Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
 
Bosqichlar 
I-bosqich 
 
―Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon‖ usulini birinchi 
marta qo‘llashda o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish uchun 
o‘qituvchi bir mavzuni olib,shu mavzuning asosiy mazmunini
rasm yoki belgilar orqali tasvirlab beradi.(Bu usul haqida to‘liq 
tushunchalar keyingi bosqichlarda berilgan. Shu II va III
bosqichlarga tayangan holda o‘qituvchi bu usulni qo‘llashi 
kerak)
II-bosqich 
 
Bu usul o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash jarayonida 
amalga oshiriladi.Ya‘ni har bir o‘quvchiga sinfda o‘tilgan 
mavzuning mazmuni o‘z g‘oya va tasavvurlarini turli-tuman 
belgilar va rasmlar orqali bir varaqqa chizib kelish uyga vazifa 
qilib beriladi. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo‘lmaydi. 
Mavzuning mazmunini rasmlar orqali aks ettirish chog‘ida eslab 
qolishi qiyin bo‘lgan ism,nom yoki yillar,rasm va belgilarga 
qo‘shib yozib qo‘yilishi mumkin.Chunki yoddan chiqadigan 


60 
uzunroq ism, yil rasm yoki belgiga chizib qo‘yilsa,o‘quvchi o‘z 
fikrini tushuntirish chog‘ida yoddan ko‘tarilganda yuqoridagi
yozib qo‘ygan ism,nom va yilga qarab yodga solishi va o‘z 
fikrini davom ettirish mumkin.Keyingi darsda o‘quvchilardan 
birma-bir bu rasmlar orqali nimani aks ettirgani so‘ralib,fikrlari 
tinglanadi va chizib kelgan rasm yoki belgilari qanchalik 
mavzuning mazmunini keltirib chiqarayotganligi o‘quvchilar 
bilan birga tahlil qilinib,xulosa yasaladi va shu o‘quvchiga 
yo‘nalish beriladi. Yakka tartibda foydalanish natijasida, 
o‘quvchining fikrlash doirasi kengayib boradi va keyingi III 
bosqichdagi guruhlar bilan bu usuldan foydalanishiga zamin 
hozirlanadi. Bizga ma‘lumki guruhlar bilan ishlanganda ayrim 
past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar o‘z fikrlarini bayon etaolmasligi 
mumkin.Buning oldini olish maqsadida bu usul har-bir 
o‘quvchidan alohida-alohida so‘raladi va hamma o‘quvchini 
Savol-javobda faolroq qatnashishini ta‘minlaydi. Yakka tartibda 
bu usuldan 5-6 dars davomida foydalanish mumkin. So‘ngra III 
bosqichdagi „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon‖ 
usulining guruhlar bilan ishlash tartibiga o‘tiladi.
III-bosqich 
 
Guruhlar bilan ishlash natijasida „Mavzularning mazmuni 
rasmlarda namoyon‖ usulining III bosqichi quyidagicha amalga 
oshiriladi.
1. Ko‘proq o‘tilgan bob yoki bo‘lim yuzasidan mavzularni takrorlash 
chog‘ida qo‘llash zarur. 
2. Bu usul 8-9-10-sinflarda o‘tilayotgan dars jarayonida amalga oshirilsa 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
3. Dastavval guruhlar belgilanadi. O‘quvchilar guruhlarga 5-7 kishidan 
bo‘linishlari kerak.Guruhlarga bo‘lish chog‘ida ularning kuchlari teng 
bo‘lishiga ahamiyat berish lozim. Har bir guruhga 1-2 ta yaxshi 
o‘zlashtiradigan o‘quvchilarni va unchalik yaxshi o‘zlashtira olmaydigan 
o‘quvchilarni joylashtirish kerak. Shunda bu usuldan samarali 
foydalanishga sharoit tug‘iladi. Agar guruhlarni bo‘lish chog‘ida guruh 
kuchlari teng bo‘lishiga ahamiyat berilmasdan bir guruhga yaxshi 
o‘zlashtiradigan o‘quvchilar,ikkinchi guruhga yaxshi o‘zlashtira 
olmaydigan o‘quvchilar joylashib qolgudek bo‘lsa,bunday vaziyatda 
guruhlar o‘z fikrlarini, g‘oyalarini, e‘tirozlarini to‘liq bildira olmaydi. 


61 
4. Har bir guruh o‘tilgan mavzu nomlari yozilgan kartochkalardan birini 
guruh sardori tanlab oladi va shu mavzuga tayyorgarlikni boshlaydi . 
5. Guruhlar o‘zlariga tushgan mavzularni o‘z g‘oya va tasavvurlari asosida 
turli-tuman belgilar va rasmlar orqali yoritib berish-lari kerak. Rasm va 
belgilar cheklanishlarga ega bo‘lmasligi kerak.Lekin guruh o‘ziga tushgan
mavzuni belgi yoki rasm orqali mavzudan chiqmagan holda o‘z fikrini 
tasavvuri orqali yoritib berish uchun imkon berilishi lozim. 
6. Rasmlar,belgilar orqali mavzuni aks ettirish chog‘ida eslab qolinishi qiyin 
bo‘lgan uzundan-uzoq ism, nom yoki yillar, rasm va belgilarga qo‘shib 
yozib qo‘yilishi mumkin.Bu esa o‘quvchilarda juda ko‘plab uchraydigan, 
ya‘ni biror-bir mavzuni tushuntirayotganda, o‘z fikrini bayon etayotganda 
biror-bir uzun so‘zlar (oy, yil, ism,nom) esdan chiqib qolsa, o‘quvchi shu 
yerda to‘xtab qolib,aytadigan fikri ham esdan chiqarishi mumkin. Shuning 
uchun yoddan chiqadigan uzun ism va yil rasm yoki belgiga qo‘shib 
chizib qo‘yilsa,o‘z fikrini tushuntirish chog‘ida yoddan ko‘tarilganda ham 
yuqoridagi ism, nom va yilga qarab yodiga solishi va o‘z fikrini davom 
ettirishi mumkin. Qolaversa eslab qolishi qiyin bo‘lgan nom, ism, yil 
qaytadan mustahkamlanadi. 
7. Rasmlar,belgilar chizib bo‘lindi.Shundan so‘ng har bir guruh o‘ziga 
tushgan mavzuga oid chizgan rasmi yoki belgisini tushuntirishi chog‘ida 
bu rasmni nima uchun chizganligini,bu belgi qaysi voqeani tasvirlab 
berishi mumkinligini aytib o‘tadi. 
8. Bu 
usulni iloji boricha,birinchi marta o‘tkazilishi chog‘ida
(I bosqichda ko‘rsatilib o‘tilgan) o‘qituvchining o‘zi biror-bir mavzuni 
olib o‘zi qiziqarli belgilar,rasmlar orqali bayon yetib,izohlab bersa 
maqsadga muvofiq bo‘ladiyu. Bu usul haqida o‘quvchilarda yanada 
qiziqish ortadi va o‘quvchilarda bu usulni mustaqil bajarishlari uchun 
ko‘nikma hosil bo‘ladi. 


62 
XULOSA 
Xulosa shuki XVI-XIX-asrlarda vatanimiz hududidagi xalqlar hududiy
tarqoqlik, xo`jalik va iqtisodiy tushkunlik holatida bo`lsalarda fan madaniyat 
taraqqiyotida bir qator ijobiy yutuqlar va salmoqli muvoffoqiyatlarga erishdilar. 
Bu bilan ular jaxon madaniyati va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib 
ulushlarini qo`shdilar. Ammo XVII-XIX asrlarda O`rta Osiyo va undagi 
davlatlar jaxon sivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetda qolaverdi, ilg`or 
davlatlardan orqada qoldi. Yurtboshimi Islom Karimov xonliklar davri tarixiga 
yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar bilan 
murojat qildi: ―Nega jaxonda Axmad Farg`oniy Muxammad Xofiziy, Ibn Sino, 
Abu Rayxon Beruniy, Imon Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Alisher 
Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib 
to shu chog`gacha erishgan yuksalish jarayonlaridan tushib ketdi? Nega so`ngi 
uch asr mobaynida boshimiz qaloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning 
qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyaning o`lkamizni nisbatan oson zabt 
etishida mana shu qaloqlikning ham o`rni bo`lmaganmikin.‖ 
54
Darxaqiqat XVII-XIX- asrlar jaxon tarixiga moddiy va madaniy yuksalish 
davri bo`lib qaralganligi ma`lum. Xususan Yevropadagi bir qator mamlakatlarda 
ishlab chiqarish sezilarli darajada o`sdi, zavod fabrikalar qurilib, yangi texnik 
uskunalar bilan jixozlandi, temir yo`llar qurildi dengiz yo`llari ochildi, mehnat 
unumdorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko`tarildi. 
O`rta Osiyo xonliklari ana shunday ijobiy jarayonlarda chetta qoldi. Qaloqlikka 
yuz tutti
Bu qaloqliklarning ildizi, sabablari bor edi.
Birinchidan asrlar davomida bir butun bo`lib kelgan mamlakatning, 
yagona iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalqning uchga bo`linib 
ketishi xonliklar o`rtasidagi to`xtovsiz urushlar har bir xonlik ichida boshbosh 
boylik va hokimiyat uchun o`zaro tinimsiz davom etgan ikki nizo va urushlar 
butun mamlakatni vayron qiladi. Bu jaxon guruhbozlikni keltirib chiqaradi, 
54
Karimov. I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q T., ―Sharq‖ 1998-yil 9-b 


63 
qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo`lib qovushishiga jipslashishiga 
xalaqt beradi. Davlat darajasida ham viloyatlar darajasida ham xalq, yagona 
vatan tushunchasining qadri anglab olinadi. 
Ikkinchidan O`rta Osiyo davlatlarining asrlar davomida o`zgarmay 
kelayotgan davlat boshqaruv usuli, tuzumi tor doiradagi hukmdorlarning 
taraqqiyotiga g`ov bo`lib keladi.
Uchinchidan o`zbek xonliklari o`rtasida ichki iqtisodiy va savdo borligi 
shakllanadi. Natijada bu davlatlar hududlarida yashagan xalqlar o`rtasida yagona 
xalq, yagona millat, yagona vatan xis tuyg`usi shakllanadi. Aksincha, bunday 
oliyjanob xistuyg`ularning rivojlanishi va kamol topishiga to`sqinlik qilindi. Bu 
XVII-XX asrlarda O`rta Osiyoda iqtisodiy va siyosiy xayot turg`unligining eng 
asosiy sabablaridan biri edi. 
To`rtinchidan, qishloq xo`jaligida yerga xususiy mulkchilik qilishdan 
iborat, ishlab chiqarish munosabatlari saqlanib qolganligidir. Yer barcha 
boyliklarning manbayidir. Unga bo`lgan mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi
kuchlarni rivojlantiruvchi asosiy omil bo`lib hioblanadi. Yevropa va dunyodagi 
boshqa mamlakatlarda mavjud yerga egalik qilishning xususiy mulk shakli 
qishloq xo`jaligi taraqqiyoti va dastlabki kapital jamg`arish jarayonlarining 
qudratli vositasi bo`ldi 
55
Osiyoda xususan O`rta Osiyo xonliklarida esa mulk shakllari va 
dehqonchilik shakllari asrlar mobaynida o`zgarmadi. Yerga xususiy 
mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish munosabatlari o`zgarishsiz qolaverdi. 
Yerning asosiy egasi ilgarigidek oliy hukmronligicha qoldi. Xonliklarda oliy 
xukmdor yerning birdan bir egasi bo`lib, yer ishlovchilariga dehqonlarga ijara 
tarzida xatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerdan olinadigan 
xosilning egasi edi xolos. Shu bois, dehqon yerni asrab avaylashga, uning 
unumdorligini oshirishga intiladi. Hukmdor yerni foydalanish uchun mahaliy yer 
egalari va masjidlarga ulashardi.
55
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., ―Sharq‖, 1998, 147-b 


64 
Beshinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga e`tibor kuchaymadi, oltingugurt, 
rangli metallar, marmar, toshko`mir, neft kabi boyliklarga serob konlar bo`lsada 
ularno qazib olish, tog`-kon ishlarini rivojlantirish kemasozlikni yo`lga qo`yish 
masalalari hal qilinadi.
Oltinchidan, tovar pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromad iste`mol 
va qo`shin harajatlarini zo`rg`a qoplab kapitalga qilinmadi. Pul, oltin, kumush 
xon va amaldorlarning xazina to`plash manbayi bo`lib qolgan edi.
56
Yettinchidan, xonliklarning savdo munosabatlarlarida xamon ayirboshlash 
usuli davom etardi. O`rta Osiyo jaxon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda 
yagona ichki bozor ham tashkil topmadi.
Sakkizinchidan, XIX-asr ikkinchi yarmida vatan istiqboli uchun 
qayg`uradigan odamlarni bir g`oya va bir ezgu maqsad yo`lida birlashtira 
oladigan hamda ortidan ergashtira oladigan yo`lboshchilardan bo`lmadi. Buxoro 
amirligiga xam, Qo`qon va Xiva xonliklarida xam shunday arbob tarix 
saxifasiga chiqmadi. Bosqinchilarga ko`ksini qalqon qilib ko`hna turon jangovar 
shavkatini namoyish qila oladigan va Turkistonni bir umuminsoniy makon uy 
deb bilgan yurtboshi topilmadi. 
57
Xullas, O`rta Osiyodagi yuqorida tavsiflangan omillar, bu yerdagi 
iqtisodiy va harbiy tang holat o`ziga qo`shni bo`lgan mamlakatlarni o`z 
mustaqilligiga aylantirish siyosatini avj oldirayotgan chor Rossiyani saltanatiga 
juda ham qo`l keladi. Mintaqadagi ijtimoiy siyosiy madaniy qaloqlik, 
parokandalik o`zaro nizo va urushlar pirovar natijada O`rta Osiyoning Rossiya 
imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirishiga olib keldi.
56
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., ―Sharq‖, 1998, 147-b 
57
Ўша жойда. 


65 

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin