II bob. Turkistonda Chor Rossiyasiga qarshi harakatlar va uning oqibatlari 2.1 Turkistonda milliy ozodlik kurashining kuchayishi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi hokimiyatiga qarshi harakatning butun Farg‘ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini o`tadi, xolos. Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo`lgan. Ularga shahar aholisining aksariyat qismi: o`ziga to`q badavlat oilalarning vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba’zi boylar qo`shildi. Harakat qatnashchilari safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar-ziyolilar ham ko`pchilikni tashkil qilar edi va bir so`z bilan aytganda, ular safida xalqning barcha tabaqasiga mansub kishilar bor edi. 8 Dastlabki milliy harbiy harakatning tashkil topishi Kichik Ergash (taxminan 1885-1918) va Katta Ergash (taxminan 1880-1921)ning nomlari bilan bog‘liqdir.
1918 yil 27 fevralda Qo`qon atrofidagi Bachqirda bo`lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo`lgach, uning o`rniga Katta Ergash (uni Mulla Ergash ham deyishgan) Farg‘ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi ozodlik bayrog‘ini ko`tardi. Qo`qon uezdidagi harakatning dastlabki tayanch nuqtasi Bachqir qishlog‘i edi.
Marg‘ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig‘i Muhammad Aminbek Ahmad-bek o`g‘li-Madaminbek (1892-1920) kurash boshladi. “O`z oldiga sovet hokimiyatini ag‘darish va Farg‘ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo`ygan Madaminbek ustomon siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi”,-deb tan olinadi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarining birida.
Turkiston mintaqasidagi mazkur harakatning muhim xususiyati shundaki, bu harakatda maqsadlar va vazifalar qanday bo`lishidan qat’i nazar boshdan oxirigacha bir ustuvor g‘oya-Turkistonning milliy mustaqilligi yotadi. Bu harakat goh kuchayib, goh pasayib turishiga qaramay, unda ishtirok etuvchilarning tarkibi o`zgarib turishi va ikkilamchi manfaatlar o`rtada turganligi hamda obektiv va subektiv omillar kuchlar muvozanatiga salbiy ta’sir qilishiga qaramay, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo`lib qolaverdi.
Turkistondagi bu harakatning uyushgan bir shaklda namoyon bo`lishida qo`r-boshilar ko`rsatgan g‘ayrat-shijoatni alohida ta’kidlab o`tish kerak. Qo`rboshilar harakatning harbiy rahbarlari bo`lib, ular o`z jangovarliklari bilan mashhur edilar. O`z vaqtida Farg‘ona vodiysida Kichik Ergash, Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Muhiddinbek, Islom Polvon, Yormat Maxsum, Samarqand vi-loyatida Ochilbek, Bahrombek, Buxoro respublikasida Ibrohimbek, Mulla Abdul-qahhor, Anvar Posho, Salim Posho, Davlatmandbek, Fuzayl Maxdum, Xorazm res-publikasida Junayidxon kabi qo`rboshilar bu harakatni yagona kuchga birlash-tirish uchun rahbarlikni birin-ketin o`z qo`llariga olsalar-da, lekin Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik urush harakati boshdan oxirigacha yagona markazga to`liq uyusha olmadi. Bu vaqtlarda Turkistonda beqaror vaziyatdan foydalangan ba’zi kishilar talonchilik guruhlari tuzib, xalqni talaganlar. Kommunistik mafkura har ikki toifaga bir xil “bosmachilar” tamg‘asini yopishtirdi.
Vatan ozodligi va uning tinchligi yo`lida Turkiston ayollari ham kurash olib bordilar. Istiqlolchilar safida ayollar nafaqat oddiy jangchi, balki ayrim hollarda qo`rboshi sifatida jang qildilar. Farg‘ona vodiysida Shakarxon va Muhiddinbekning onasi singari o`zbek va qirg‘iz yo`lboshchilaridan etishib chiqdi va ular qo`rboshilar milliy istiqlol kurashi tarixiga shonli sahifalar qo`shdilar. Karmanalik Nodira qiz esa Ibrohimbek qo`shinida maxsus ayollar guruhiga boshchilik qilib, Sharq iy Buxoroda qizil askarlarga qarshi mardonavor kurashdi.
1920-1924 yillarda bu harakat Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoro va Xorazmdagi milliy muxolifatning ozodlik kurashlari alohida o`ziga xos yo`nalish va xususiyatga ega bo`lib, o`ta murakkabligi va ziddiyatliligi bilan Turkiston respublikasidagi qurolli harakatdan ajralib turadi. Buxorodagi qo`rboshilar o`rtasida Ibrohimbek (1889-1932) alohida salmoqqa ega. U amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, Sharq iy Buxorodagi qo`rbo-shilar guruhlariga umumiy rahbarlik qilib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi mustaqillik kurashini boshladi. Ibrohimbek 1921 yil sentyabrda bo`lgan Buxoro qo`rboshilarining qurultoyida “Islom lashkarboshisi” unvoniga sazovor bo`ldi va Buxorodagi barcha istiqlolchilarning Oliy bosh qo`mondoni qilib saylandi. U qisqa muddat ichida o`n ming nafardan ortiq askar to`plab, Qorategin va Darvoz viloyatlarini qizil askarlar qo`lidan ozod qilishga muvaffaq bo`ldi.
Xorazm respublikasida ham 1920 yil bahoridan boshlab qizil askarlarning misli ko`rilmagan talonchilik va zo`ravonliklariga qarshi harakat boshlandi. Qurolli kurashni turkmanlarning yovmut urug‘i boshlig‘i Qurbon Mamed Sardor-Junayidxon (1857-1938) boshchiligidagi guruhlar ko`p yillar davomida kurash olib bordi. Uning qo`shini saflarida o`zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham ko`pchilik edi. Qisqa muddatda Junayidxon o`z qo`shinini 20000 kishiga etkazdi.
Umuman olganda qizil armiyaning bosqini va mustabid sovet rejimiga qarshi ko`tarilgan qurolli harakat 1935 yilga kelib butun Turkiston mintaqasida tamomila mag‘lubiyatga uchradi.
1917 yilning boshlarida Sankt-Peterburgda bo’lib o’tgan voqealar ta’sirida Turkistonda ham yangi jamiyatni shakllantirish uchun harakatlar boshlanib ketdi. Yuz minglab «mudrok» odamlar uyg’onib, siyosiy faoliyatga kirishdilar. Hukumat tuzilmalarini kayta kurishga kirishildi. Hamma joylarda ijtimoiy-siyosiy tashkilot va partiyalar tuzila boshladi. Siyosiy manfaatlarni ancha erkin ifoda kilish imkoniyati paydo bo’ldi. Fevral inqilobi Turkiston aholisi tomonidan zo’r hayajon bilan kutib olindi. Inqilobiy Qo’mita tomonidan e’lon qilingan «Ozodlik, Tenglik, Birodarlik» shiorlari Rossiyaning mustamlakachilik siyosatidan ezilgan musulmonlar kalbida yorkin kelajakka umid uyg’otdi. Biz so’z erkinligi, matbuot erkinligiga egamiz. Endilikda haqiqatni aytgan va yozgan paytlarimizda og’zimizni yopishmaydi. O’z huquqlarimizni talab qilgan paytda qulok solishadi».
Ko’pgina shahar va kishloklarda tartibsiz ravishda miting va norozilik yig’ilishlari boshlandi. Ularda turli demokratik jamoat tashkilotlarini yuzaga keltirish haqida qarorlar qabul qilindi. Orzu-umidlar hademay amalga oshadiganday edi. 3 martda e’lon qilingan bayonnoma va 6 martda e’lon qilingan «Rossiya fuqarolariga murojaatnoma»da Muvaqqat hukumat markaziy hokimiyatning organi sifatida demokratik o’zgarishlarning dikkatini tortuvchi dasturini bayon etdi. U siyosiy erkinliklar – so’z, matbuot, uyushmalar tashkil kilish, yig’ilishlar o’tkazish, halkka o’z siyosiy irodasini ifodalash huquqini berish, barcha tabaqaviy, diniy va milliy cheklanishlarni man etish; boshqarish shakli va mamlakat Konstitusiyasini qabul qilish lozim bo’lgan ta’sis Majlisini hamda, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri va yashirin ovoz berish asosida saylovlar o’tkazish, polisiyani halk milisiyasi bilan almashtirish; to’lik siyosiy amnistiya hakida tantanali ravishda bayon etdi.
Tadqiqotlarda 1917 yil mart kunlarida musulmon aholisining siyosiy harakati haqida ayrim ma’lumotlargina kiritildi, milliy ziyolilarning, eng avvalo, jadidlarning vatanparvarlik faoliyati buzib ko’rsatildi, mahalliy aholini mustamlakachilikning saltanat tuzilmalariga qarshi kurashi, Turkistonning milliy uyg’onishdagi safarbarlik roli kamsitildi. Holbuki, chor samoderjaviyasi apparatini tugatish va yangilanish jarayonlarini yanada chukurlashtirishda milliy tashkilot va harakatlar faol ishtirok etgan edi. Ta’kidlash kerakki, Turkiston mahalliy xalqlarining inqilobiy o’zgarishlarga qo’shilishi birhil kechmagan. O’lkaning hozirgi kuni va kelajagiga turlicha qaraydigan xilma-xil kuchlar mavjud edi. Umumiy jihatdan olganda ikki muqobil oqim – o’nglar va so’llarni ajratib ko’rsatish mumkin. O’nglar konservativ feodal-diniy mafkura vakillari sifatida maydonga chiqishdi. Ular mahalliy ma’muriyatda mansabga ega bo’lgan va tegishli imtiyozlardan foydalangan amaldorlar, feodallar va ruhoniylar manfaatlarini ifoda etardilar. So’llar ijtimoiy tuzumning tubdan o’zgarishidan, mustamlaka-feodal siyosiy va iqtisodiy institutlarni tugatishdan o’ta manfaatdor bo’lgan ijtimoiy guruh va qatlamlar manfaatlarini o’zida aks ettirgan edi. O’nglar chor hokimiyati yillarida mustamlakachilik ma’muriyati va samoderjaviya siyosatini to’la-to’kis quvvatlab kelishgandi. Ular fevralgacha bo’lgan davrda qurolli qo’zg’olon yo’li bilan ozodlik va mamlakat mustaqilligiga erishish, xon hokimiyati va shariat qonunlari, zamindorlar va musulmon ruhoniylarining yo’qotilgan imtiyozlarini tiklash, o’lka xalq ommasini yevropacha madaniyat va ahloq ta’siridan saqlash g’oyalarini ilgari surishdi. O’lka mahalliy aholisi ushbu qismining aksari qarashlarini «Sho’roi Ulamo» siyosiy tashkiloti o’zida aks ettirdi. So’llar harakatidagi boshqa yo’nalishda radikal kayfiyatdagi milliy ishchi, dehqon, hunarmand va boshqa mehnatkashlar bor edi. Fevralgacha bo’lgan davrda ular chor samoderjaviyasiga qarshi qurolli chiqishlarda faol ishtirok etishdi. Chor tuzumi ag’darilgandan so’ng ularning bir qismi hokimiyatni zo’rlik bilan egallashni maqsad qilib qo’ydi va jumladan, «ishchi-musulmon va kambag’allar huquqlarini qo’lga kiritish»ga va’da bergan bolsheviklashgan sovetlarning g’oyaviy ta’siri ostida bo’ldi. Ko’pchiligi esa Muvaqqat hukumat, so’ngra sovet hokimiyati siyosatidan kattik norozi bo’lib, keyinchalik keng quloch yozgan, mustakillik uchun kurashgan ommaviy harakat – «istiqlolchilik harakati»ning asosini tashkil etdi.910 Fevral inqilobidan keyingi sharoitlarda «Sho’roi Islomiya», «Turk odami markaziyati» firqasi, «Alash o’rda» va boshqalar musulmon «markazchilari»ning eng ko’zga ko’ringan siyosiy tashkilotlari edi. «Musulmon mehnatkashlari Ittifoqi» – «Ittifoq» mahalliy aholi siyosiy kuchlarining joylashuvida alohida o’rin tutgandi. Siyosiy yo’nalish bo’yicha «Ittifoq» a’zolari asosan «kelishuvchi» partiyalar qarashlariga yaqin turgan, bu partiyalar podshoh ag’darilgandan so’ng dastlabki oylarda hokimiyatni egallashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymadi, balki milliy demokratlar kabi jamiyatni qayta qurishning muammolarini hal etishda tsivilizasiyaviy usullarini taklif etdi. Ko’rsatilgan siyosiy tashkilotlar yetuk tuzilma va g’oyaviy birlashmalar emas edi. Ularning har birida izchil siyosiy tabaqalanish jarayoni ro’y berardi, yangi yo’nalishlar ajralib chiqardi. Ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sirida ularning qaysidir qismi kurashning keskinroq yo’lini tanlar, boshqasi, aksincha, ancha mo’tadil va hatto konservativ, qoloq munosabatlarga o’tardi. Biroq inqilobning boshlariga kelib, g’oyaviy kelishuvchiliklarga qaramay, yangilanishdan manfaatdor bo’lgan barcha siyosiy guruh va musulmon jamiyati qatlamlari chor mustamlaka ma’muriyatini tugatishga intilishda birdamlik namoyish etdilar. Mart oyining dastlabki kunlarida yevropalik siyosiy harakatlar tashabbusni ko’p jihatdan o’z qo’llariga oldilar. Jumladan, 2 martdayoq O’rta Osiyo temir yo’li Bosh ustaxonalari ishchilarining deputatlari soveti tuzildi. 3 martda Toshkent ishchi deputatlari soveti 4 martda Toshkentda soldat deputatlari Soveti tashkil etildi. Mart oxirlarida bu ikki Sovet birlashtirildi. Shundan keyin dehqon deputatlari Sovetlari ham tuzila boshladi. O’zining milliy tarkibiga ko’ra tashkil etilayotgan Sovetlar o’lka aholisining ko’proq yevropaliklar qismi vakillari bo’lib, ularning manfaatlari ko’p jihatdan mahalliy turkistonliklar manfaatlariga to’g’ri kelmasdi. Shuni aytish kerakki, boshida Sho’rolar ham yevropalik, ham musulmon aholisining ko’pchiligi tomonidan ruhlanib kutib olindi. Ko’pchilik ularda chinakkam halqchil, chor boshqaruv tuzilmalariga muqobil bo’lgan demokratik hokimiyat organlarini ko’rdi. O’lka aholisining ijroiya qo’mitalariga turli iltimos, shikoyat kabilar bilan murojaat qilishi ham shunga guvohlik beradi. «Sho’roi Islom» yaratilishining o’zi ham Sovetlar g’oyasining obro’si yuqoriligini ko’rsatib turibdi. Biroq sof musulmon sho’rosini shakllantirish haqidagi qaror Toshkentda dastlabki sovetlarni tashkil qilish chog’ida namoyon bo’lgan aholining yevropalik qismning etnosentrizmi va buyuk davlatchilik da’volariga javobi bo’lgan edi. Mahalliy aholi yevropaliklarning sovetida keng musulmon vakolati yo’qligi, musulmonlarga ishonchsizlikning ifodalanishi ularning milliy huquqlari kamsitilishini ko’rdilar. Ular «Sho’roi Islom»ni tashkil etish bilan fevral inqilobidan so’ng ham qolayotgan ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish xoxishini namoyish etdilar. Yangi organ yevropalashgan Sovetlardan farqli ravishda islom diniga e’tiqod qiluvchi mahalliy aholidan saylangan deputatlar Sho’rosi (ya’ni Sovet) deb qaralgan. «Sho’roi Islomiya», ya’ni «Musulmonlar sho’rosi» nomi ham shundan olingan.