3. Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4. Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar.
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi.
b) valuta kurslaridagi o’zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpitalabning narxlarga bogliq bo’lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M)
va pulning aylanish tezligi (V) dir.
Yalpi talabning bahoga bog’liq bo’lmagan omillari ta’sirida AD egri chizig’i
O’ngga yoki chapga siljiydi (1-rasm). Natijada ma’lum baho darajasiga mos
keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o’zgaradi.Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig’ining o’ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo’lgan holatlarda AD egri chizig’i chapga siljiydi.
qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif
tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo’llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o’sib borishi bilan o’sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig’i alohida tovar taklifi egri chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko’tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (2-rasm). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi
uning potensial hajmidan, ya‟ni to’liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo’lgan
hajmidan kamdir.
Demak, bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo„lgan va katta miqdordagi
resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko’rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir ko’rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o’zgarmay qolgan sharoitda ro’y beradi. Yalpi taklif egri chizig’ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: