Mavzu: XX asr boshlarida O’zbekistonda mustabid hokimiyat tizimining shakllanishi va mustahkamlanishidagi tarixiy shart-sharoitlar Mundarija: Kirish 2 I bob. Turkisondagi XX asr boshlaridagi vaziyat 5


Turkiston muxtoriyati va uning tugatilishi



Yüklə 194 Kb.
səhifə3/8
tarix06.05.2023
ölçüsü194 Kb.
#108858
1   2   3   4   5   6   7   8
XX asr boshlarida O’zbekiston

1.2 Turkiston muxtoriyati va uning tugatilishi.
O`lkada siyosiy partiyalar tuzilishi, dasturiy xujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berardi. 1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Turkiston o`lkasida, xususan, Toshkent va Qo`qonda yuz bergan voqealar ham milliy harakatlarni kuchayib ketishga sabab bo`ldi. 1917 yil 26-28 noyabrda (yangi hisob bilan 9-11 dekabrda) Qo`qon shahrida Turkiston o`lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo`lib o`tdi. Turkistonni boshqarish shakli uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so`zga chiqqanlarning ko`pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e’lon qilinishi o`lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqan va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini hamma qo`llab-quvvatladilar.
1917 yil 26 noyabrda Qo’qon shahrida O’lka musulmonlarining IV favqulodda syezdi ish boshladi. Unda o’lkaning barcha mintaqalari va ko’pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakil hozir bo’ldi. Kun tartibiga o’lkani boshqarish shakli, Turkiston Markaziy musulmonlar sovetini qayta saylash, Turkiston Ta’sis majlisi, militsiya, moliya va boshqa masalalar qo’yildi.
Syezdda Farg’onadan – 100, Sirdaryodan – 22, Samarqanddan – 21, Buxorodan – 4 va Kaspiyortidan – 1 vakil qatnashayotgan edi. Shuningdek, viloyat vakillaridan tashqari syezda «Sho’roi Islom», «Sho’roi Ulamo», musulmon harbiylari kengashi, O’lka yahudiylar jamiyati (Paoley Sion), mahalliy yahudiylar vakillari qatnashdilar. Muhokamadan keyin 13 kishidan iborat hay’at saylashga kelishib olindi. Ochiq ovoz bilan hay’at a’zoligiga quyidagilar saylandilar: M.Cho’kayev, U.Ho’jayev, Yu.Agayev, S.Gersfeld, O.Mahmudov, A.O’razayev, I.Shoahmedov, Kigichinboyev, Kamol Qozi, Abdul Badin, Tiliyev, Karimboyev. Syezdda uch kunlik munozaradan so’ng vakillar Turkistonning bo’lg’usi siyosiy tuzumi to’g’risida qat’iy bir fikrga yakdillik bilan kelishib oldilar. 27 noyabr kuni kechasi soat 12da 2 kishi qarshi bo’lib qabul qilingan qarorda, jumladan, shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muhtor deb e’lon qiladi, shu bilan birga muhtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi». Shundan keyin syezd «Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon qiladi».3
28 noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi «Turkiston Muhtoriyati» deb ataladigan bo’ldi. Hokimiyatni esa Ta’sis syezdi chaqirilgunga qadar Turkiston muvaqqat Kengashi va Turkiston Halk (Milliy) Majlisi ko’lida bo’lishi ta’kidlandi. Shuningdek, syezdda Muvaqqat Kengash tarkibiga 12 kishidan iborat a’zolar saylash taklif etildi. Xalq majlisi tarkibiga saylanadigan 54 o’rindan 18 o’rin o’lkadagi turli yevropalik aholi tashkilotlarining vakillari uchun ajratildi. Bu esa uchdan bir o’rin yevropalik aholi vakillariga tegishini bildirar edi.

Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin