Mavzu: yalpi talab va yalpi taklif 1-§. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


-chizma. YAlpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbat



Yüklə 245,03 Kb.
səhifə12/15
tarix12.06.2022
ölçüsü245,03 Kb.
#61281
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Yalpi talab va yalpi taklif

6-chizma. YAlpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbat.
Albatta, real hayotda bunday to‘la muvozanatlilik sodir bo‘lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo‘yicha mos kelish hollari uchrab turadi. YAlpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.
YAlpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
YAlpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi kesmasida ro‘y berishiga qarab o‘ziga xos xususiyat kasb etadi.
YAlpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini yotiq kesmada kesib o‘tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o‘sishi milliy ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib keladi. Biroq, bu o‘zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o‘zgarishisiz ro‘y beradi (7-chizma).
CHizmadan ko‘rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o‘sishiga taklif egri chizig‘i bo‘yicha muvozanat nuqtasining o‘ng tomonga silijishi orqali javob beriladi. YA’ni, AD1dan AD2ga qadar o‘sgan talab miqdori iqtisodiyotda to‘liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Q1dan Q2ga qadar o‘stirish orqali qondiriladi.

R
AS








R1
AD2
AD1

0 Q1 Q2 Q

Yüklə 245,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin