Mavzu: XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va uning oqibati. Kirish


XX asrning boshlarida qishloq xo’jaligidagi ahvol va jamoalashtirish siyosatining boshlanishi



Yüklə 45,06 Kb.
səhifə4/10
tarix21.05.2023
ölçüsü45,06 Kb.
#118971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashti

1.2. XX asrning boshlarida qishloq xo’jaligidagi ahvol va jamoalashtirish siyosatining boshlanishi.
Kollektivlashtirish siyosati V.I.Lenin ilgari surgan sosializm qurish rejasining tarkibiy qismidir. Taniqli tarixchi olima Rahima Aminova kollektivlashtirishga baho byerib bunday degan edi: «Kollektivlashtirish -ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi o’rnatilishining naq o’zginasidir. Partiyaviy-g’oyaviy siyosat hukmronligi tufayli yuzaga kelgan kollektivlashtirish nazariyasi va tajribasi bugunga kelib chilparchin bo’ldi. Kishining ishlab chiqarishdagi mehnatiga haq to’lov o’zaro tenglik asosiga qurilganidan bu siyosat o’zini oqlamadi. Tabiiyki, moddiy manfaatdorlik bo’lmagan joyda tashabbuslar ham so’nadi. Tashabbus, izlanish bo’lmagan joyda yesa, ish orqaga ketadi. Buning ustiga hayotning o’zi kollektivlashtirish muommosini ko’tarib chiqmagan edi. Nazazariyas’hilar asrlar osha shakllanib kelgan ishlab chiqarish usullariga bepisand qaradilar. Zo’ravonlik bilan o’tkazilgan siyosat ko’plab ishbilarmon, tadbirkor odamlarning ishga, yerga bo’lgan munosabatini sovitdi. Ye’tirof yetmoq joizki, bugungi dasturxonimizning g’aribligi ham, ko’r jihatdan qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish «samarasidir». Sovet hukumati va kompartiya mustamlaka asoratidagi o’lka xalqlarini qul o’rnida ishlatib hisobsiz foyda va daromad olishning yeng maqbul shakli bo’lgan kollektivlashtirish siyosatini amalga oshirish uchun ayyorlik va ustamonlik bilan uzoq tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Bu borada amalga oshirilgan yer-suv islohoti muhim o’rin tutadi.
O’tkazilgan yer-suv islohotining asosiy maqsadlaridan biri, o’lkaga ko’chirib keltirilgan rus zamindorlarining yerlarini mahalliy dehqonlarning yerlari bilan tenglashtirish edi. Chunki bu rus kelgindi mujiklari Chor ma’murlaridan juda katta hajmdagi syerunum yaxshi yerlarni olgan edilar. Sovet hukumati bu bilan o’zini go’yo mahalliy mehnatkash xalqning «g’amxo’ri» va «mehriboni» qilib ko’rsatmoqchi bo’lgan edi. O’lkada yer-suv islohoti sovet hukumatining («Yer to’g’risid») gi dekreti asosida amalga oshirildi va uning bosh maqsadi qishloqda sinfiy tabaqalanishni kuchaytirishdan iborat edi. Sovet va kompartiya korchalonlari bu yerda ham «bo’lib tashla, hokimlik qil)) qabilida ish yuritdilar, qishloq aholisini boy va kambag’allarga bo’lib ularning sopini o’zidan chiqarib bir-bir-lariga qarshi gijgijladilar. 1921-yilda tashkil etilgan «Qo’shchi» ittifoqi xuddi ana shu maqsadda tuzildi. 20-yillarning o’rtalaridayoq uning saflarida 160 ming nafarga yaqin a’zo bor edi. Vu ittifoqqa asosan Yersiz va kam yerli kambag’al dehqonlar uyushar edi. Uning faoliyati bolsheviklar tomonidan boshqarilar edi. «Qo’shchi» ittifoqi boylar va ruhoniylarning yerlarini tortib olib, yersiz va kam yerli dehqonlarga bo’lib byerardi. 1921-1922-yillarda o’tkazilgan yer-suv islohoti natijasida Sirdaryo, Farg’ona, Yettisuv viloyatlari, Turkman viloyatining Marv uyezdida 1.722.626 desyatini yer musodara qilindi. Ana shu yerlardan 117.512 desyatinasi yersiz va kam yerli o’zbek dehqonlariga byerildi va 3 ming xo’jalik tashkil yetildi. Dehqonlarga yer bilan birgalikda 1.517 ot, 87 tuya, 1042 sigir va 133 yeshaklar ham taqsimlab byerildi. Bundan tashqari qishloq kambag’allariga mehnat qurollari ham ulashildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm ua Qoraqalpog’iston vilo-yatlarida yer-suv islohoti 1928-1929-yillarda o’tkazildi. 1924-yil, 1-noyabrda tashkil etilgan Qashqadaryo viloyatida yer-suv islohoti 1929-yil bahorida yakun topdi. Bu o’tkazilgan tadbir natijasida katta yer yegalari yo’q qilindi, amirlikning katta amaldorlari va savdogarlari xo’jaliklari tugatildi.
Ayni paytda sovet hukumati o’z yerida halol mehnati bilan kun ko’radigan dehqon xo’jaliklami ham islohot girdobiga tortib quloqlarga aylantirgan, ularning yer-suvi, ot-ulovi va bor-bisotidan mahrum yetgan edi. Qashqadaryo viloyatida ko’rsatilgan sabablarga ko’ra musodara etilgan yerlar 17.906 tanob sug’oriladigan va 7.315 tanob lalmikor zamindan iborat bo’lib, jami 2531l,23 tanobni tashkil yetgan edi. Yer-suv islohoti 1929-yilda o’tkazilgan Qoraqalpog’istonda 300 dan ortiq yarim zamindor yer yegalarining xo’jaliklari musodara.qilindi. 5000 dan ortiq boylarning yerlari tortib olindi. Xorazm okruglda 458 xo’jalik, Farg’ona okrugida 1541 xo’jalik tugatildi. Jami bo’lib butun O’zbekis- ton bo’yicha o’tkazilgan yer-suv islohoti natijasida 4801 ta xo’jalik quloq xo’jaligi sifatida tugatildi, 23036 xo’jalikning ortiqcha yerlari tortib olindi, yer jamg’armasiga 474393 desyatina yer qo’shildi. U yerlar bilan birga ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilingan edi. Mamlakatda yer-suv islohotini amalga oshirish ishlari bilan viloyat, okrug va tumanlar yer komissiyalari shug’ullandilar. Ularga yordam berish us’hun qishloqlarda yordamchi komissiyalar tuzildi. Xullas O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohoti natl-jasida respublika qishloq aholisining tarkibida bir qator jiddiy o’zgarishlar bo’ldi, Kambag’al dehqonlar kamayib o’rtahol dehqonlar salmog’i ortdi. Jumladan yer-suv islohotiga qadar kambag’al dehqonlar guruhi barcha dehqonlarning 76 foiziga teng edi. yer-suv islohotlidan keyin esa, ularning salmog’i 30 foizga qisqardi va aksins’ha o’rtahol dehqonlarning salmog’i 17 foizdan 52 foizga ortdi.
Oktabrning o’n yillik bayrami nishonlanish arafasida O’rta Osiyo Byurosining «Za partiyu» nashri 1927-yil, sentabr sonida, kambag’al turkistonliklarning o’zlariga bo’lib byerilgan tomorqalarni avvalgi yegalariga o’z xoxishlari bilan qaytarib berishgani haqidagi bir qancha hodisalarni keltirgan. Hatto, yerlarni zo’rlik bilan mahalliy hokimiyat tazyiqida bo’lib berish hollari ham yuz byergan.
«Pravdo Voctoka» gazetasi 1928-yil, 2-sentabr sonida quyidagi juda bir qiziq rasmiy ma’lumotni byergan edi: «Boylarning o’zboshimchalik bllan o’z yerlarni tortib olish hollari sodir bo’lgan. Bunaqa hodisalar, auniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida ko’p takrorlanmoqda. ... o’z xohishlari bilan yer olishdan voz kechayotganlar ham uchrab turibdi. U yoki bu shaklda boylaming yerlarini tortib olishga uo’l qo’ygan yoki qo’l qo’ylshayotgan ba’zi qishloq va rayon ijroiya qo’mltalari xodimlriga qarshi biz qattiq choralar ko’rishimiz zarur». O’zbekistonda yer-suv3 islohoti o’tkazilishi davrida kompartiya va sovetlarning agrar siyosatiga qarshi norozilik harakati keng tus oldi. Natto tyerors’hilik keng tus olgan. Faqat 1928-yilning o’zida O’zbekistonda 218, 1929-yilda 429, 1930-yil, yanvar-aprelida 106 jami 653 tyerrorchilik hodisalari yuz bergan.

`


Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin