2.2 Xonliklarning tugatilishi. Xiva xonligining tugatilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi va undagi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Turkiston va Buxorodagi kabi Xiva xonligida jadidchilik harakatining shakllanishida tashqi omil, ya’ni Rossiyadan kelgan ilg‘or fikrli ziyolilar, inqilobiy ruhdagi surgun qilingan yoshlar va Rossiyadagi o`zgarishlar ham o`z ta’sirini ko`rsatgan. Xorazmdagi jadidchilik harakatidan 1914 yil avgust oyida Yosh xivaliklar tashkiloti tuzildi, unga rayis qilib Polvonniyoz Hoji Yusupov (1861-1936) saylandi. Yosh xivaliklar harakatida bu davrda qozikalon Bobo Oxun Salimov (1874-1929)ning ham o`rni bo`lakcha edi. Yosh xivaliklar dasturining asosini mavjud tuzum doirasida islohotlar o`tkazish, maktab-maorif ishini yaxshilash, xon hokimiyatini cheklash kabi masalalar tashkil qilar edi.11 1916-yilda Xivaga qaytib kelgan Junaidxon yolg‘izlanib qolgan Asfandiyorxon tomonidan “sardori karim”, ya’ni xonning lashkarboshisi qilib tayinlandi va xonlikdagi hokimiyat to`la ravishda Junayidxon qo`liga o`tdi. Biroq, 1918 yil oktyabr oylariga kelganda yosh xivaliklar ta’siri bilan Juna-yidxon va Asfandiyorxon o`rtasiga nizo solinadi va buning natijasi o`laroq Junayidxonning o`g‘li Eshshi Asfandiyorxonni qatl qiladi. Uning o`rniga akasi Sayid Abdulloxon xon deb e’lon qilinadi. Bu orda Junayidxon Xiva xonligi hududida bolsheviklardan mustaqil bo`lgan davlatni saqlab qolishga harakat qiladi va 1918 yil noyabr oyida Amudaryoning o`ng qirg‘og‘idagi erlarda tashkil qilingan sovet hukumatiga qarshi bir necha marotaba muvaffaqiyatsiz urush olib boradi. 1919 yil aprel oyida sovet hukumati bilan Junayidxon o`rtasida Taxta shartnomasi tuzildi. Unga sovet hukumati tomonidan Xristoforov, Xiva xonligi tomonidan Junayidxon imzo chekdilar. Bu vaqtinchalik kelishuv bo`lib, unga ikkala tomon ham amal qilmaydi. 1919 yil 22 dekabrga kelib mustaqil davlat - Xiva xonligi hududi bosib olinadi. 1920 yil 1 fevralda Junayidxon qo`shinlarini tor-mor qilgan qizil armiya Xiva shahriga kirib bordi. 2 fevral kuni so`nggi Xiva xoni Sayid Abdulloxon taxtdan voz kechadi.
Shu yili Xivada Jumaniyoz Sultonmurodov rayisligida Muvaqqat inqilobiy qo`mita tashkil etiladi. 1920 yil 26-30 aprel kunlari Xorazm mehnatkashlarining birinchi qurultoyi bo`lib o`tib, unda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va Polvonniyoz Hoji Yusupov rayisligida Xalq Nozirlar Sho`roi tuzildi. 12 Xorazmda siyosat va xo`jalik sohasidagi islohotlar ham ziddiyatli tarzda kechdi. Albatta, XX asrda iqtisodiy 1920-1921 yillarda agrar sohada dastlabki o`zgarishlar amalga oshirilib, 10000 desyatina er dehqonlarga bo`lib berildi. Bundan tashqari, ularga urug‘, dehqonchilik asboblari hamda ssuda (qarz) ajratildi. Dehqonlarga kredit hisobidan 5000 chorva mol sotildi. Eski sug‘o-rish inshootlarini qayta tiklash bilan birga yangilari ham qurildi. YAngi iqtisodiy siyosat (NEP)ning e’lon qilinishi bilan karvonsaroylar, korxo-nalar, kullar va to`qaylar ijaraga berila boshlandi. Hukumat madaniy-ma’rifiy va sog‘liqni saqlash ishlariga ham katta e’tibor qaratdi. 1920 yil bahorida Respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi. 1921 yil sentyabrida Xivada ochilgan xalq dorulfununi respublika madaniy hayotida katta voqea bo`ldi. Ammo Xivani bosib olish jarayonida kirib kelgan qizil armiya, uning qo`mondonlari, Yevropalik bolsheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy ta’sir ko`rsatdilar. Ular mahalliy sharoitni, xalq ommasi kayfiyati va qarashlarini nazar-pisand qilmay tezkorlik bilan inqilobiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda Xorazm Kompartiyasi (1921 yil dekabrda tuzilgan) ularning eng yaqin yordam-chisiga aylandi. 1923 yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi demokratik o`zgarishlarga butunlay chek qo`yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o`zining yuqori bosqichiga ko`tarildi. Bu holat 1924 yilning oxirigacha davom etdi.
Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi va undagi siyosiy o`zgarishlar
Oktyabr to`ntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o`rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Turkiston respublikasining bolsheviklardan iborat rahbariyati Buxoro amirligining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi.
1920-yil 25-avgustda Turkiston fronti qo`mondoni M.V.Frunze qizil askarlarga Buxoroni bosib olish uchun buyruq berdi. Keskin janglardan so`ng-2 sentyabrda Buxoro shahri bosib olinib Sayid Olimxon hokimiyatdan ag‘darib tashlandi. SHaharga kirgan qizil askarlar Arkdagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo`shbegi va boshqa amaldorlarning boyligini musodara qilganlar. askarlar va qo`shin rahbarlari katta boylik orttirganlar. Sentyabr oyining boshida amirlik xazinasi va boshqa boyliklar ortilgan 2 eshelon yuk Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga jo`natildi. Buxoro shahridan so`ng qizil armiya 27 beklik (ba’zi manbalarda 32 beklik)ni ham birin-ketin egallab, Buxoro amirligiga barham berishdi.
1920-yil 14-sentyabrda bo`lgan Xalq Nozirlar Sho`rosi, Revkom (Inqilobiy qo`mita) va Buxoro Kompartiyasi MKning umumiy yig‘ilishida 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qo`mitasi (rayisi-Abdulqodir Muhitdinov) va respublika hukumati-11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Sho`rosi (rayisi-Fayzulla Xo`jaev) tuzildi. 1920 yil 6-8 oktyabrda amirning yozgi saroyi-Sitorayi Mohi Xosada chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining I qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi e’lon qilindi. 1920 yil oktyabr-noyabr oylarida BXSR bilan RSFSR o`rtasida muvaqqat harbiy-siyosiy ahdlashuv va shartnoma tuzildi. 1921 yil 4 martda har ikki davlat o`rtasida Ittifoq shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnomalar mustaqil siyosat yuritishga harakat qilayotgan yosh Buxoro davlati arboblari faoliyatini muayyan darajada cheklashga olib keldi.
Buxoro hukumati oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri er-suv masalasini hal qilish edi. 1920 yil 30 sentyabrda Buxoro Markaziy Revkomi «Er to`g‘risida»gi dekretni qabul qildi. Dekretga muvofiq, sobiq amir unig qarindoshlari va amaldorlari qo`lidagi butun er-mulk kambag‘al va ersiz dehqonlarga taqsimlab berildi.
Buxorodagi yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi ma’qullab kutib oldi. Biroq yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan ko`rilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun mol-mulkning musodara qilinishi, saroy a’yonlari va amir amaldorlarining yoppasiga hibsga olinishi va otib tashlanishi amir xazinasining Moskvaga olib ketilishi, majburiy oziq-ovqat razvyorstkasi va uning qattiqqo`llik bilan amalga oshirilishi, islom dini va ulamolarga nisbatan dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan qizil armiya ta’minotining aholi zimmasiga yuklatilishi buning ustiga, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik faoliyati haqqoniy ravishda xalqning kuchli noroziligiga sabab bo`ldi.
1921 yil 18-23 sentyabrda bo`lgan Butun Buxoro xalq vakillarining II qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Buxoro tarixidagi dastlabki Konstitutsiya fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini qonun bilan mustahkamladi. Konstitutsiyada davlatni idora etish uchun xalqning barcha tabaqa vakillarining ishtiroki ta’minlandi. Xususiy mulk va savdo-sotiq erkinliklari unda o`z ifodasini topdi. BXSR Konstitu-siyasi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yo`qotdi.
1923 yil 3 iyunda Buxoroga SSSR Qurolli kuchlarining Bosh qo`mondoni S.S.Kamenev, Turkfront Inqilobiy harbiy kengashi rayisi A.I.Kork, RKP (b) MK O`rta Osiyo byurosi a’zosi Mixaylov va boshqalar kelishdi. Ular Buxoro hukumati faoliyatidan qoniqmayotganliklarini ochiq aytib, sotsialistik o`zgarishlarni jadallashtirish kerakligini ta’kidlashdi. Oradan ko`p o`tmay12 iyunda RKP(b) MK Siyosiy byurosi maxsus qaror qabul qilib, Buxoro hukumatini sovetlashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi. Sovet hukumati o`z buyruq-larini tez va qarshiliksiz amalga oshirish uchun RKP (B) MK kotibi YA.E.Rud-zutakni Buxoroga jo`natdi. 1923 yil yoziga kelib mustabid sovet tuzumi Buxoroda o`ziga xos davlat to`ntarishini amalga oshirdi. Milliy qo`shin va milliy valyuta bolsheviklar tomonidan tugatildi. 1924-yil 18-20 sentyabrda bo`lib o`tgan Butun Buxoro xalq vakillarining V qurultoyida BXSR Buxoro Sovet Sotsialis-tik Respublikasi (BSSR)ga aylantirildi. BSSRning tuzilishi yuqoridan turib sun’iy tarzda amalga oshirilgan xodisa edi. Natijada taraqqiyotning demokratik yo`li inkor qilinib, sotsialistik yo`nalishi tanlandi. 1924 yil noyabr oyi oxirida xuddi Xorazm respublikasi singari Buxoro SSR ham tuga-tilib, uning hududi 1925 yilda tashkil etilgan O`zbekiston SSR (1929 yilgacha tarkibida Tojikiston ASSR ham bo`lgan) va Turkmaniston SSRga kiritildi.13 «Yosh Buxoroliklar» va «Yosh Xivaliklar»ning pirovard maqsadlari konstitusiyaviy monarhiya tuzumi edi. Ular ana shu konstitusiyaviy monarhiya tuzumi doirasida islohotlar o’tkazish yo’li bilan adolatli va insonparvar jamiyat ko’rish mumkin, deb ishonardilar. «Yosh Buxoroliklar» va «Yosh Xivaliklar» ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot darajasi taqozosiga ko’ra xalq ommasi o’rtasida mustahkam tayanch bazaga ega emas edilar. Ular o’zlariga Ittifoqchilarni chetdan izladilar va Rossiya timsolida amir va xon zulmidan ozod bo’lish mumkin, degan fikrga borib katta siyosiy xatoga yo’l qo’ydilar. «Yosh Xivaliklar» qo’mitasi tomonidan tayyorlangan manifestga Asfandiyorhon 1917 yil 4 aprelda imzo chekishga majbur bo’ldi. Bu hujjat asosida Xivada xon boshchiligida konstitusiyaviy monarhiya tuzumi qaror topadi, deb e’lon qilindi. Saylov yo’li bilan deputatlar majlisi va Nozirlar kengashi tashkil topdi. Keyinchalik majlis va hukumat butunlay «Yosh Xivaliklar» qo’liga o’tdi. Majlis nomidan e’lon qilingan Manifestga ko’ra xonlikda vaqf, mulk (xususiy) va podsholik yerlari dahlsizligicha saqlanib qoldi, xazinaning kirim va chiqimlari ustidan nazorat o’rnatildi, shariat so’zlari davlat ta’minotiga o’tkazildi, yangi usuldagi jadid maktablari ochilishi belgilandi. Asfandiyorhon mamlakatda xalq norozoliklarini bostirish va Boboohun Salimov boshchiligidagi jadidlarni tartibga chaqirishda rus askarlaridan foydalandi. Harbiy komissar Zaysev honga yordam uchun jazo otryadlarini tashkil etdi. Xalq haq-huquqlari rus askarlari tomonidan toptaldi va oyoq osti qilindi. Bu ham yetmagandek, 1917 yilda xonlik hududida ocharchilik avj oldi. May oyida Xiva shahrida «ochlik isyoni» ko’tarildi.14 Mamlakatda ana shunday og’ir bir sharoitda 1917 yil sentyabrida Junaidhon o’z qurolli to’dalari bilan Xivaga qaytib keladi. U 1916 yildagi qo’zg’olon davrida Afg’onistonga o’tib ketgan edi. Junaidhon xonlikda juda katta o’zgarishlar yasashga muvaffaq bo’ldi.
Xorazm Xalk Sho’ro Jumhuriyati 1920 yil 27-30 aprelda Xorazm Muvvaqqat hukumati tomonidan chaqirilgan Butun Xorazm Xalq vakillarining 1 qurultoyida tashkil topdi. Uning Nozirlar sho’rosining raisi (Polvonniyozhoji Yusupov) va muovini (Boboohun Salimov) hamda 15ta nozirlari saylandi. Jami 17ta hukumat rahbarlaridan 11tasi «Yosh Xivaliklar»dan bo’ldi. Ular hukumatni milliy manfaat, mahalliy urf-odat va shariat qoidalari va eng muhimi, mustaqillik asosida boshqarishga harakat qilganlar. Bu esa Turkiston va Xivadagi vakolatli firqa va sho’ro rahbarlariga yoqmadi. Shuning uchun bu gal ham «Yosh Xivaliklar» firqasiga uyushgan jadidlar hukmronligi o’n oy to’lar-to’lmas, 1921 yil martda sho’ro hukumati va komfirkasi tomonidan ag’darib tashlandi. P. Yusupov hukumati a’zolari qamoqqa olindi. 1920 yilning kuzidayoq hukumat boshlig’ining o’rinbosari va turkman bo’limining 600 jangchisi otib tashlandi.15 1921 yil martida Ota Maqsum rahbarligida saylangan yangi hukumat ham 1922 yil noyabrida ag’darib tashlandi. 1923 yil oktyabrda Xorazm Sho’rolarining IV qurultoyiga Xorazmni Xorazm Sho’ro sotsialistik jumhuriyati deb e’lon qiladi va uning Konstitusiyasini qabul qiladi. Bu mamlakatdagi beqaror ijtimoiy siyosiy va milliy vaziyatni yanada og’irlashtirib yuboradi. Eskilik bilan yangilik, mutaassiblik bilan taraqqiyparvarlik o’rtasidagi kurash Buxoroda ham XX asrning boshlarida jadidchilikni yuzaga keltirdi. 1917 yilga kelib esa faol ijtimoiy-siyosiy va demokratik kuchga aylandi. «Yosh Buxoroliklar» firqasi paydo bo’ldi. Abduvohid Burhonov (Markaziy Ko’mita raisi), Usmon Ho’jayev (Usmonho’ja Po’latho’jayev), Muso Saidjonov, Abdurauf Fitrat, Ota Ho’jayev, Mirkomil Burhonov, Fayzulla Ho’jayev, Sadriddin Ayniy, Fazlitdin Mahsum va boshqalar bu firqaning faollaridan edilar. Uning dastlabki faoliyati davlat boshqaruvi va yer-suv islohotini o’tkazish harakatidan boshlandi. «Yosh Buxoroliklar» amir hukmronligini yevropacha konstitusiyaviy monarhiya bilan almashtirmoqchi bo’ldilar.
Buning uchun ular Rossiya va Turkistondagi komfirqa hamda sho’ro hukumati tazyiqi ostida Amir Olimhonni 1917 yil 7 aprelda islohot o’tkazish haqidagi Manifestga imzo chekishga majbur etdilar. Bu voqeani F. Ho’jayev boshliq bir guruh ko’cha namoyishiga chiqish bilan kutib oladi. Musulmon dunyosida g’ayrimusulmonlar alohida yashashi, o’z diniy e’tiqodiga oid ko’cha marosimlarini faqat o’z mahallasida o’tkazishi odatga aylangan edi. Buxoroda ham shunday edi. Bu musulmonlar orasida norozilikka sabab bo’ldi. Ko’chada 5-7 ming olomon to’plandi. Amir qo’rqqanidan xalqni tarqatib, jadidlarni ushlab kaltaklatadi. Kaltak zarbidan o’lganlar ham bo’ldi. Namoyish fojeaga aylandi. Jadidlar esa ta’qib ostiga olingach, horijga ketishga majbur bo’ldilar. Shundan so’ng F. Ho’jayev va boshqalar fevral inqilobiga ishonib Turkiston hukumati boshlig’i, bosqinchi Kolesovdan harbiy yordam so’raydilar. Uning uchun bu ayni muddao bo’ldi. U katta armiya bilan 1918 yil martining birinchi kunlarida Buxoroga bostirib bordi. Biroq Amir Olimxon sarbozlaridan yengilib, Qiziltepa degan joyda sulh tuzishga majbur bo’ldi. Buxoro Rossiya vassaligidan chiqadi. Rossiya sho’ro hukumati Buxoroning mustaqilligini rasman tan olib, katta tovon to’lash majburiyatini ham oladi. Lekin bunga Rossiya rioya qilmay, Buxoroning ichki ishlariga aralashaveradi. Kolesov hujumining konli fojeasi amirlikda siyosiy tenglikni yanada kuchaytirdi. Juda ko’p begunoh odamlar hon tomonidan qirg’in qilindi. Jadidlar orasida «Kolesov hujumi»ning uyushtirilishiga qarshi bo’lganlar ham ko’p edi. Amir qatag’onligidan qochib, jadidlar Qizil armiya safiga kiradilar, ular Toshkent, Samarqand va boshqa joylarda Rossiya homiyligida boshpana topib, kommunistlar yordamida amirni ag’darishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar.
Kolesov bosqinidan so’ng «Yosh Buxoroliklar» firqasi avval uch, so’ng ikki guruhga bo’linib ketdi. Ular alamzada sho’ro hukumati va komfirkasi yordamida A. Burhonov rahbarligidagi Buxoro komfirqasi va F. Ho’jayev boshliq «Yosh Buxoroliklar»ning inqilobiy firqasiga birlashdilar. Bu ikki rahbar va firqa a’zolari orasida jiddiy o’zaro kelishmovchiliklar bo’lsa-da, ularga Moskva va Toshkentda «katta g’amho’rlik» ko’rsatiladi. Komfirqaning «Tong» jurnali va «Qutulish» gazetasi, inqilobchilarning «Uchqun» gazetasi Toshkentda bosilib, Buxoroga tarqatilib turiladi. Sho’ro hukumati va komfirqasi Buxoroga inqilobni «eksport qilish» orqali uni bosib olish uchun mablag’ va «yordami»ni ayamadi. Shunday bo’lsa-da, bu firqa qovushmadi.16 F. Ho’jayev o’z firqasining to’g’ridan-to’g’ri Rossiya komfirqasiga qo’shib olinishini so’rab Leninga xat yozadi. Biroq Lenin F. Ho’jayev dasturiga firqa shariat udumiga rioya qilishi ko’satilganligi sabab, bunga rozi bo’lmaydi. Ammo u F. Ho’jayevga har tomonlama «yordam»ni kuchaytiradi. Qizil Armiya Buxoroga bostirib kirib, amir hokimiyatini ag’dargandan keyin hukumat tarkibiga kirgan yosh Buxoroliklarning inqilobiy firqasi Buxoro komfirqasiga qo’shiladi. Buxoro komfirqasi Rossiya komfirqasi va sho’ro hukumati homiyligida tashkil topadi va hokimiyatni egallaydi. Sho’ro tarixida Buxoro xalqi «Yosh Buxoroliklar» tuzgan komfirqa rahbarligida inqilobga ko’tarilib amirni ag’dardi, degan yolg’on tushuncha bor. Xalq amirdan norozi bo’lsa-da, inqilobga ko’tarilmagan. Unda inqilob tushunchasining o’zi ham bo’lmagan. Rus kommunistlari huddi Turkistonda bo’lgandek, Buxoroni ham inqilob niqobi ostida katta harbiy kuch bilan bosib oldilar.
Ular amirdan jabrlangan, alamzada jadid va boshqalarni kommunistik va «inqilobchi» qilib tayyorladilar. Buni Buxoro «inqilobi»ga rahbarlik qilgan «Harbiy inqilobiy byuro»ning tarkibi ham isbotlab turibdi. Undagi 6 kishidan faqat ikkitasi (N. Husinov va F. Ho’jayev) Buxorolik, qolganlari esa Buxoroga dahli bo’lmagan sho’ro hukumati hamda komfirqasining bosqinchi vakillari edilar. «Harbiy inqilobiy byuro», ya’ni bosqinchilar byurosi rahbarligida 1920 yil 29 avgust erta tongdan Frunze qo’mondonligidagi 12 ta bombordimonchi samolyot, 74 ta zambarak va pulemyot, 10 ming askarga ega bo’lgan Qizil Armiya mustaqil Buxoro mamlakatiga hujum boshlaydi. Buxoro 1918 yildagi Qiziltepa sulhidan so’ng Rossiya vassaligidan chiqqan edi. Amir Olimxon 1 sentyabr kuni shahar va xalqni asrash maqsadida, Frunze bilan kelishgan holda shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Hokimiyat «Inqilobiy qo’mita» qo’liga o’tadi. 6 oktyabrda esa nomigagina chaqirilgan xalq vakillarining qurultoyida oldindan belgilab qo’yilgan «Buxoro Xalq jumhuriyati» va uning hukumati tashkil etiladi. Shunday qilib, sho’ro bosqinchilari tomonidan Buxoro amirligi tugatildi va Buxoro Xalq jumhuriyati tashkil topadi.17 Birinchi kundan boshlaboq Rossiya Buxoro hukumatining mustaqilligini tan olsada, to’g’ridan-to’g’ri uning ichki ishlariga aralashib, unga o’z ta’sirini o’tkaza boshlaydi. Shuning uchun ham Buxoro hukumatining ko’pgina rahbarlari o’zlarining aldanganliklarini anglab yetadilar va tezlikda milliy-ozodlik urushi – «bosmachilik» tomon o’tib ketadilar. Amirlik xazinasida o’zbeklarning mang’it urug’i sulolasiga tegishli oltinu zebu ziynatlardan iborat juda katta boylik to’plangan edi. Bu boylik chorakam ikki asr davomida hech kamaytirilmagan, aksincha, doimo to’ldirib turilgan, siyosat, harbiy va boshqa sarf-harajat talab qiladigan ishlarga butunlay dahlsiz hisoblangan va o’ta mahfiylikda saqlangan. Hatto undan xabardor bo’lganlar o’ldirilgan, degan ma’lumotlar ham bor. Uning miqdori haqida aniq ma’lumot bo’lmagan. Ochlikdan sillasi qurigan Rossiya va uning yo’qsil sho’ro hukumati, komfirqasini qiziktirgan narsa ham eng avvalo mana shu afsonaviy boylik bo’ldi. Shuning uchun ham bosqinchilar sulh shartlarini buzib, Buxoroni tezda bosib oldi. Frunze boshliq Qizil armiya bu oltin zahirasini hamda Buxoro shahri xalqining qo’lidagi boyliklarni ham talab, Rossiyaga olib ketdi. Bu oltinlar Rossiyani ochlikdan qutqarib, Olmoniyaga to’laydigan tovonni (kontribusiyasi)ni yengillashtirdi. Hokimiyat bosib olinishi bilanoq, sho’ro hukumati va komfirqasining vakillari hamda missionerlari Buxoroda hukmronlik qila boshlaydilar. Bundan norozi bo’lganlar «bu istiqlolmi yo bosib olishmi?» deb tashvishlanadilar. Hatto Turkkomissiya a’zosi G. Safarovning ichki mustaqillikka doir ishlarga aralashgani uchun uning ustidan Moskvaga shikoyat ham yoziladi. Umuman, bosqinchilar mahalliy hukumat rahbarlari orasida ihtilofni ham kuchaytirib, bundan ustalik bilan foydalanadilar. Mana shuning uchun ham Buxoro hukumati rahbarlarining ko’pchiligi kommunistik bosqinga qarshi ko’tarilgan «bosmachilik urushi» tomon o’tib ketadilar. Bu urushga Amir Olimxonning o’zi Afg’onistondan turib rahbarlik qildi. Istiqlol harakati kuchlari asosan Sharqiy Buxoroda to’planib, sho’ro bosqiniga qarshi muvaffaqiyatli urush olib bordi. Bu urush O’rta Osiyodagi «bosmachilik urushi»ning ajralmas qismi sifatida uzoq yillar davom etdi. Biroq, kuchlar nisbati teng bo’lmaganligi va o’zaro birlik yo’qligi sabab u yengildi. 1920 yil 29 avgustda Frunze qo’mondonligidagi 12ta bombordimonchi samolyot, 74ta zambarak va pulemyot, 10 ming askarga ega bo’lgan Qizil Armiya mustaqil Buxoro mamlakatiga hujum boshlaydi. Buxoro shahriga to’rt kun berilgan uzluksiz katta zarba va yetkazilgan zararlardan so’ng Amir Olimxon 1 sentyabr kuni shahar va xalqni asrash maqsadida, Frunze bilan kelishilgan holda shaharni tashlab ketishga majbur bo’ladi. Hokimiyat inqilobiy qo’mita qo’liga o’tadi. 6 oktyabrda esa nomigagina chaqirilgan xalq vakillarining qurultoyida oldindan belgilab qo’yilgan «Buxoro Xalq Jumhuriyati» va uning hukumati tashkil etiladi. Shunday qilib, sho’ro bosqinchilari tomonidan Buxoro amirligi tugatiladi va Buxoro Xalq jumhuriyati tashkil topadi. Birinchi kundan boshlaboq Rossiya Buxoro hukumatining mustaqilligini tan olsa-da, to’g’ridan-to’g’ri uning ichki ishlariga aralashib, unga uz ta’sirini o’tkaza boshlaydi.
Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jadidchilik harakati namoyondalari tomonidan yaratilgan boy ma`nayiv meros yoshlarimizni maktab va maorif soxasidagi davrlashtirish, ta`lim soxasida yangi yo`nalishlarni yaratilishi, milliy tiklanish, xurfikrlilikni targ`ib qilishlari bilan ajralib turadilar. Endilikda O`zbekiston mustaqilligi, mustamkamlangan bir davrda, uning tarixini xakikiy ilmiy asoslarda, kayta yaratish imkoni tugildi. Buni yoritish borasida biz uz xissamizni kuta olsak nixoyatda shod va xalkimiz tarixiy mafkurasini yoritishda ularga xamdard bular edik. Bu maksad izlanishlarni, manbalarini yanada chukurrok, taxlil kilishga undaydi.
Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, jadidlarning ilgor vakillari oktyabr tuntarishidan keyin xam Turkiston xalklari takdirida maktab - maorif, ta’lim - tarbiyaga boglik ishlar xamon kungildagidek yulga kuyilgani yuk deb, matbuotda dadil chikib turdilar. Bexbudiy, Fitrat, Vadud Maxmud singari olim va yozuvchilar 1918 - 1925 yillarda shu mavzuda kator ilmiy va badiiy asarlar, publistik maqolalar yozdilar.
"Bizning eng katta dardlarimizdan biri, shubxasiz, jaxolat dardidir. Boshimizga xar balo kelsa, shu bilimsizligimizdan keladir - deb yozadi Vadud Maxmud - Biz xar mushtesak, shu bilan etish bilan birga bu soxadagi shovinjonik fikrlar fosh etiladi.
ХХ asr o`zbеk istiqlolining tamal tоshi bo`lib хizmat qilgan jadid estеtikasi o`zining gеnеzisi, umumjahоn va milliy asоslari nеgizida yaхlit madaniy hоdisa sifatida yuzaga kеlgan. Milliy uyg`оnish davri o`zbеk hurriyatini rad etib bo`lmaydigan dalillar va aniq ilmiy pirintsip asоsida davrlashtirildi. Jadidlarning yuzdan оrtiq vakillari ilmiy jamоatchilikka tanishtirildi va ularning ilmiy faоliyati ustida tadqiqоt ishlari оlib bоrildi.
Хususan, bu davr оralig`ida bir qatоr adabiyotshunоs оlimlarimiz fidоyilarcha ish оlib bоrdilar; jadid mutafakkirlarining unutilayozgan nоdir asarlarini kеng kitоbхоnlar оmmasiga taqdim etish barоbarida adabiyotimizni har хil sохta mafkuralardan tоzaladilar, milliy o`zlikni anglash sari ildam qadamlar tashladilar.