27
Real hajmi chizma. Jami taklif egri chizig’i.
Yalpi talabning Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal
qilishini xarakterlaydi. Umumiy talabni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: -
iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to’liq band bo’lmagan sharoitda
amal qiladi;
- narxlar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam
ta’sirlanadi;
- real miqdorlar (ishlab
chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va
bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.
2. Vertikal yoki klassik kesma. Egri chiziq bo’yicha o’ngga surilishi natijasida
ishlab chiqarishning mavjud hajmida iqtisodiyot to’liq
bandlik sharoitiga yoki
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko’ramiz. Iqtisodiyot egri
chiziqning bu kesmasida o’zining ishlab chiqarish potentsiali darajasida bo’ladi.
Bu shuni bildiradiki, narxlarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining
oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to’liq quvvatda faoliyat ko’rsatayapti.
To’liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga
nisbatan resurslarga
yuqoriroq narxlarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat
qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish
hajmini
oshirishi, boshqalari uchun yo’qotishga olib keladi. Natijada bu
mahsulotlar narxi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o’zgarmay
qoladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
P
Dostları ilə paylaş: