28
- ishlab
chiqarish
hajmi faqatgina ishlab
chiqarish omi-
lari hajmiga va texnologiyalarga bog’liq va narxlar darajasiga bog’liq emas;
- ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o’zgarish sekinlik bilan ro’y
beradi;
- iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi
potentsial darajaga teng;
- narxlar va nominal ish haqi o’zgaruvchan, ularning o’zgarishi bozorlarda
muvozanatni ta’minlab turadi.
3. Oraliq kesma — ishlab chiqarish real hajmining o’sishi narxlar darajasining
o’sishiga mos ravishda o’sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning
pasayish holatidan to’liq bandlikka o’tishi notekis va turli vaziyatlarda ro’y beradi.
Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning
yotishmasligiga duch kelinsa, boshqa
tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo’ladi. Shuningdek,
ular ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun
yangi asosiy
vositalar
sotib
olish
va
malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to’g’ri keladi. Bu esa
mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada narxlar
darajasining o’sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki kamayishi narxga bog’liq bo’lmagan
omillar hisobiga ham ro’y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig’ini o’ng
yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Narxga bog’liq bo’lmagan omillarnig
xususiyati
shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir
qiladi va shu orqali yalpi taklif egri chizig’ining siljishiga sabab bo’ladi.
Bu omillar quyidagilardan iborat
1. Resurslarga bo’lgan talabning o’zgarishi:
ichki bozordagi resurslar miqdorining kamayishi ularning narxining
oshishiga olib keladi:
• er
resurslari;
• mehnat resurslari;
• kapital;
29
• tadbirkorlik qobiliyatlari;
➢
valyuta kursining o’zgarishi sababli import resurslar narxlaridagi
o’zgarishlar;
➢
bozordagi hukmronlik va monopoliya,
OPEK tomonidan neft
narxaning ko’tarilishi.
2. Ishlab chiqarish unumdorlikdagi o’zgarishlar .
3. Huquqiy me’yordagi o’zgarishlar:
➢
soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
➢
davlatning tartibga solish jarayonidagi o’zgarishlar, davlat tomonidan
iktisodiyotni tartibga solinishi oxiri oqibat ishlab chikarish xarajatlarini oshiradi.
Masalan, soliq turlarini ko’paytirilishi qo’shimcha buxgalterning xizmatidan
foydalanishga majbur qilishi mumkin, ya’ni davlat tomonidan iqtisodiyotni yuqori
darajada tartibga solinishi qog’oz ishini ko’paytiradi.