Mavzu: yalpi talab va yalpi taklif 1-§. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 245,03 Kb.
səhifə10/15
tarix12.06.2022
ölçüsü245,03 Kb.
#61281
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Yalpi talab va yalpi taklif

Bozordagi hukmronlik. Resurslarni etkazib beruvchilarning bozordagi hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik - narxlarni raqobat mavjud bo‘lgan sharoitdagidan ancha yuqori o‘rnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning ishonchli misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 70-yillarda OPEK mamlakatlari neft narxini o‘n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin ko‘paytirdi. 80-yil o‘rtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi.
2. Samaradorlikning o‘zgarishi. Samaradorlik - bu 2-bobda aytganimizdek, milliy ishlab chiqarish real hajmining sarflangan resurs miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik - bu xarajat birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarishning o‘rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish real hajmi ko‘rsatkichidir. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko‘proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo‘llash kabi omillarning o‘zaro ta’siri samaradorlikning o‘sishi va yalpi taklifning oshishiga olib keladi.
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko‘payishi yalpi taklifning qisqarishiga olib keladi.
3. Huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi. Korxonalar o‘z faoliyatida amal qiladigan huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o‘zgartirishi mumkin.
Huquqiy me’yorlar o‘zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o‘zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o‘zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar)ning ko‘payishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko‘paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o‘zgarishi ham ko‘p hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni o‘zgartiradi.



Yüklə 245,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin