Mavzu: XX asr boshlarida O’zbekistonda mustabid hokimiyat tizimining shakllanishi va mustahkamlanishidagi tarixiy shart-sharoitlar Mundarija: Kirish 2 I bob. Turkisondagi XX asr boshlaridagi vaziyat 5



Yüklə 194 Kb.
səhifə2/8
tarix06.05.2023
ölçüsü194 Kb.
#108858
1   2   3   4   5   6   7   8
XX asr boshlarida O’zbekiston

Kurs ishining maqsadi: O’zbekistonda mustabid hokimiyat tizimining shakllanishi va mustahkamlanishidagi tarixiy shart-sharoitlarning bugungi barkamol avlod ta’lim - tarbiyasida tutgan o’rnini aniqlab olishdan iboratdir.
Kurs ishi predmeti: XX asr boshlarida Turkistonda milliy istiqlol g’oyalarning taraqqiyot mazmunida jadidchilik harakati istiqlol fidoiylarining manifesstlari kabi g’oyalarning ahamiyati.
Kurs ishining vazifalari:
1. Muammoga oid ilmiy tarixiy, pedagogik manbalarni o’rganish, pedagogik taxlil, fikrlarni umumlashtirish, tavsiya va xulosalash;
2. XX asr boshlarida ifodalanilgan milliy istiqlolchilik g’oyalari xususiyatlarini aniqlash, ulardan ta’lim – tarbiya tizimida foydalanish ishlab chiqish;
3. XX asr boshlarida milliy istiqlolchilik g’oyalarni ifodalovchi davrlarga xos tarixiy ildizlari, ularga nisbatan munosabatlar tizimini o’rganish va pedagogik jixatdan tahlil qilish;
4. XX asr boshlarida umuman Turkiston o’lkasida milliy istiqlolchilik g’oyalarning shakllanish jarayonining sabablari, ularni ifodalanish xususiyatlari, yangi tuzum maktablari: usuli jadidiya, usuli saftiya, rus tuzem maktablarining mazmun-mohiyatlarining pedagogik tahlili;
5. XX asr boshlarida yashab ijod qilgan mutafakkirlarning milliy pedagogik g’oyalarini xayotga tadbiqi, dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarda foydalanishda erishilgan ijobiy natijalar indeksi qiymatini ishlab chiqish, umumlashtirish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish.
I bob. Turkisondagi XX asr boshlaridagi vaziyat
1.1 Rossiyada 1917 yil voqealari va uning Turkistonga ta’siri.
1917 yil 27 fevralda Petrograda burjua-demokratik inqilobining g‘alabasi Turkistonga o`lkasiga ham o`z ta’sirini o`tkazdi. Natijada Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan tuzilgan ijroiya komitetlar tashkil etila boshlandi. Turkistonning musulmon aholsi ham bu voo`elardan chetda qolmadi. Ular o`z baxt-saodati uchun kurash maqsadida turli tashkilotlar tuza boshladilar. Toshkentning barcha dahalaridan chiqqan vakillar bir joyga to`planib, «SHo`royi Ulamo» tashkilotini tashkil etdilar. «SHo`royi Ulamo», «Alish O`rda» singari yangi firqalar paydo bo`ldi. Samarqandda «Musulmonlar klubi», qo`qonda «Musulmon mehnatkashlari ittifoqi», Xo`jandda «Muayyin at-tolibin», Kattaqo`rg‘onda «Ravnaq ul islom» singari tashkilotlar vujudga keldi.2
Bu tashkilotlar orasida 1917 yilning mart oyida tuzilgan «Sho`royi Islomiya» tashkiloti alohida ahamiyatga ega edi. Uning 1917 yil martdagi yig‘ilishida tashkiliy masala ko`rilib, tashkilotning raisi, kotibi, sarkotibi, xazinadori va boshqa rahbar xodimlar saylandi hamda tashkilot vazifalari belgilab olindi. Tashkilot o`lka musulmonlari orasida siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda islohotlar o`tkazish fikrini yoyishga, butun musulmonlarni birlashtirish, hamma erda mitinglar uyushtirib, turli siyomiy, ijtimoiy va o`zga sohalarda xutbalar o`qitish, eski ma’murlar o`rniga yangilarini saylash, turli millat va firqalarning qatnashchilari bilan yaqindan aloqada bo`lib, birgalikda, hamkorlikda ish olib borish kabi vazifalarni o`z oldiga mqqsad qilib qo`ydi.
Tashkilot rahbar xodimlari orasida Abdulvohid qori Abdurauf, Munavvarqori Abdurashidxon, Katta Xo`ja Boboxo`ja va boshqalar ham bor edi. Bunday tashkilotlar keyinchalik Turkistonning boshqa shaharlarida ham faoliyat yurgiza boshladi. Tashkilot bir qator nashrlarni chop eta boshladi: «Kengash», «Hurriyat», «Ravnaqul islom», «Najot» va boshqalar. Fevral voqealaridan so`ng ruhoniylar ham faollashib, «SHo`royi Islomiya» bilan birgalikda harakat qila boshladilar. Bu vaqtda o`lkada muxtoriyat masalasi Turkiston ijtimoiy­siyosiy hayotidagi asosiy masalalardan biri bo`lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat demokratik kayfiyatdagi ziyolilar o`rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham keng tarqala boshladi. 1917 yilning 7-15 apreli kunlarida ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining I Turkiston o`lka s’ezdi bo`lib o`tdi. S’ezdda o`ris hokimiyati masalasi muhokama qilindi. Musulmonlarning yagona hokimiyat barpo etish haqidagi istaklari haqida so`z borganda, 263 delegatdan bir qanchasi bu taklifni yoqlab chiqdi, biroq o`lkaga muxtoriyat berish, milliy tengsizlikni tugatish kabi masalalarni. O`z munosabatlarini bildirmadi. S’ezd muxtoriyat faqat madaniy va siyosiy etuk xalqlarga berilishi mumkin deb hisoblab, delegatlar faqat huquqiy muxtoriyat fikrini yoqladilar. Bu vaqtlarda o`lkadagi jadidlar faoliyati ham jonlana boshladi. Buxoro jadidlari orasida ajralish yuz berib, «Yosh Buxoroliklar» partiyasi tashkil topdi. Xorazmda esa «Yosh Xivaliklar» harakati kuchaya bordi.
Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiy­siyosiy faolligi sharoitida Toshkentda 1917 yil 16 aprelda «Sho`royi Islomiya»ning Toshkent tashkiloti tashabbusi bilan chiqarilgan Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi ish boshladi. qurultoyda o`lkaning turli erlaridan barcha tub xalqlar vakillari sifatida kelgan 150 nafar delegat qatnashdi.
Qurultoy Muvaqqat hukumat va uning dasturini maqulladi. Markaziy rahbar organ Turkiston o`lkasi musulmonlari Soveti tuzildi: Rais, riyosat a’zolari saylandi. Ular orasida Mustafo Cho`qaev (rais), Ahmad Zaki Validiy, Munavvar qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Ubaydulla Xo`jaev va boshqalar bor edi. Shu vaqtga kelib Munavvar qori boshchiligidagi «Sho`royi Islomiya»dan 1917 yil iyun oyida diniy ulamolardan tashkil topgan «SHo`royi Ulamo» ajralib chiqdi. «Sho`royi Ulamo» jamiyati tarafdorlari demokratik kayfiyatdagi milliy ziyolilar va musulmon ruhoniylarning jamiyatda islohotlar o`tkazish yo`lidagi har qanday urinishlariga va Yevropacha madaniyatning kirib kelishiga keskin qarshi chiqishdi. Ma’rifiy-siyosiy sohadagi yangilanishlar haqidagi g‘oyalarni ham rad etishdi. Ular Turkistonda feodal tuzumni tiklash va o`lkani shariat qoidalari asosidagi boshqarish vazifasini o`z oldilariga maqsad qilib qo`ydilar. Sentyabr oyida o`lkadagi ahvol o`zgacha tus ola boshladi.
«Butun hokimiyat-Sovetlarga» shioriga munosabat o`zgardi. Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti Musulmonlar o`rtasidagi ushbu bo`linishdan ustalik bilan foydalanishga urindi. Sentyabr voqelari natijasida Toshkent Soveti hokimiyatni qo`lga olishga harakat qildi. 1917 yil Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. Ushbu qurultoy hokimiyatni soldat, ishchi va dehqon deputatlari hokimiyatni Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Sentyabr voqealari jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni keskinlashtirib, o`lkadagi ishchilar harakati bilan milliy harakatning keyingi yo`llarini bir­biridan ajratib yubordi.
Toshkentda 1917 yil 17-20 sentyabrda Turkistonlik hamda qozoq millatiga mansub musulmonlarning qurultoyida «Sho`royi Islomiya», «Sho`royi Ulamo», «Turon» va boshqalarni birlashtirish yo`li bilan butun Turkiston va qozog‘iston uchun umumiy bo`lgan «Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga harakat qilindi.
«Ulamochi»larning ushbu qurultoyida asosiy masala Turkiston o`lkasining bo`lg‘usi siyosiy boshqaruvi to`g‘risida bo`lib, unda demokratik Rossiya tarkibida hududiy federatsiya «Turkiston federativ respublikasi»tuzilishi g‘oyasi ilgari surildi. Fevral inqilobi ta’siri bilan Turkistonda kasaba uyushmalari ham ommaviy ravishda tashkil etila boshlandi. O`lkada tashkil topgan yangi hukumat mahalliy sharoitni va mahalliy xalqlar talab istaklarini pisand qilmadi. Sovet tuzumi Turkistonga zo`rlik yo`li bilan eksport qilindi.

Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin