17
2. Investitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar:
➢
foiz stavkasidagi o’zgarishlar, bu erda Keyns samarasi emas, balki
foiz stavkasini boshka narxlar darajasiga bog’lik bo’lmagan o’zgarishlari nazarda
tutiladi. Masalan, pul massasining oshishi foiz stavkasini pasaytiradi va natijada
investitsiya xarajatlari oshadi;
➢
investitsiyalardan kutilayotgan foyda me’yorining o’zgarishi, masalan,
iste’mol xarajatlarning oshishi kutilayotgan bo’lsa, ishlab chikaruvchilarning
kutilayotgan foydasi ham oshadi va natijada ular ishlab chiqarishga ko’proq
investitsiya qilishga moyil bo’ladilar;
➢
korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi, soliqlar
darajasining oshirilishi korxonalarning kapital qo’yilmalardan olgan foydasini
kamaytiradi va natijada ular kamrok investitsiya qiladi;
➢
yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi, yangi va
takomillashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilish uchun ishlab
chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib oladi;
➢
zahiradagi quvvatlar o’zgarishi, zahiradigi ishlab chiqarish quvvatlari
miqdori yuqori bo’lsa, ishlab chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib olishni va yangi
inshootlar qurishni to’xtatib qo’yyadilar.
Dostları ilə paylaş: