Mavzu: Yallig‘-qaytaruvchi eritish pechi Reja



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə4/4
tarix14.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#178395
1   2   3   4
Yallig‘-qaytaruvchi eritish pechi

IAT-6M2 induksion pechi
Pechni texnik xarakteristikasi:
- pechni ishchi sig‘imi - 6 tonna;
- ishchi harorati - 7500C;
- tigel (o‘tga chidamli gildan qiilingan qozon) ning razmerlari - diametri 1357 mm, metall oynasigacha balandligi - 730 mm;
- transformator quvvati - 1600 kVt;
- eritish vaqti - 3 soat;
- sovutuvchi suvning umumiy sarfi - 12,5 m3/soat;
- unumdorligi 1,35 t/soat.
Metall quyuvchi mashinaning texnik xarakteristikasi:
- uzunligi - 15 metr;
- harakatlanish tezligi - 2,5 m/min;
- unumdorligi 6 t/soat.
qoliplar cho‘yandan tayyorlanib, bir smetada bir marotaba olov bardosh qum eritmasi surkaladi. 1 tonna alyuminiy qotishmasini olish uchun 1050-1100 kg metall sarf bo‘ladi. Eritish natijasida juda ko‘p miqdorda zaharli gazlar ajralib chiqadi. Sex atmosferasidagi zararli gazlarning ruhsat etilgan konsentratsiyasi quyidagicha:

  • uglerod oksidlari, 20 mg/m3 gacha;

  • ruh oksidi, 6 mg/m3 gacha;

  • qo‘rg‘oshin oksidi, 0,01 mg/m3 gacha.

Alyuminiy eritmasini tozalashda IAT-6M2 pechida eritish sxemasiga quyidagilar qo‘shiladi:
- eritmalarni bug‘ va inert gaz aralashmalari bilan ishlov beruvchi kovsh;
- aylanuvchi grafitli rotor;
- jelob (nov);
- seolit yoki mayda teshik-teshikli, g‘ovaksimon silikagel to‘ldirilgan, elektr yordamida qizdirilgan ikkita paralel ishga tushirilgan adsorber;
- elektr yordamida qizdirilgan bug‘latgich;
- gaz lampa;
- yuqori va past bosim monometrlari;
- gaz reduktorlari;
- ikki shkalali gaz sarfini o‘lchovchi asbob;
- RS - 5 markali rotometr;
- ventilyasiya va gaz o‘tkazish sistemalari.
Tozalash 2,5 tonna hajmli kovshda olib boriladi. Eritmaga bug‘ bilan ishlov berishda grafitli rotor yoygich ishlatiladi.
Sexdagi elektr energiya, yoqilg‘i, gaz, flyus va olov bardosh g‘ishtlarni sarfi 6. 3-jadvalda keltirilgan.
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin