Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot


Mavzuni yangi pedagogik texnalogiyalar asosida o`rganilishi



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
 
3.3.Mavzuni yangi pedagogik texnalogiyalar asosida o`rganilishi
Keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan 
islohatlarning asosini jahon ta‘limi standartlariga javob bera oladigan ilg‘or 
tajribalarni ommalashtirish hamda ta‘lim-tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch 
sarflab,yuqori samaradorlikka erishish yo‘lida amaliy faoliyat olib borish tashkil 
qilmoqda.Hozirgi vaqtda umumiy o‘rta ta‘lim maktablari o‘qituvchilari oldida 
turgan eng muhim va dolzarb vazifa o‘quvchilarning ilm olishga bo‘lgan 
qiziqishlarini orttirish,ularning tasavvurlarini kengaytirishdan iboratdir.Ana shu 
ishni amalga oshirish uchun bugunga qadar bir qator tadbirlar bajarildiki, 
natijada umumiy o‘rta ta‘lim maktablaridagi ta‘lim samaradorligining 
muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning haqiqatni birgalikda izlashi va o‘quvchilarning 
butun dars jarayonida faol ishtirok etishidir. Albatta, bu o‘rinda o‘qituvchiga 
o‘zi o‘zlashtirgan yangi pedagogik texnologiyalarning qo‘l kelishi amaliyotida 
ko‘rsatib turadi. 
Hozirgi zamon har bir fan o‘qituvchisi zimmasiga inson,uning 
jamiyatdagi o‘rni va roliga har tamonlama yondashish vazifasini yuklaydi. 
Buning uchun o‘qituvchi ta‘lim-tarbiyaning yangi shakllari,vositalari va 
usullarini egallagan bo‘lishi, shu bilan birga o‘zi ham zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni yaratishga,shaxsni tarbiyalashning yangi noa‘nanaviy, samarali 
usullarini tanlashga harakat qilishi, eng muhim ijodkor bo‘lmog‘i lozim. 
Maktablarda o‘qitilayotgan ijtimoiy,shu jumladan tarix fani o‘zida 
oliyjanob fazilatlarni mujassamlashtirgan insonni tarbiyalashda benihoya 
ahamiyat kasb etadi.Maktabda o‘quvchi kishilik jamiyati bosib o‘tgan 
yo‘lni,ularning bosqinchilarga qarshi,o‘z ozodligi va baxt- saodati, porloq 


58 
kelajagi uchun olib borgan kurashlari haqidagi asosiy ma‘lumotlar hamda 
taassurotlarni tarix darslaridan bilib oladi.Shuningdek, tarix darslari 
o‘quvchining hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to‘g‘ri anglashga va unga 
to‘g‘ri yondosha olishida yordamlashadi. 
Ma‘lumki, tarix ayni juda qadimiy fanlardan hisoblanadi.Tarix fanini 
kelajakni ko‘rsatuvchi „Ko‘zgu‖ desak mubalag‘a bo‘lmas va bu ko‘zguga 
qarab har qanday inson o‘z kelajagini oldindan belgilab olishi mumkin. Hozirgi 
kunda O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egallashi onson 
kechyotgani yo‘q. Shuning uchun tarixni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga 
bugungi kunning qadriga yetishini, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan hatolarni 
takrorlamaslikni, o‘tmishdagi hatolardan xulosa chiqarib olishini o‘rgatmoq 
lozimdir . Qolaversa maktabda tarix fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarda 
o‘zlarining mustaqil va ijodiy fiklashini rivojlantirishga, milliy ong va 
tafakkurini o‘stirishga, eng asosiysi ma‘naviy barkamol shaxsni, haqiqiy 
vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga ahamiyat bermoq darkor .
Ta‘lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun 
bugungi kunning pedagog hodimlari har bir darsda qiziqarli, samarali bo‘lgan 
yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydala bilmoqlari kerak. 
Bizga ma‘lumki,tarix voqealar haqidagi ma‘lumot va sanalar tashkil 
etadi.Ularni to‘liq eslab qolishi o‘quvchilar uchun bir oz qiyinchilik tug‘dirishi 
mumkin. Bu kabi ma‘lumotlarni o‘quvchilar xotirasida bir umrga saqlab qolishi 
uchun utuvchi turli xil sahna ko‘rinishlari,qiziqarli o‘yin usullari, 
krossvordlar,guruhlar bilan ishlash, baxs-munozaralarni olib borishiga bog‘liq. 
Har bir mavzu uslubiy qo‘llanmada xar xil uslubiy vositalar bilan ochib 
berilganbchunki bilimlar turli usulda oydinlashtirilganda o‘quvchilarning o‘quv 
faoliyati ham turlicha bo‘ladi ba‘zi o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytiradi, 
boshqa birlari ularning tafakkur faoliyatini kuchaytiradi. Asosan esda saqlab 
qolish qobiliyatini o‘stiradi. Shuning uchun ham, darslarda o‘quvchining 
qobiliyati va o‘zlashtirish xususiyatlariga e‘tibor berishga, mavzuni yoritishda 
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda yondashishga harakat 


59 
qilaman. Qiziqarli usullar tarix darslarining qiziqarli va samarali o‘tishiga 
yordam beradi deb o‘ylayman va ushbu usuldan foydalanib mavzuni yoritib 
berishga harakat qildim. 
―Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon‖ usuli -mavzuni o‘quvchi 
o‘z fikri va o‘z tasavvurini rasm yoki belgilar orqali bayon etishini ta‘minlab 
beruvchi usuldir. Bu usul orqali o‘quvchilarni shu fanga nisbatan qizig‘ishini 
uyg‘otish,mustaqil fikrlashga va xulosaga kelishini ta‘minlash mumkin.
Qolaversa o‘quvchilarning tarix darslarida mavzuni tushuntirish chog‘ida eslab 
qolishi qiyin bo‘lgan uzundan-uzun ismlar,nomlar yoki yillarni yodda saqlab
qolishga, mustahkamlab olishiga yordam beradi. 
―Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon‖ usulini qo‘llash 
bosqichma-bosqich va ma‘lum bir muddat mobaynida amalga oshiriladi. Har bir 
bosqich mobaynida o‘quvchilarning fikrlash doirasi kengayib,shakllanib boradi 
va so‘nggi III bosqichda o‘quvchilar to‘liq biror-bir mavzuning mazmunini o‘z 
fikri va o‘z tassavvurini rasmlar orqali bayon eta oladi.Ular quyidagi 
bosqichlardan iborat: 

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin