32
ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko’rsatishimiz uchun
narxlarning muvozanatli darajasi Re emas, balki R1 deb hisoblaymiz.
Narxlar
darajasi R1 bo’lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Y1
miqdoridan oshirmaydi.
Iste’molchilar narxlar darajasi R1 bo’lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib
olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste’molchilar o’rtasidagi raqobat
narxlar darajasini Re gacha suradi. Narxlar darajasining R1 dan Re gacha
ko’tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va
iste’molchilarning talabini Y2 dan Ye gacha kamaytirishga olib kelali. Va bu AD,
AS to’g’ri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak,
aynan Re narx narxlarning
muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.
R AS
chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmadagi muvozanat
chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini Keyns kesmasida
kesib o’tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas.
Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning
muvozanatli hajmini Ye
va muvozanatli narxlar darajasini Re bilan belgilaymiz.
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu
hajmni Y
1
deb hisoblaymiz. U xolda AD
va xizmatlar hajmining ortishi ishlab chiqarishni Ye darajaga pasaytirilishiga olib
keladi. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y
2
deb hisoblacak, aksincha, AS
oqibatda korxonalarda tovar zaxiralari kamayib ularni
ishlab chiqarishni Ye
darajaga oshirishga undaydi. Shunday qilib aynan jami taklif va jami talabning
kesishish nuqtasigina AD-AS modelda muvozanat nuqtasi va shu nuqtaga mos
keluvchi ishlab chiqarish hajmi esa milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi
deyiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib
turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns
kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki
kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o’zgarmaydi.
33
Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu
ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o’zgaradi,
xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi
faqat narxlar
darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida
o’zgarmay qoladi.
Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi
talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.
Yalpi taklifning o’zgarishi muvozanat narxlar darajasiga va milliy ishlab
chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rib
chiqamiz.
0 Y1 Ye Y2
Y
Dostları ilə paylaş: