Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot


Qo`qon va Toshkent munosabatlasri



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Qo`qon va Toshkent munosabatlasri. 
Toshkent Qo`qon xonligi tarkibida bo`lgan. XVIIIasrning uchinchi 
choragida Toshkentda mustaqil davlat yuzaga kelib, u bilan Qo`qon o`rtasida 
to`qnashuvlar ro`y beradi. Qo`qon xonligi haqida ma`lumotlar berar ekanmiz. 
25
G.Xolliyev, X.G`ulomov. O`zbekiston tarixi. T., ―Universtitet‖, 1997, 39-bet. 
26
В Масалский Россия. Полное географическое описание нашего отечества. Спб. 1913 423 стр 


24 
Albatta, Toshkent bekligiga to`xtalmay ilojimiz yo`q. XVIII asrning 80 yillarida 
bu shahrda hokimiyat uchun kurashlarning fojiali oqibatlari ko`zga tashlanadi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent to`rt dahaga: Shayxontohur, 
Beshyog`och, Ko`kcha va Sebzorga bo`lingan, har bir daha o`zicha mustaqil 
davlat edi. 1784 yilda shahar aholisining yordamiga tayanib Yunusxo`ja 
hokimiyatni qo`lga oladi va Toshkentni mustaqil davla tdeb e`lon qiladi. Uning 
davrida shahr mustahkam mudofaa devorlari bilan o`rab chiqiladi. 1800 yilgi
ma`lumotlarga qaraganda Toshkent yirik shahar bo`lgan, devor quyi qismining 
qalinligi 1,8 metr, ustki qismi 0,9 metr atrofida bo`lib, aylanma uzunligi 18 
chaqirimdan ortiq, shahr devorining balandligi esa 7,9m ga teng bo`lgan. 
27
Shaharning 12ta oltin kaliti bo`lib hozir milliy bankda saqlanmoqda. 
Shaharda o`sha paytda 10mingta xonadon 80ming aholi yashagan.
Yunusxo`ja tarixiy yozma manbalarga qaraganda olti ming kishilik 
qo`shin turgan. Uning askarlari asosan pilta miltiq, qilich nayza, qalqon va 
to`plar bilan qurollangan edilar. Qo`shin tarkibi asosan turli shahrlardan kelgan 
musofirlar va askarlardan iborat bo`lib, ―qoraqozon‖ deb atalgan.
Rus tog` muhandislari (aslida Rossiyaning O`rta Osiyodagi ayg`oqchilari) 
A.S. Beznosikov va T.S Burnashevlarning qaydnomalarida quyidagilarni 
o`qiymiz. ―Toshkent hukmdori (Yunusxo`ja) o`z fuqarolari ustidan cheksiz 
hokimiyatga ega. Ammo u o`z atrofidagi eng yaxshi amaldorlar bilan 
maslahatlashgan holda hokimiyatni boshqaradi. Bu kengashda Yunusxo`ja eng 
sodiq va ishonchli xo`jalar qatnashadi‖
Hukumat amaldorlariga maosh berilmagan. Bosh xo`ja Yunusxo`jadan 
keyingi ikkinchi shaxs hisoblangan. Ular faoliyati Yunusxo`ja nazorati ostida 
bo`lgan. Toshkent hokimligining tartibiga ko`ra har bir jondan bir oyda 
daromadiga qarab 5tangadan 10tangagacha yerdan olinadigan hosilning 40dan 
bir qismi undirib olingan. Qoraxonlar har qanday soliqlardan ozod qilinganlar.
Yunusxo`ja davrida Toshkent, Qo`qon, Buxoro, Xo`jand, Chimkent, 
Turkiston, Samarqand, Andijon, va boshqa Turonzamin shaharlari Hindiston, 
27
R.Ramsuddinov, Sh. Karimov, O`. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 101-bet. 


25 
Xitoy, Qashqar,Tibet, Rossiya va boshqa bir qator xorijiy mamlakatlar bilan 
tijorat-savdo aloqalari o`rnatilgan.
Yunusxo`ja Toshkent davlati hududlarini ancha kengaytiradi. U 1799 
yilda esa Turkistonni bosib oladi. 1800 yilda Yunusxo`ja Chirchiq daryosining 
chap qirg`og`ini va Qurama mavzyeni egallaydi.

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin