Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif modeli Reja


chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/8
tarix07.03.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#86916
1   2   3   4   5   6   7   8
Yalpi talab - yalpi taklif modeli

chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1 dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.

Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.
Xulosa

Iqtisodiyotni eng oliy muommosi bo’lmish “cheklangan resurslardan insonlarning cheksiz extiyojlarini qondirish” masalasi bugungi kunda axoli demagrafiyasini oshishi natijasida qiyinlashib bormoqda. Talabning oshishi taklifni oshishiga olib kelmoqda. Buning natijasi o’laroq xar bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat yalpi ichki maxsuloti va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlari oshib borayotganidan ko’rish mumkun. Yalpi talab va yalpi taklifni muvozanatga keltirish avvalom bor turmush darajasi yaxshilanishiga va ishsizlikni oldini olishga yordam beradi. Respublikamizda yalpi talab va yalpi taklif muvozanatlashuvini amalga oshiruvchi markaziy bank va moliya vazirligi bo’lsa, uning xisobini Respublika statistika bo’limi shug’ullanadi. Yuqoridagi malumotlar stat.uz saytidan olindi. Shuni aytishimiz mumkinki biz makroiqtisodiy tahlil kursini o’rganish bilan uning real voqelik, yani bizning atrofimizda bo’layotgan hodisalar, qaysiki iqtisodiy sohadagi, u albatta barcha sohalarga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi, o’zgarishlarni tushunishimiz hamda ulardan unumli foydalanish, boshqa so’z bilan o’z ma’nfaatimiz yoki butun jamiyat manfaati yo’lida oqilona foydalanish uchun imkon beradi. Bundan tashqari talabning o’zi nima ekanligini anglaganimiz holda, uning o’zgarishida qanday omillar ro’l oynashini bilishimiz biz yaqin kelajakda o’z xususiy sektorimizda yoki jamoat birlashmasida bunday o’zgarishlarni oldindan sezishimiz va o’z o’rnida kerakli xulosalar chiqarib eng muhim bo’lgan chora tadbirlarni amalga oshirish uchun strategik rejalar tuzish uchun juda muhim ekanligini anglashimiz mumkin. Bu esa, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish obektini kutilmagan iqtisodiy talofatlardan ximoyalash hamda nafaqat zarardan qochish balki o’zgarishlardan unumli va ongli ravishda foydalanish oqibatida keskin ravishda katta foydaga erishish va korxona yoki tashkilotning kelajagi uchun muhim bir qadam tashlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Shundan ko’rinadiki, talab ya’ni yalpi talabning o’zgarishini kuzatish juda muhim bir jarayon ekanligini anglab yetamiz.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin