Mavzu: XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va uning oqibati. Kirish


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 45,06 Kb.
səhifə2/10
tarix21.05.2023
ölçüsü45,06 Kb.
#118971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashti

Kurs ishining maqsad va vazifalari.
XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va uning oqibati mavzusini tarixiy tahliliy jihatdan o’rganish.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

  • XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining siyosiy ahvolini o’rganish;

  • XX asrning boshlarida qishloq xo’jaligidagi ahvol va jamoalashtirish siyosatining boshlanishini tahlil qilish;

  • Ommaviy jamoalashtirish siyosati kolxozlarning davlat tasarrufiga olinishini ochib berish;

  • Jamoa xo’jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va suv inshootlari qurilishini yoritib berish.

Mavzuning o’rganilish darajasi.

Barcha ijtimoiy fan vakillari, tarixchi olimlar O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy hayoti tarixi bilan doimo qiziqib kelganlar. O‘tgan yillar mobaynida tarixshunos fani ushbu mavzuga oid ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi. O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy hayoti tarixi masalalariga 20-30 yillaridayoq e'tibor berila boshlandi. Bu yillarda asosan matbuot maqolalari va xajmi unchalik katta bo‘lmagan asarlar yaratilib, ularda O‘zbekistondagi sotsialistik o‘zgarishlar jarayoni o‘z aksini topgan edi. Bu asarlar ko‘pincha davlat rahbarlari tomonidan yozilgan bo‘lib, ilmiy jihatdan qimmatga ega bo‘lmagan, ko‘proq targ‘ibotchilik xarakteriga ega bo‘lgan asarlar edi. Shu bilan birga o‘sha davrda yaratilgan asarlar garchand chuqur tahlil etilmagan, nazariy jihatdan umumlashtirilagan bo‘lsa-da, xujjatli dalillar asosida, tarixiy voqyealar sodir bo‘lgan vaqtda yaratilganligi bilan qimmatlidir. G.Safarov, A.Ikromov, S.Xo‘janov, D.Manjara, T. Risqulov, F.Xo‘jaev va boshqalarning asarlari ana shunday asarlar jumlasiga kiradi. O‘zbekistonning bu sohadagi tarixini o‘rganishga X.Inoyatov, X.Tursunov, A.A'zamxo‘jaevlar o‘ziga xos xissa qo‘shdilar. Shuningdek, tarix fanining ushbu sohasiga hozirgi kun nuqtai nazaridan yangicha yondashuv R.H.Aminova, F.B.Is’hoqov, R.X.Karimov, D.A.Alimova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari va asarlarida ifoda etiladi.



Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin