Kurs ishining maqsadi: O’zbekistonda mustabid hokimiyat tizimining shakllanishi va mustahkamlanishidagi tarixiy shart-sharoitlarning bugungi barkamol avlod ta’lim - tarbiyasida tutgan o’rnini aniqlab olishdan iboratdir.
Kurs ishi predmeti: XX asr boshlarida Turkistonda milliy istiqlol g’oyalarning taraqqiyot mazmunida jadidchilik harakati istiqlol fidoiylarining manifesstlari kabi g’oyalarning ahamiyati.
Kurs ishining vazifalari:
1. Muammoga oid ilmiy tarixiy, pedagogik manbalarni o’rganish, pedagogik taxlil, fikrlarni umumlashtirish, tavsiya va xulosalash;
2. XX asr boshlarida ifodalanilgan milliy istiqlolchilik g’oyalari xususiyatlarini aniqlash, ulardan ta’lim – tarbiya tizimida foydalanish ishlab chiqish;
3. XX asr boshlarida milliy istiqlolchilik g’oyalarni ifodalovchi davrlarga xos tarixiy ildizlari, ularga nisbatan munosabatlar tizimini o’rganish va pedagogik jixatdan tahlil qilish;
4. XX asr boshlarida umuman Turkiston o’lkasida milliy istiqlolchilik g’oyalarning shakllanish jarayonining sabablari, ularni ifodalanish xususiyatlari, yangi tuzum maktablari: usuli jadidiya, usuli saftiya, rus tuzem maktablarining mazmun-mohiyatlarining pedagogik tahlili;
5. XX asr boshlarida yashab ijod qilgan mutafakkirlarning milliy pedagogik g’oyalarini xayotga tadbiqi, dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarda foydalanishda erishilgan ijobiy natijalar indeksi qiymatini ishlab chiqish, umumlashtirish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish.
I bob. Turkisondagi XX asr boshlaridagi vaziyat
1.1 Rossiyada 1917 yil voqealari va uning Turkistonga ta’siri.
1917 yil 27 fevralda Petrograda burjua-demokratik inqilobining g‘alabasi Turkistonga o`lkasiga ham o`z ta’sirini o`tkazdi. Natijada Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan tuzilgan ijroiya komitetlar tashkil etila boshlandi. Turkistonning musulmon aholsi ham bu voo`elardan chetda qolmadi. Ular o`z baxt-saodati uchun kurash maqsadida turli tashkilotlar tuza boshladilar. Toshkentning barcha dahalaridan chiqqan vakillar bir joyga to`planib, «SHo`royi Ulamo» tashkilotini tashkil etdilar. «SHo`royi Ulamo», «Alish O`rda» singari yangi firqalar paydo bo`ldi. Samarqandda «Musulmonlar klubi», qo`qonda «Musulmon mehnatkashlari ittifoqi», Xo`jandda «Muayyin at-tolibin», Kattaqo`rg‘onda «Ravnaq ul islom» singari tashkilotlar vujudga keldi.2
Bu tashkilotlar orasida 1917 yilning mart oyida tuzilgan «Sho`royi Islomiya» tashkiloti alohida ahamiyatga ega edi. Uning 1917 yil martdagi yig‘ilishida tashkiliy masala ko`rilib, tashkilotning raisi, kotibi, sarkotibi, xazinadori va boshqa rahbar xodimlar saylandi hamda tashkilot vazifalari belgilab olindi. Tashkilot o`lka musulmonlari orasida siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda islohotlar o`tkazish fikrini yoyishga, butun musulmonlarni birlashtirish, hamma erda mitinglar uyushtirib, turli siyomiy, ijtimoiy va o`zga sohalarda xutbalar o`qitish, eski ma’murlar o`rniga yangilarini saylash, turli millat va firqalarning qatnashchilari bilan yaqindan aloqada bo`lib, birgalikda, hamkorlikda ish olib borish kabi vazifalarni o`z oldiga mqqsad qilib qo`ydi.
Tashkilot rahbar xodimlari orasida Abdulvohid qori Abdurauf, Munavvarqori Abdurashidxon, Katta Xo`ja Boboxo`ja va boshqalar ham bor edi. Bunday tashkilotlar keyinchalik Turkistonning boshqa shaharlarida ham faoliyat yurgiza boshladi. Tashkilot bir qator nashrlarni chop eta boshladi: «Kengash», «Hurriyat», «Ravnaqul islom», «Najot» va boshqalar. Fevral voqealaridan so`ng ruhoniylar ham faollashib, «SHo`royi Islomiya» bilan birgalikda harakat qila boshladilar. Bu vaqtda o`lkada muxtoriyat masalasi Turkiston ijtimoiysiyosiy hayotidagi asosiy masalalardan biri bo`lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat demokratik kayfiyatdagi ziyolilar o`rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham keng tarqala boshladi. 1917 yilning 7-15 apreli kunlarida ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining I Turkiston o`lka s’ezdi bo`lib o`tdi. S’ezdda o`ris hokimiyati masalasi muhokama qilindi. Musulmonlarning yagona hokimiyat barpo etish haqidagi istaklari haqida so`z borganda, 263 delegatdan bir qanchasi bu taklifni yoqlab chiqdi, biroq o`lkaga muxtoriyat berish, milliy tengsizlikni tugatish kabi masalalarni. O`z munosabatlarini bildirmadi. S’ezd muxtoriyat faqat madaniy va siyosiy etuk xalqlarga berilishi mumkin deb hisoblab, delegatlar faqat huquqiy muxtoriyat fikrini yoqladilar. Bu vaqtlarda o`lkadagi jadidlar faoliyati ham jonlana boshladi. Buxoro jadidlari orasida ajralish yuz berib, «Yosh Buxoroliklar» partiyasi tashkil topdi. Xorazmda esa «Yosh Xivaliklar» harakati kuchaya bordi.
Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiysiyosiy faolligi sharoitida Toshkentda 1917 yil 16 aprelda «Sho`royi Islomiya»ning Toshkent tashkiloti tashabbusi bilan chiqarilgan Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi ish boshladi. qurultoyda o`lkaning turli erlaridan barcha tub xalqlar vakillari sifatida kelgan 150 nafar delegat qatnashdi.
Qurultoy Muvaqqat hukumat va uning dasturini maqulladi. Markaziy rahbar organ Turkiston o`lkasi musulmonlari Soveti tuzildi: Rais, riyosat a’zolari saylandi. Ular orasida Mustafo Cho`qaev (rais), Ahmad Zaki Validiy, Munavvar qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Ubaydulla Xo`jaev va boshqalar bor edi. Shu vaqtga kelib Munavvar qori boshchiligidagi «Sho`royi Islomiya»dan 1917 yil iyun oyida diniy ulamolardan tashkil topgan «SHo`royi Ulamo» ajralib chiqdi. «Sho`royi Ulamo» jamiyati tarafdorlari demokratik kayfiyatdagi milliy ziyolilar va musulmon ruhoniylarning jamiyatda islohotlar o`tkazish yo`lidagi har qanday urinishlariga va Yevropacha madaniyatning kirib kelishiga keskin qarshi chiqishdi. Ma’rifiy-siyosiy sohadagi yangilanishlar haqidagi g‘oyalarni ham rad etishdi. Ular Turkistonda feodal tuzumni tiklash va o`lkani shariat qoidalari asosidagi boshqarish vazifasini o`z oldilariga maqsad qilib qo`ydilar. Sentyabr oyida o`lkadagi ahvol o`zgacha tus ola boshladi.
«Butun hokimiyat-Sovetlarga» shioriga munosabat o`zgardi. Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti Musulmonlar o`rtasidagi ushbu bo`linishdan ustalik bilan foydalanishga urindi. Sentyabr voqelari natijasida Toshkent Soveti hokimiyatni qo`lga olishga harakat qildi. 1917 yil Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. Ushbu qurultoy hokimiyatni soldat, ishchi va dehqon deputatlari hokimiyatni Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Sentyabr voqealari jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni keskinlashtirib, o`lkadagi ishchilar harakati bilan milliy harakatning keyingi yo`llarini birbiridan ajratib yubordi.
Toshkentda 1917 yil 17-20 sentyabrda Turkistonlik hamda qozoq millatiga mansub musulmonlarning qurultoyida «Sho`royi Islomiya», «Sho`royi Ulamo», «Turon» va boshqalarni birlashtirish yo`li bilan butun Turkiston va qozog‘iston uchun umumiy bo`lgan «Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga harakat qilindi.
«Ulamochi»larning ushbu qurultoyida asosiy masala Turkiston o`lkasining bo`lg‘usi siyosiy boshqaruvi to`g‘risida bo`lib, unda demokratik Rossiya tarkibida hududiy federatsiya «Turkiston federativ respublikasi»tuzilishi g‘oyasi ilgari surildi. Fevral inqilobi ta’siri bilan Turkistonda kasaba uyushmalari ham ommaviy ravishda tashkil etila boshlandi. O`lkada tashkil topgan yangi hukumat mahalliy sharoitni va mahalliy xalqlar talab istaklarini pisand qilmadi. Sovet tuzumi Turkistonga zo`rlik yo`li bilan eksport qilindi.
Dostları ilə paylaş: |