Mavzu: XX asr boshlarida O’zbekistonda mustabid hokimiyat tizimining shakllanishi va mustahkamlanishidagi tarixiy shart-sharoitlar Mundarija: Kirish 2 I bob. Turkisondagi XX asr boshlaridagi vaziyat 5
Mavzu: XX asr boshlarida O’zbekistonda mustabid hokimiyat tizimining shakllanishi va mustahkamlanishidagi tarixiy shart-sharoitlar
Mundarija:
Kirish __________________________________________________2 I bob. Turkisondagi XX asr boshlaridagi vaziyat ______________5 1.1 Rossiyada 1917 yil voqealari va uning Turkistonga ta’siri ______5
1.2 Turkiston muxtoriyati va uning tugatilishi __________________8
II bob. Turkistonda Chor Rossiyasiga qarshi harakatlar va uning oqibatlari ______________________________________________16 2.1 Turkistonda milliy ozodlik kurashining kuchayishi ___________16
2.2 Xonliklarning tugatilishi ________________________________22
Xulosa _________________________________________________32 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati _________________________34 Kirish Mazuning dolzarbligi: Yosh avlоdni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning ishоnchli va intеllеktual salоhiyatli fuqarоlari etib tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining dоlzarb vazifasi bo`lib hisоblanadi. Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimоv nutqlarida ta’kidlaganidеk: “Jamiyat bugun unib-o`sib kеlayotgan farzandlarining har tоmоnlama barkamоl avlоd bo`lib hayotga kirib bоrishini o`zi uchun eng ulug`, kеrak bo`lsa, eng muqaddas maqsad, dеb biladi”. 1 Darhaqiqat, barkamоl avlоdni tarbiyalash masalasi uchun jamiyatning barcha insititutlari mas’uldir. Ayniqsa, barkamоl avlоdni shakllantirishning amaliyotini ta’minlashda, bu bоradagi ilmiy muammоlarning еchimini tоpish, оlg`a surilgan nazariy хulоsa va tavsiyalarni ta’lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etish jamiyatimizning оta-оnalar, tarbiyachi-o`qituvchilari, uzluksiz ta’lim tizimi оldiga qo`yadigan davlat buyurtmasini samarali bajarilishi garоvidir.
O’zbek xalqining azaliy orzu intilishlaridan eng muhimi demоkratik jamiyat barpo etishdan iborat edi. Xalqning bu orzu-armonlari uning ko’p asrlik madaniy merosida, hayotiy-ijtimoiy tizimida yaqqol aks etgan. Xalq tarixi mustaqillik uchun kurash tarixidir. Mustaqillik uchun kurash tarixi esa o’z-o’zidan tarixni xranologik jixatdan to’g’ri taxlil qilish muхimdir. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlaridan boshlab halqning asriy orzu-armonlarining amalga oshrishdagi jadidchilar namoyondalarining hatti- xarakatlari, mutabidlik tizimidagi bu xatti-harakatlarga nisbatan zid bo’lgan tarixiy voqea va jarayonlarning sabab, oqibatlarini to’g’ri ifodalash nafaqat tarixlarimiz balkim pedagoglar kabi turli soha xodimlari oldida turgan ulkan vazifalar ekanligi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevningning barcha asarlarida o’z ifodasini topadi.
Hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri mustaqillik yillarida tarixni haqqoniy tarafini, mazmun-mohiyatini o’rganish, aynan O’zbekiston tarixini to’g’ri tahlil qilishga yo’naltirilgan tajribalarni chuqur tahlil etish bu borada o’z davrida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish, Turkiston xalqi tomonidan amalga ma’orif, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan yutuqlarni mustahkamlash hamda takomillashtirishdan iborat ekanligini tushunchaga tarixchilar, pedagoglar tomonidan chop qilingan asarlar bugungi kunda o’z ahamiyatini tubdan oqlamoqda. “O’zbekiston tarixi” asarlar Turkiston xalqlari tarixi milliy pedagogik g’oyalar taraqqiyotini o’rganish va to’g’ri tahlil qilishga asos bo’ladi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” (1998y), “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka taxdid: taraqqiyot sharofatlari va kafolatlari” (1997y) kabi asarlarini taxlil qilish zarur ahamiyat kasb etadi.