7-chizma. YOtiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi. Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o‘zgarishsiz qoladi (8-chizma).
P
AS
P2
P1 AD2 AD1
0 Qs Q
8-chizma. Tik kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi. CHizmadan ko‘rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining AD1dan AD2ga oshishi faqat narx darajasini R1danR2ga qadar o‘sishiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potensial daraja - Qs hajmida qolmoqda. CHunki bu chegarada iqtisodiyot o‘zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo‘lgan hisoblanadi.
Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi bir vaqtning o‘zida milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi (5-chizma). CHizmadan ko‘rinadiki, yalpi talabning AD1danAD2ga o‘sishi yalpi taklif egri chizig‘i bo‘ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Q1dan Q2 ga qadar ko‘payishiga olib kelmoqda. Biroq, bu ko‘payish ayni paytda narxlar darajasini ham R1dan R2ga oshirmoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish resurslari asta-sekin to‘la bandlik holatiga o‘tayotganligini, qo‘shimcha quvvatlarning ishga tushirilishi tobora o‘sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. P
AS