi joylarda 
ham bo`ladi.
Buni O`zbekiston FA sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 9968 
raqamli qo`lyozma asoslab beradi. Unda Mashrabning ―Kimyo‖ asaridan `16 
kimyo (bob) va ― mabdai nur‖ kitobidan ikkinchi daftari, so`ng shoirning 71 
g`azali, 7muhammasi va bitta musaddasi berilgan. 
36
Mashrab she`rlarida o`zi yashagan davr hukmronlarining mehnatkash 
xalqqa qarshi qaratilgan siyosatini, boylar, amaldor to`ralar va chalasavod 
mullalarning riyo korliklari munofiqliklari, o`zboshimchaliklari, xullas o`rta asr 
zulmining barcha illatlari fosh etiladi. Xalqning og`ir qismatiga achinadi. 
Dili Tig`i sitamdin, pora bo`lgan xalqni ko`rdim,
Tani dardu alamdan yora bulg`on xalqni ko`rdim.

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin