2. Yalpi ichki mahsulotni harajatlar usulida hisoblash
Xarajatlar usuli bo’yicha YAIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi xarajatlar kiradi. Umumiy ko’rinishda ushbu ta’rifni quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin:
YAIM=UPI+IN+JPI+SE ,
bu erda,
YAIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport – import).
Xususiy iste’mol xarajatlari. MHT atamalarida uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari xususiy (shaxsiy) iste’mol xarajatlari deb yuritiladi. Uy xo’jaliklarining shaxsiy iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol tovarlari va turli xizmat turlari uchun iste’mol xarajatlari. Yuqorida keltirilgan formuladagi “UPI” mamlakat aholisining qayd qilingan xarajatlarini yig’indisi sifatida aniqlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, ushbu xarajatlarning YAIMdagi ulushi boshqa harajatlarga nisbatan katta miqdorni tashkil qiladi. 1-jadval
O’zbekiston Respublikasi YAIM tarkibida uy xo’jaliklari pirovard iste’mol xarajatlari ulushi dinamikasi