chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati
Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli
darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar
ta’sirida yalpi taklifning AS
1
dan AS
2
ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi
Y
1
dan Y
2
gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni
stagflyatsiya ro’y beradi.
34
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan
birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi
pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot
birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS
1
dan AS
3
holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va
ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy
o’sish holati ro’y beradi.
Yalpi
taklif
o’zgarishining
ta’siri
35
4. Talab va taklif tahlili asoslari.
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko‘p va keng
muammolarni hal qilishda universal vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday
muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar
o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta'siri;
narxlarni nazorat qilish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlarni
baholash; iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning,
subsidiyalarning, importga qo‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va
iste'molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta'siri va
hokazo.
Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‘rganish, ularning grafiklarini
tahlil qilishdan boshlandi. Ma'lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif
muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda
muvozanatni ta'minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o‘rnatiladi. Lekin,
qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba'zi bir xarakteristikalari
bilan bog‘langan? Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va qanday qilib ularga
umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta'sir qiladi? Nima uchun talab va
taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo‘yicha farq qiladi?
Nima uchun ba'zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish
uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz.
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da'vat
etadi, bozorga yangi firmalarni o‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta'minlaydi, ular
ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bo‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda
rentabel bo‘ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa
vaqt oralig‘ida intensiv bo‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig‘i (Demand) iste'molchilarning berilgan narxlarda qancha
miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga
ketishi, iste'molchilarning narx qancha past bo‘lsa, ular shuncha ko‘p mahsulot
36
sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko‘proq miqdorda
tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste'molchilarga esa hozir
u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.
Xom ashyo narxi pasayishining taklif egri chizig‘iga boshqacha ta'sirini,
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o‘zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan
ham, o‘zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat kamayadi
(xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya'ni uning
narxi dan ga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog‘liq
emas. Natijada, taklif egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. Umuman olganda, xom ashyo
narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta'sirini o‘rganishda, yuqorida keltirilgan ikki
hol ham xususiy hollardan bo‘lib, eng chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda esa,
xom ashyo xarajatlari kamayganda narx ham, tovar miqdori ham o‘zgarishi
mumkin. Bu o‘zgarishlar yangi taklif egri chizig‘ining talab chizig‘i bilan
muvozanatga kelishi bilan bog‘liqdir
37
Xulosa
Yalpi talab – bu barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat
tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish
mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bеvosita
bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida
istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni
ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda
ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab
chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu
narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning
mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.
Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar
ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisabtning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar
darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat
yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning
qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi
o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.
Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:
a) rеsurslar narxining o’zgarishi;
b) samaradorlikning o’zgarishi;
v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi.
Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv
mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog’liq emas; narxlar darajasiga bеvosita
bog’liq; yalpi taklifning o’sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o’zgarishsiz
qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig’i grafigi uchta kеsmaga ega: tik,
yotiq va oraliq kеsmalar.
38
Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri
chizig’ining kеynscha kеsmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq
kеsmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik
kеsmada esa – yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha rеsusrlar jalb
etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va
milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va
ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga
ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
|