Mavzu: yalpi talab-yalpi taklif modeli reja: Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab tushunchasi va grafigi


P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə3/6
tarix03.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#151804
1   2   3   4   5   6
Yalpi talab va yalpi taklif moduli

P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar
darjasining oshishi, jamg’arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real
xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning
real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste’mol xarajatlar miqdorini
qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech
ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflatsiya ta’sirida mashina
narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln.
so’m to’plash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini
jamg’aradi.
Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi bolganligi tufayli uning kamayishi
ADning pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy P↑ → aktivlarning ↓ → C↓ (S↑ ) → AD↓real qiymati
Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va o’z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMgatalab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta’sir ko’rsatadi.


P↑→ X↓ (M↑)→Xn↓ →AD↓

Yuqorida ko’rib o’tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi.


Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog’liq bo’lmagan omillari ham mavjud. Bu
omillardagi o’zgarishlar yalpi talabning miqdorida o’z aksini topadi va uning egri
chizig’ini chapga yoki o’ngga siljitadi (1-rasm). Yalpi talabning bahoga bog’liq
bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:
1. Iste’mol xarajatlaridagi o’zgarishlar:
a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o’zgarishi;
b) iste’molchilar kutishi;
v) iste’molchilarning qarzlari miqdorining o’zgarishi;g) iste’molchilar
daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi.
2. Investitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar:
a) foiz stavkasidagi o’zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda
normasining o’zgarishi;
v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi;
g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi;
d)zahiradagi quvvatlar o’zgarishi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin